Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
36 
maydonga tushgan hamda bir necha bahodirlar bilan to‘qnashgan bo‘lishi lozimligini uqtiradi. 
Mana shu sifatlarga ega bo‘lgan harbiy boshliqning armiyasi engilmas bo‘lishini ta’kidlaydi. 
Shuningdek, Ahmad Donish mudofaa tizimiga oid yana bir qancha qimmatli ma’lumotlar, jang 
san’atlari haqidagi tarixiy hikoyalarni misol keltirib, harbiy harakatlarda qanday qilib g‘alaba 
qozonish mumkinligi to‘g‘risida qimmatli maslahatlar beradi.
Ahmad Donish kasb egalarini bilim va qobiliyatiga qarab mansabga qo‘yish to‘g‘risida, “ 
Davlat rahbari kimda-kimning ko‘z quvvati, fahm quvvati ko‘proq bo‘lsa, unday odamni 
elchilikka tayinlasin. Qaysi odam shijoatli va g‘ayratli bo‘lsa, uni askar boshlig‘i qilib, 
dushmanga qarshi urushga va qal’alarni olishga chiqarsin. Agarda insofli va diyonatli bo‘lsa 
qozilik, hokimlik mansablarini bersin. Agarda oliy himmatli va aqlli bo‘lsalar, ularni vazir va 
amirlikka tayinlasin” degan, qimmatli fikrlarini bildiradi [4]. 
XIX asr oxirida amirlikning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti Ahmad Donishni ushbu 
mavzularga murojaat qilishga undaydi. Amirlik boshidan o‘tkazgan o‘sha davrdagi tarixiy-siyosiy 
jarayonlar va amirlarning uquvsizligi oqibatida mamlakatning Chor Rossiyasiga yengilishi tarixiy 
bilim va kunikmalarga ega bo‘lgan mutafakkirning siyosiy boshqaruv strategiyasini ko‘tarib 
chiqishga undaydi. Natijada, Donish o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan achinarli ahvolga bo‘lgan 
munosabatini shu tarzda bayon etib, davlat tizimini o‘zgartirishni istaydi. Lekin bu Donishning 
xoxishiligicha qolib ketib, amirlar uni saroydan chetlashtirishga harakat qiladilar.
Bundan tashqari, Ahmad Donish aholining ijtimoiy himoyasiga ham alohida e’tibor 
qaratadi. “Podshohlar – deydi Ahmad Donish, yetimlarning otalaridir. Shuday bo‘lgach, 
podshohlar yetimlarga o‘z otalaridan ham ortiqroq g‘amxo‘rlik qilishlari lozimdir, toki podshoh 
ota bilan faqir otaning farqi bo‘lsin. Yetimlar balog‘atga etguncha podshoh ulardan in’om qo‘lini 
uzmasin. Imkoniyat boricha ehson eshigini ochiq tutsin. Mehnatga layoqatsiz, qorilar, faqir, 
miskin, ojiz va kasalmandlar uchun xazinadan nafaqalar ajratsin” deb ta’kidlaydi [1. B. 44-45].
Mutafakkir Rossiyaga safari chog‘ida ijtimoiy himoyaga olingan nogironlik nuqsoni bor 
shaxslar davlat himoyasiga olinganligi hamda maxsus “tarbiyaxonalar”da ularga o‘qish va 
yozishni o‘rgatib, bunday kishilarning tarbiyalari uchun turli choralar ko‘rilganligini hayrat ila 
bayon etadi [5. B. 147]. 
Xulosa qilib aytganda, Ahmad Donishning asarlari sodda va ravon tilda yozilgan bo‘lib, 
ifoda uslubi bilan o‘tmishdoshlarinikidan ajralib turadi. Teran ilmiy mulohaza, tanqidiy va 
qiyosiy-tahliliy tafakkur, Donish ijodiga alohida ruh bag‘ishlagan. Tasvir va ifodadagi jiddiylik
suhbat matnlaridan unumli foydalanish mutafakkir fikrlarining insonlar ongiga etib borishini 
osonlashtirgan. Shuningdek, Ahmad Donish ijtimoiy tengsizlikni qoralagan. Kuchli demokratik 
davlat hamda ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatini qurish orzusi bilan 
yashagan. O‘z davrining yetuk ma’rifatparvari sifatida shuhrat qozongan Ahmad Donish o‘z 
ijodida ham axloqiy, ham siyosiy muammolarni ko‘tarib chiqqan. Shuningdek, diniy va dunyoviy 
ilmlarni o‘zlashtirish kishilarning asosy maqsadiga aylanmog‘i lozimligini uqtirgan. 
Mutafakkirning ushbu qarashlari hozirgi kunga qadar o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas. Zero, ilm 
barcha muammolar kaliti va axloqning ajralmas qismidir. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling