Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
43 alohida ta’kidlaydi. Har bir inson fazilatli yoki razolatli fe’l- atvorga ega bo’lib yashash jarayonida har ikkisidan birini bajarishga da’vat etiladi. Inson o’z tabiatidagi ikki kuch ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashda o’z kelajagini aniqlayotganda masalaga vaziyat, zaruriyat orqali ta’sir qilib, ezgulikning tanlab olinishiga yordamlashish kerak. Bunda insondagi irodani chiniqtirish, unga madad berish, ikkinchi tomondan esa uning tafakkurini sog’lomlashtirish, turli xil fisqu- fasodlardan forig’lantirish orqali ezgulik uchun kurashishi zarur. Bunda sog’lom tarbiyaning o’rni alohidadir. Ruhni tarbiyalash va poklanishning oqibati o’ta ijobiy bo’lib, yaxshi xulqlarni olijanob fazilatlarga aylantiradi.[1:12] Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig» asarida sog’lom turmush tarzi, sog’lom tafakkur va sog’lom tarbiya borasida nazariy muammolarining yechimini topish haqida so’z yuritgan. Sog’lom aql, sog’lom fikr, sog’lom ong va zakovat, sog’lom ezgu xislat-xususiyat, sog’lom fe’l-atvor egasi bo’lish bilan birga, inson uchun uning jismoniy kamoloti, chiniqqanligi, sihat- salomatligi, sog’lom jismoniy quvvatga ega bo’lishi ham nihoyatda ahamiyatli ekanligi haqida fikrlar qoldirgan. [4:55] Bizning vazifamiz esa yoshlarimizga jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish sog’lom turmush tarzini asosi ekanligi orqali ularda sport bilan xamnafas yashashni ezgu maqsad sari qadam qo’yishiga yordam berish sanaladi. Sog’lom avlodgina sog’lom millat – sog’lom davlat qura oladi va sog’lom turmush tarziga erisha oladi. Sog’lom turmush tarzi – inson turmush sharoitlarini faol o’zlashtirish usuli bo’lib, kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug’ullanish, to’la va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigienik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o’zini tuta bilish demakdir.[6:125] Agar O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy falsafiy fikri tarixiga nazar tashlasak, buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari turmush tarzi to’g’risida fikr yuritganlarida uning subyekti bo’lmish insonning nafaqat ma’naviy barkamolligi, shu bilan birga tanisihatlik madaniyatini ham yuqori baholaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Xalq dostonlari, ertaklarning sevimli qahramonlari jismonan mukammal qilib tasvirlanganligining boisi ham ana shundadir. Shiroq, To’maris, Alpomish, Farxod kabi yuzlab xalq qahramonlari jismoniy barkamollikning namunasidir. Ularning barchasi bunday fazilatlarga tegishli ijtimoiy- madaniy muhitning ta’sirida erishganlar, sharqona kurash, qilichbozlik, chavondozlik, kamondan o’q otish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish imkoniyatlariga ega bo’lganlar. [7:66] Bugungi ibora bilan aytganda, jismoniy tansihatlik faoliyati bilan astoydil shug’ullanganlar. Jismoniy sog’lomlashtirish mashqlari turmush tarzining ijtimoiy- madaniy muhiti tarkibiga kirgan. O’rta Osiyo xalqlari hayotida, turmush tarzida, jismoniy sog’lomlashishida otlarning ham o’rni katta bo’lganligini aytib o’tish lozim. Umuman olganda barcha qadimiy xalqlar qatori O’rta Osiyo xalqlarining hayotini ham usiz tasavvur qilish qiyin. Chunki bu hududda yashagan xalqlarning urf-odatlari, to’y tomoshalari, o’yin-kulgusining bosh yordamchilaridan biri ot hisoblangan. Otda yurib ov qilish, ot ustida turib kamon tortish, qilichbozlik, nayzabozlik qilish, ot ustida kurash tushish, ot poygasi, uloq va boshqa juda ko’p jismoniy mashq turlari bunga yorqin misol bo’la oladi.[5:48] Xalq og’zaki ijodiyotidagi “Alpomish va Barchinoy”, “Go’ro’g’li”, “Qirqqiz”, “Kuntug’mish” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling