Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son
102 Davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishi hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida koʼtarilib borishni taʼminlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajadagi davlat fuqarolik xizmati shuningdek harbiy tuzilmalar nufuzini oshirish, kor- ruptsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yoʼq qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini, shu jumladan, zamonaviy rahbar kadrlarni tanlash va tayinlash choralarini yaxshilash zarurati mavjud. Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2019 yil 3 okgyabrda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5843-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʼra, quyidagilar davlat xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlari sifatida belgilandi: - eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ularning kasbiy fazilatlari va alohida xizmatlariga adolatli hamda obʼektiv baho berish asosida davlat xizmatiga qabul qilishni nazarda tutadigan meritokratiya printsipini qoʼllash; - davlat xizmatida «mansab modeli»ni joriy etish, bunda mansab darajalaridan bosqichma-bosqich oʼtish, kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, davlat xizmatchilarining toifalari va ularga malaka darajalari berish; - davlat xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilish, bu nomzodning barcha ustunliklari va afzalliklarini, shu jumladan, uning axloqiy va vatanparvarlik fazilatlarini xolisona baholash; - respublika, soha va mintaqaviy darajada samarali hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat xizmatiga eng malakali nomzodlarni tanlash uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb qilish va autsorsingning zamonaviy shakllaridan foydalanish; - davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va boshqalar. Ushbu ilmiy ishda zamonaviy rahbar kadrlarni tanlashda eʼtibor berilishi lozim boʼlgan asosiy jihatlar, kompetentsiya turlari va ularni ishlab chiqish usullari, nomzodlar bilan kompetentsiyaviy yondashuv asosida suhbat qilish, ularning bilim va koʼnikmalarini aniqlash texnologiyalari oʼz aksini topgan. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish, rahbar kadrlarni tanlash va ularning kompetentsiyalarini aniqlash boʼyicha ilmiy asoslangan metodikalar qamrab olingan. Kompetentsiya va ularning turlari-kompetentsiya termini amaliyotga 1959 yili amerikalik psixolog R.Uayt tomonidan muomalaga kiritilgan. Uning talqiniga koʼra, kompetentsiya bu - shaxsning atrof muhit bilan samarali oʼzaro aloqada boʼlishi. «Kompetentsiya» soʼzi lotincha soʼz boʼlib, «competo» - erishyapman, munosibman, loyiqman degan maʼnolarni anglatadi va u qoʼyidagicha izohlanadi: 1) kompetentsiya muayyan davlat fuqarolik xizmatchisining qonun, nizom yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, xuquq va burchlari doirasi hisoblanadi; 2) «kompetentsiya» oʼz kasbiga yaroqli, loyiq degan maʼnoni anglatadi. Kompetentsiya shaxsning xulq-atvori, nazariy bilimi va amaliy koʼnikmalarining majmui hisoblanadi. Zamonaviy rahbar kadrlarining kompetentsiyalari bu - xulq-atvorning rivojlanganligi, ular tomonidan egallangan nazariy bilim va amaliy koʼnikmalarni amaliyotda mustaqil va ijodiy qoʼllay olish darajasidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling