Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


- rasm. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi boshqaruv qadriyatlari


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

2- rasm. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi boshqaruv qadriyatlari 
 
Ularning kasbiy qadriyatlari tarkibida "kundalik hayot qadriyatlari", maʼlum darajada - 
jamiyatga xizmat qilish qadriyatlari va shaxsiy (moddiy) qadriyatlar ustunlik qiladi. Motivlar 
orasida moddiy yordamning obroʼ-eʼtibori motivlari ustunlik qiladi.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga koʼra Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining kasbiy 
malakasini monitoring qilish modeli uning asosiy elementlarini va ularga xronotopik, dolzarb 
prakseologik va kommunikativ kompetentsiyalarni baholashni oʼz ichiga oladi [4]. Monitoring har 
yili maxsus ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, kadrlar xizmati mutaxassislari ishtirokida amalga 
oshirilishi kerak. Bunday holda, anketa soʼrovi va ekspert bahosini birlashtirish maqsadga 
muvofiqdir.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xodimlarning eng yaxshi rivojlangan kasbiy 
kompetentsiyalari quyidagilar: muammolarni shakllantirish va hal qilish koʼnikmalari, bartaraf 
etishga qaratilgan hatti-harakatlar. 


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 
100 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xodimlarning zamon talabiga koʼra yanada 
shakllantirish lozim boʼlgan kasbiy kompetentsiyalari: axborotni tahlil qilish, tizimli va tanqidiy 
tahlil qilish, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʼzaro hamkorlikni samarali tashkil 
etish, kompyuter va axborot texnologiyalar bilan ishlash koʼnikmalari. 
Shuning uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislarining kasbiy malakasini 
oshirish muammosini muvaffaqiyatli hal etishning yagona strategiyasini ishlab chiqish, ularni 
oʼzini oʼzi kasbiy rivojlantirish (self-development) tizimini joriy etish lozim. Uning shakllanishi 
va amalga oshirilishi kadrlar ishining missiyasini aniq tushunish bilan taʼminlanadi, yaʼni kadrlar 
tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish talab etiladi. 
Huddularda, yaʼni tuman darajasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislarining 
kasbiy malakasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini boshqarish texnologiyalari kasbiy 
xulq-atvor standartlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqish va oʼzgartirish uchun shart-
sharoitlarni yaratish tartiblari va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirsh lozim. Bunday 
tartiblarga kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalari va tashkilot 
madaniyatini shakllantirish orqali ularning kasbiy xulq-atvori standartlarini takomillashtirish kabi 
masalalar kiradi. 
Davlat va jamiyat hayotida roʼy berayotgan tub oʼzgarish va islohotlarning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi, avvalambor, mustahkam bilimga ega, Oʼzbekistonning bugungi tashqi va ichki 
siyosati yoʼnalishlarini tushunadigan, tahlil eta oladigan, unda oʼzi ham faol ishtirok eta oladigan 
tashabbuskor kadrlarga bogʼliqligini hayotning oʼzi koʼrsatib turibdi. Shu bois muhtaram 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshqaruv kadrlari yuqori darajadagi professional va boshqaruv 
sifatlarga ega boʼlishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Yurtboshimizning fikricha, 
professionalizm boshqa mezonlarga nisbatan ish va faoliyat bilan bogʼliq eng asosiy mezon 
hisoblanib, unga asosan shaxsning kompetentligi, omilkorligi, yaʼni oʼz ishini puxta, sifatli, har 
bir narsani oʼz oʼrnida tejab-tergab yuqori samaradorlikka erishuvini nazarda tutgan fazilatdir.
Xulosa qilib aytganda, favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlari kasbiy 
malakasi hamda boshqaruv kompetentsiyalarini rivojlantirishga moʼljallangan onlayn platforma 
yaratish maqsadga muvofiq. Yaʼni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari malakasini 
muntazam oshirish, hududlardan turib tizimda boʼladigan oʼzgarish va yangilanishlarni oʼrganib 
borish uchun mustaqil oʼzlashtirishga moʼljallangan onlayn platforma boʼlishi kerak. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling