Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Ключевое слово: Здоровье, здоровый дух, здоровое воспитание, физическая
зрелость, здоровое здоровье, здоровый образ жизни, здоровая окружающая среда, воспитание гармонично развитых поколений. A healthy lifestyle is the basis of a happy life Abstract. Only the person formed in healthy surroundings behaves under the influence of honesty and conscientiousness. Self-perfection is the most difficult but most fruitful part of a healthy upbringing. The person should possess healthy intellect, healthy opinion, healthy consciousness and insight, keen-wittedness, noteworthy features, healthy disposition. Such traits as physical maturity, hardened, physical adequacy is also important for the person. This article reveals the concept of ensuring the continuity and continuity of the development of healthy human beings, the development of healthy, spiritually mature, healthy thinking in a system of continuous education. Keywords: Self-perfection, healthy intellect, healthy upbringing, physical maturity. Sog’lom turmush tarzi, muhit, erkinlik, ijodiy tafakkur bir-biridan ajralmas yaxlit jarayonning turli tomonlari bo’lib, ular o’rtasida ta’sir va aks ta’sir doimiy ravishda ro’y berib turadi. Odamlarning turmush tarzi muayyan muhitni tashkil etib, ularning tafakkuri ta’sirida barqarorlashib, ijodiy yo’nalish va mazmun kasb etadi. Bu ta’sirlar o’zaro uyg’unlashganda, ma’naviy asoslanganda turmush tarzining sog’lomlik darajasi yanada ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 42 barqarorlashadi va yuksaklikka ko’tariladi. Ammo bu jarayon ziddiyatli bo’lib, o’zaro ta’sirlar nisbati turlicha, masalan, ba’zan muhitning turmush tarziga ta’siri nooqilona bo’lishi ham mumkin. Inson tafakkuri yuksak rivojlangan bo’lsa, u muhitning salbiy ta’sirini vaqtida qaytara oladi, turmush tarzining rivojlanishini ta’minlab turadi. Aksincha rivojlanmagan tafakkurning nosog’lom muhit ta’sirida yanada tubanlashib ketishi ehtimoldan yiroq emas. Insonda sog’lom tafakkurning rivojlanib borishini ta’minlashda sog’lom tarbiya tizimi hal qiluvchi axamiyatga egadir. Umuman olganda inson tarbiyasi tafakkur tarbiyasidan ko’ra kengrok mazmunga ega. Tafakkur tarbiyasi inson tarbiyasining muxim bir tomonidir. Modomiki, tafakkur sog’lom turmush tarzini qaror toptirishning muxim omili ekan, sog’lom tafakkur umuman inson borlig’ining mohiyatli ifodasidir. Chinakam insoniylik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik va bag’rikenglik, o’zlikni anglash, o’z-o’zini tarbiyalash, haqiqat va xalq manfaati yo’lida fidokorlik kabi g’oyalar sog’lom tarbiyani amalga oshirishning asosiy tamoyillaridir. Ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Xammasining zaminida tarbiya yotadi.[2:116] Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash ezgu maqsadimizdir. Mamlakatimizda oziq-ovqat tarkibi va uning inson salomatligiga ta’sirini o’rganish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanishni targ’ib etish muhimligi ko’rsatib o’tganlar. Har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish inson zotiga munosib hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo’lgan komil insonlarga, kelajak avlodlarga bog’liqdir. Har bir oqil insonning, butun jamiyatning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotning ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismonan ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalashdan iboratdir.[3:125] Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dilimizni va dinimizni O’zbekning o’zligini xar tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazdilar. Sog’lom tarbiya tizimini qaror toptirish deganimizda biz tarbiyadagi zaruriy izchillik, ilmiylik, milliylik, tarixiylikning kompleks holda namoyon bo’lishini tushunamiz. Shu ma’noda sog’lom tarbiya umuman tarbiyaning gumanistik mohiyati va yuksak shaklini bildiradi. Uning barqaror ko’rinishi, eng avvalo Vatan va xalq manfaatlari bilan yo’g’irilgan shaklidir. Zotan sog’lom muhit ta’sirida shakllangan insongina insof va diyonat amriga qarab ish ko’radi. Ma’naviy tarbiya tizimi tom ma’noda sog’lom tarbiya tizimidir. Uning asosiy tamoyillari insoniylik, tartib-intizom, mas’uliyat va majburiyat hissi hisoblanadi. O’z-o’zini shakllantirish sog’lom tarbiyaning eng qiyin ammo o’ta samarali tomonidir. Insonni o’zgartirish uchun kuchli ruhiy ta’sirlarni amalga oshirish kerak. Insonning baxt saodatga intilishida uning birinchi madadkori tafakkurdir.Faol aqlning vazifasi insonning tafakkur quvvatiga xaqiqatni namoyish qilish orqali kishilarni kamolotga yetishtirishdir... Tadqiq etayotgan uchta tushuncha – sog’lom muhit, sog’lom tafakkur, sog’lom tarbiya Forobiy tomonidan eng muxim hayotiy jarayonlarning eng muhim etiketlari tarzida tahlil etiladi. Forobiy bu tushunchalarni yagona jarayonning turli bosqichlari, deb hisoblaydi va bunga faqat sog’lom tarbiya orqali erishish mumkinligiga ishonch bildiradi. Forobiy tafakkurni chiniqtirishda baxt- saodatga erishishda vaziyat, muhitning rolini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling