Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
38 
Oʼyin tushunchasini ajratib olish uchun, birinchi navbatda, uning mavjud 
belgilarini alohida koʼrib chiqish lozim buladi. Chunki uning mavjudlik belgilarisiz bu 
tushuncha bir butun boʼla olmaydi. Koʼpgina tadqiqotchilar oʼyin oʼz-oʼzidan 
tushunarli va aniq hodisa degan fikrda boʼlishadi. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar
oʼyinning yuzaki namoyon boʼladigan xislatlari yoki aksincha, umumiy belgilar orqali 
oʼrganish bilan cheklanishadi. Uchinchi guruh tadqiqotchilar esa, oʼyinni aynan nima 
oʼyin qilib turganligini aniqlash yechimi mushkul muammo, deb taʼkidlashadi. 
Insonning koʼp qirrali faoliyati va oʼyin fenomeni oʼrtasidagi munosabatni 
izohlovchi faylasuflar orasida XX asrda yashab ijod etgan, biz yuqorida tilga olgan 
niderlandiyalik tarixnavis va madaniyatshunos olim Y.Xeyzinga alohida oʼrin tutadi. 
U oʼzining «Homo Iudens» («Oʼynovchi odam») asarida insonning hayot faoliyatini 
oʼyin orqali koʼrib chiqishga harakat qilgan. Ushbu asarida u oʼyinning borligʼi, oʼyin 
fenomeni, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan universal ahamiyatini koʼrsatib berishga 
harakat qilgan.[1.1] Yoxan Xeyzinga oʼyin tushunchasi mohiyatini konkretlashtirib
uni falsafiy- kulьturologik tahlil predmeti sifatida oʼrganishga harakat qiladi. Oʼyin 
ushbu olim qarashlarida inson, jamiyat va madaniyat oʼrtasidagi muloqotni 
rivojlantirishga yoʼnaltirilgan ijtimoiy-madaniy hayot hodisasi sifatida qaraladi.[1.1] 
«Oʼyin» tushunchasi, birdaniga toʼliq hajmda olingan taqdirda ham nihoyatda koʼp, 
xilma-xil belgilar, qismlar, turlar va koʼrinishlarni oʼz ichiga oladi. Bu ulkan doiraga, 
zamonaviy yondashuvga koʼra, hamma narsa kiradi, bu bolalarning «askarcha» 
oʼyinidan tortib, to teatr sahnasida hayotni oʼynayotgan qahramongacha, 
quvlashmachoqdan skripkachining sanʼatigacha va hokazo. 
Oʼyinni tadqiq qilishning maʼlum obьektiv muammolari, qiyinchiliklari ham 
bor. Oʼyin shunday qismlardan tashkil topganki, undan turli shakl va mazmunlarni 
keltirib chiqarish mumkin, ularning qaysi birlari uning ontologik yoki ekzistentsial 
(mavjudlik) mohiyatini tashkil qilishi turli yechim variantlariga ega boʼlgan falsafiy 
masaladir. Y. Xeyzenga «Homo Iudens» nomli mumtoz asarida oʼyinning quyidagi 
belgilarini koʼrsatib oʼtadi: 
Oʼyinning ixtiyoriyligi: Oʼyin bu printsip, vazifa yoki burch emas. Oʼyin bu 
erkinlikning namoyon boʼlishi va erkinlikning oʼzidir. Oʼyin, qatʼiy sababiyat zanjiri 
orqali bogʼlangan voqea - hodisalar olamida antrakt vazifasini oʼtaydi. U mavjud olam 
ichra «oʼzga olam»dir. Oʼyin oʼynovchi mazkur jarayonda jamiyat tomonidan 
belgilangan bir qator ijtimoiy shartlar va talablardan ozod boʼladi. Oʼyin oʼynovchi 
tomonlarni teng imkoniyatli qilib qoʼyadi. Faoliyat maqsadi va intilish predmeti 
oʼzgargandan keyin oʼynovchi tomonlar oʼrtasidagi munosabat ham oʼzgaradi. Oʼyin 
oʼyin vaqti va maydoni doirasida, oʼzaro tenglik va erkin harakat jabhasida amalga 
oshadi. Oʼyin oʼziga xos shakliy va strukturaviy qobiqqa ega boʼlib, u orqali oʼyinga 
taʼlluqli boʼlmagan olamdan ajratilgan. Koʼrsatilgan xislatlar oʼyinning ontologik va 
ekzistentsial xislatlarini bildiradi. 
Oʼyinning yana bir xislati qayd etilganlik va takrorlanuvchanlik. Oʼyinda 
bajarilishi lozim boʼlgan qoidalar va reglamentlar tizimi mavjud. Qoidalar oʼyin 
tartibini joriy etadi. Oʼyin qoidalarini qayd etish jarayonida oʼyin qayta-qayta 
takrorlanishi mumkin. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling