Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

Ikkinchi bosqichda Tuzilma xodimlari funktsional vazifalari va faoliyat turlaridan 
kelib chiqib guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhning, soʼng esa har bir xodimning 
kompetentsiyasiga oid maʼlumotlar toʼplanadi. Jamoaviy va individual kompetentsiyalar 
komponentlari aniqlanadi. 
Uchinchi bosqichda Tuzilma xodimlarining xulq-atvori oʼrganiladi va uning asosida 
psixodiagnostika metodlari (test, suhbat, keys) ishlab chi- qiladi. 
Toʼrtinchi bosqichda kompetentsiyalar guruhlashtiriladi va ularning indikatorlari 
ishlab chiqiladi. Har bir kompetetsiyaning oʼlchov birligi aniqlanadi (anketa, psixologik va 
bilimiga oid testlar, suhbat va h.k.). 
Beshinchi bosqichda kompetentsiyalarni baholash mezonlari, test savollari, keys va 
boshqa tarqatma materiallar ishlab chiqiladi. 
Nomzodning karera modelini ishlab chiqish. Har bir bosqich natijalari tahlil qilinadi, 
uning kuchli va kuchsiz tomonlari oʼrganiladi va tavsiya etilayotgan lavozimning vazifalari 
tahlil qilinadi. Bunda, taklif etilayotgan lavozimning kompetentsiyalari hisobga olinishi 
muhim. Yaʼni taklif etilayotgan lavozimda muhim, birinchi darajali kompetentsiyalar belgilab 
olinadi va nomzodning kuchli tomoni mosligi boʼyicha solishtiriladi.
Misol uchun, agar viloyat FVB boshqarmamasi boshliqlik lavozimi uchun muhim 
kompetentsiyalar: Liderlik, tizimli fikrlash, boshqaruv va kasbiy professionalizmi boʼlsa, 
unda shu lavozimga kelgan nomzodning natijalarida shu kompetentsiyalar kuchli hisoblanishi 
lozim. Аgar nomzod qolgan sohalarda yaxshi koʼrsatkichlarga ega boʼlsa-yu, biroq tizimli 
fikrlash kompetentsiyasi past chiqqan boʼlsa, unda ushbu nomzodni tavsiya avval tizimli 
fikrlash boʼyicha malaka oshirish kurslariga yuborish, soʼng lavozimga tavsiya qilish 
belgilanadi. Shuning uchun karьera modelini ishlab chiquvchi mutaxassislar, avvalo, oʼzlari 
yaxshi tayyorgarlik koʼrgan boʼlishi, har bir kompetentsiyani yaxshi bilishi, natijalarni, yaʼni 
sonlardan xulosa chiqara oladigan ekspertlar boʼlishi lozim. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling