Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Influence of the coronoviral pandemic "Covid-19" infection on the sphere of tourism of the economy of our country Abstract.
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son
109 UDK 338.482:616.9 “COVID-19” KORONOVIRUS PANDEMIYASI INFEKSIYASINING MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI TURIZM SOHASIGA TA’SIRI A.X.Djumaev, A.R.Djumaeva Samarqand davlat universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada 2020 yilda O‘zbekistonda ham boshlangan “COVID- 19” koronovirus pandemiyasi infeksiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga, xususan, turizm sohasiga ta’siri va u bilan bog‘liq inqiroz sabablari hamda turizmni kelajakda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: koronovirus pandemiyasi, transport infratuzilmasi, telekommunikatsiya, rekreatsiya, rekreatsiya zonalari, BJST, UNITO, subsidiya. Влияние инфекции короновирусной пандемии «Covid-19» на сферу туризма экономики нашей страны Аннотация. В этой статье представлено влияние пандемии коронавируса COVID-19, начавшейся в Узбекистане в 2020 году, на экономику страны, в частности, на туристический сектор и причины кризиса, а также научно обоснованные предложения по будущему развитию туризма. Ключевые слова: короновирусная пандемия, транспортная инфраструктура, телекоммуникация, рекреация, рекреационные зоны, Всемирная организация туризма, UNITO, субсидия. Influence of the coronoviral pandemic "Covid-19" infection on the sphere of tourism of the economy of our country Abstract. This article presents the impact of the COVID-19 coronavirus pandemic, which began in Uzbekistan in 2020, on the country's economy, in particular on the tourism sector and the causes of the crisis, as well as scientifically based proposals for the future development of tourism. Keywords: coronavirus pandemic, transport infrastructure, telecommunications, recreation, recreational areas, World Tourism Organization, UNITO, subsidy. Statistik ma’lumotlardan ko‘pchilik iqtisodchi olimlarga ma’lumki, XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi mobaynida jahon miqiyosidagi turizmni o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 4-5% bo‘lgan, jahon yalpi ichki mahsulotini 8% va bandlikni 10% ni tashkil etgan. Umuman, turizm global biznes sifatida jahonning yirik xizmat ko‘rsatuvchi sanoatiga aylanmoqda. 2020 yilning boshlarida sayohatchilar soni qariyb 1,6 milliard kishiga etgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra koronovirus pandemiyasidan keyin 2030 yillarga borib, umuman bu ko‘rsatgich 2 milliarddan oshishi mumkin degan bashoratlar ham mavjud. Turizm sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, asosiylaridan biri – bu xalq xo‘jaligining ko‘plab tarmoqlari o‘rtasidagi u bilan uzviy bog‘liqlikdir. Mamlakatda turizm sohasining rivojlanib borayotgani, parallel ravishda transport infratuzilmasini va telekommunikatsiya xizmatlari tizimini takomillashuviga, ekologiya va atrof-muhitning obodligini yaxshilanishiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlanishiga, bundan tashqari shahar va kommunal infratuzilmalari, tibbiyot hamda shaharsozlik va boshqa ko‘pgina sohalarni qamrab olib, ularni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Keyingi paytlarda, sayyohlik korxonalari va rekreatsiya zonalari tashkil etilib yaxshilanishiga hukumatlarning ham e’tibori tobora kuchayib bormoqda. Shunga qaramay, turizm sohasi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xil inqirozlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, mamlakatdagi vaziyatning beqarorlashuvi bilan bog‘liq holda vujudga keladigan terroristik hujumlar uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling