Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

10. Jismoniy yetuklik (turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda jismoniy 
kuchning muhimligi) jabrlanganlarni evakuatsiya qilishda, vayronalar va boshqa tusdagi 


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 
106 
favqulodda vaziyatlar oʼchogʼida ishlash vaqtlarida jismoniy chiniqganlik koʼnikmalari 
kiradi. 
11. Stresga bardoshlilik (turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda ham maʼnaviy va 
ruhiy barqarorlik) kundalik faoliyat hamda favqulodda vaziyatlarda ruhiy tushkunlikka tushib 
qolmaslik, vaximaga tushmaslik, asabiylashmaslik kabi koʼnikmalar kiradi. 
Boshqarma, boʼlim, xizmat, boʼlinma, otryad boshliqlari kompetentsiyalari ularning 
normativ-huquqiy hujjatlardagi funktsional vazifalari, amaliyotdagi asosiy faoliyat 
yoʼnalishlari va ularning samaradorligini belgilovchi komponentlarni oʼz ichiga qamrab oladi. 
Kompetentsiyalarni ishlab chiqish tartibi. Kompetentsiyalar mavjud rahbar 
xodimlar vakant lavozimiga qoʼyilgan talablardan kelib chiqib, uning xulq-atvori, bilimi, 
malaka va amaliy koʼnikmalarini tahli qilish yoʼli bilan ishlab chiqiladi. Bunday holatda, 
vakant 
lavozimga 
qoʼyilgan 
talablarda 
nomzodning 
shaxsi 
va 
professional 
kompetentsiyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. 
Kompetentsiyalar, oʼz navbatida, ichki komponentlardan tashkil topib, bir yoki bir 
nechta guruhga birlashtiriladi. Kompetentsiyalarni guruxdarga ajratishda ularning sonini 6-10 
tagacha belgilash tavsiya etiladi. Chunki kompetentsiyalar guruhi qancha koʼp boʼlsa, ularni 
baholash tizimi ham shunga muvofiq murakkab tus oladi. 
Eng asosiysi, kompetentsiyalarni ishlab chiqishda ularning realligi, aniqligi va faoliyat 
turi hamda lavozimga muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. 
Kompetentsiyalar faoliyat tahlili orqali ishlab chiqiladi. Tahlil predmetiga vakant 
lavozimning funktsional vazifalari, faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlari, lavozimga 
qoʼyilgan talablar va imkoniyatlar hisobga olinishi zarur. 
Kompetentsiyalarni ishlab chiqish tahliliga: faoliyatni kuzatish, ekspertlar intervьyusi, 
funktsional vazifalarni oʼz ichiga qamrab olgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʼrganish, 
lavozim bilan bogʼliq boʼlgan amaliyot natijalari, muammoli vaziyatlar va ularning yechimini 
oʼrganish, soʼrovnoma kabi usullarni kiritish mumkin. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling