Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son
98 Misol uchun, Yangi Oʼzbekistonning 2022–2026 yillarga moʼljallangan Taraqqiyot strategiyasining 86-maqsadi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish” [1] sifatida belgilangan boʼlib, mazkur maqsadni amalga oshirilishida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlarini kompetentsiyalarini aniqlash va baholash (assesment markaz) markazini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hududlardagi koʼpgina tizim xodimlarini malaka oshirish taʼminlash maqsadida ularni dastlab kompetentsiyaviy baholash tizimi orqali bilimi, malakasi, tajribasini oʼrganib, keyin ularni darajalariga qarab qisqa muddatli oʼquvlar joriy etish lozim boʼladi. Hozirda hududlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlarida oʼzini oʼzi boshqarish kompetentsiyasi (bilim, malaka, koʼnikma) muntazam baholab borish tizimini joriy etish lozim. Tajriba shuni koʼrsatadiki, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy darajadagi faoliyatining samaradorligi qoʼyi boʼgʼindagi rahbar kadrlar va xodimlarning professionalligiga bogʼliq. Bugungi global pandemiya sharoitida favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlarining professional kompetentsiyalarini zamon talablari darajasida shakllantirish va bu sohadagi tartib tamoiyllarni oʼzgartirish maqsadga muvofiq. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlarini tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi amaliyoti, umuman olganda, ularning kasbiy malakasining yuqori darajasini taʼminlash imkonini beradi. Biroq, boshqaruv kompetentsiyalari, mehnat faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish kabi malaka va koʼnikmalarni yanada rivojlantirish lozimligini koʼrsatmoqda. Hududlarda tuman darajasidagi xodimlarning boshqaruv va kasbiy kompetentsiyalari hamda baʼzi kasbiy muhim fazilatlarning yaxshi rivojlanmaganligi, mehnat faoliyatini rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish tizimi samaradorligini yuqori darajada tashkillashtirish lozim. Shuning uchun har bir viloyat boshqarmasida xodimlarning kasbiy va boshqaruv kompetentsiyalarini doimiy ravishda baholash asosida ularni professionalligini oshirishga qaratilgan yangi tizim, “Аssessment baholash markazlari” mavjud boʼlishi eng oqilona qaror hisoblanadi. Bu hududiy darajada rahbar kadrlar va xodimlarni muntazam oʼzini oʼzi rivojlantirib borishga xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi mazkur sohada xodimlarni tayyorlashda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanish ustuvorlik qiladi. ompetentsiyalarni tasniflashga doir qarashlar xilma-xilligini M.Lombardo va R.Eichingerning (Lomardo, Eichinger, 2004) tadqiqotlarida koʼrishimiz mumkin. Ular xulq-atvor yondashuvi (bixeviorizm)ni emas, kompetentsiyalarni tasniflashda tahliliy yondashuvni taklif etishadi[2]. Masalan, I.V.Blauberga asosiy kompetentsiyalar tashkilotning raqobatbardosh ustunligining potentsial manbai boʼlib, rahbar kadrlarning boshqaruvga doir noyob qobiliyati, bilimi va xulq- atvorini oʼzida aks ettiradi deb taʼriflaydi [3]. Rahbarning kompetentligi boshqaruv faoliyati tomonidan qoʼyiladigan meʼyoriy talablarga javob berishni nazarda tutadi. Bunday yondashuvda har bir rahbarning boshqaruv funktsiyalarini bajarishga loyiq potentsiali va albatta liderlikka moyilligi boʼlishi lozim. Misol tariqasida O.Kolb tomonidan ishlab chiqilgan «rahbar kompetentligining koʼp darajali ierarxik modeli»ni keltirish mumkin. Bunga binoan, menejer kompetentsiyalari boʼlib, buning asosida shaxsning turli bilim, malaka va koʼnikmalarni integratsiyalayolish qobiliyati yotadi, ikkinchi, oʼrta blokda esa rahbarlik qiladigan sohaga oid kontseptual, pertseptiv, emotsional va xulq malakalari joylashadi. Ierarxik tuzilmaning uchinchi, yuksak darajasida esa insonlar bilan ishlash, maʼlumotlarni tahlil qilish, noaniqlikni bartaraf etish, liderlikka intilish va yangiliklarga tayyorlik oʼrin oladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlarining kasbiy va boshqaruv kompetentsiyalarini oshirishda sotsiologik va akmeologik yondashuv asosida ularning kasbiy xulq-atvorining ijtimoiy jihatdan belgilangan standartlarini qayta ishlab chiqish lozim. Shuningdek, global pandemiya sharoitida kasbiy sifatlarning ijtimoiy dinamikasi, kasbiy professiogrammasini modelni yaratish lozim (1-jadval). Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining kasbiy malakasi xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan kasbiy xulq-atvor algoritmlarini (standartlarini) amaliy amalga oshirish jarayoni va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling