Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son 
110 
juda zaifdir.
Bunday inqiroz hodisalari mamlakat iqtisodiyoti va ko‘plab biznes tarmoqlarini 
to‘liq va qisman yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin.
Inqirozlarga eng zaif bo‘lgan turizm 
sohasi va turizm faoliyati hamda xizmatlari boshqa sohalarga tutash korxonalardir.
Shunday qilib, 2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozi o‘z ta’siri jihatidan mintaqaviy 
xususiyatga ega bo‘lib, butun jahon sanoatlarini va sohalarini to‘laligicha qamrab olgani yo‘q.
2019-yilda “COVID-19” deb nomlangan koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli, butun 
dunyoda boshlangan so‘nggi inqiroz turizm bozori va butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba 
berdi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inqirozlar nafaqat muqarrar, balki ma’lum ma’noda 
zarurdir, chunki ular nafaqat salbiy hodisa va jarayonlar bilan bog‘liq, balki inqirozlar deyarli 
har doim keyingi o‘sish va rivojlanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ochib beradi. 
COVID-19 global gumanitar inqiroz bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom 
etib, hayotni saqlab qolish uchun kurashda sog‘liqni saqlash tizimiga misli ko‘rilmagan 
qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.
Chunki, virus asosan chegaralari ochiq va odamlarning 
xalqaro migratsiyasini erkin harakatlanishi va bundan tashqari ma’lum bir mamlakat 
tibbiyotiga ishonchsizlik, sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik va hokazolar tufayli 
keng tarqaldi. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(JSST) tahlili ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 
mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga qaramay, aynan rivojlangan 
mamlakatlar(AQSH, Evropa)da COVID-19ni tarqalishi hozirgacha kuzatilmoqda.
Bu esa 
jamiyat a’zolarining erkin turmush tarzini izolyasiya qilish va o‘zgartirishga qarshiligi, 
hukumatlar va sog‘liqni saqlash tashkilotlarining ogohlantirishlariga e’tibor bermaslik bilan 
bog‘liq bo‘lmoqda(1-rasmga qarang).
Jahon sayyohlik tashkiloti UNITO ma’lumotlariga ko‘ra - xalqaro turizm 2020 yilning 
birinchi 10 oyida 1990 yil darajasiga nisbatan 70 foizdan ko‘proqqa qisqardi.
Bu sayohat 
cheklovlari, iste’molchilarning tashvishlari, katta olomonning oldini olish uchun izolyasiya 
tufayli uy xo‘jaliklari daromadlarining kamayishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi global 
kurash bilan bog‘liq.
Bularning barchasi ushbu inqiroz hodisasi turizm sektori va umuman 
jahon iqtisodiyoti tarixidagi eng yomoni bo‘lishiga olib keldi.
Shunday qilib, 2020-yilda 
rivojlangan mamlakatlarning turizm sanoati o‘tgan 2019 yilning shu davriga nisbatan deyarli 
1 milliardga kam sayyohni qabul qildi. 
O‘zbekiston Respublikasida turizm ham COVID-19 koronavirus infeksiyasining 
tarqalishiga nisbatan karantin choralari va cheklovlar oqibatlaridan anchagina qiyinchiliklarga 
duch keldi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlar 
soni 1,5 million kishini tashkil etdi, bu 2019-yilga nisbatan(6 748,5 mln.kishi) qariyb 78 
foizga kamdir(2-rasmga qarang). Bunga 2020-yil mart oyidan boshlab, COVID-19 
koronavirus 
infeksiyasining 
tarqalishiga 
katalizator 
hisoblangan 
barcha 
transport 
kommunikatsiyalarining (havo, temir yo‘l, avtomobil, daryo va boshqalar) to‘xtatilishi sabab 
bo‘ldi.
O‘zbekistonda xalqaro turizmdan olingan foyda hisobga olinsa, 2019-yilda qariyb 1 
milliard 313 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 80,2 foizga 
kamayib, 261 million AQSH dollarini tashkil etdi. (3-rasmga qarang.) 
Shu tariqa, O‘zbekiston iqtisodiyoti birgina turizm sektoridan 1 milliard AQSH 
dollaridan ortiq mablag‘ yo‘qotdi. O‘zbekiston Respublikasida turizm milliy iqtisodiyot 
tarkibida ustuvor tarmoq va mintaqaviy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida 
qaraladi. 
Respublikada turizm sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi aholi bandligini oshirish 
va turmush sifatini yaxshilash, iqtisodiyot mintaqalarini diversifikatsiyalash, mintaqalarni 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling