Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son
113 Shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Moliya vazirligi huzurida inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining tashkil etilishi va davlat byudjetidan 20 milliard so‘m (2 million AQSH dollariga yaqin) mablag‘ ajratilishi bankrotlik arafasida turgan turizm korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi. Turistik mavsumning o‘rtacha apreldan sentyabrgacha bo‘lgan cho‘qqilarini hisobga olsak, 2020-yilda infeksiyaning cho‘qqisi aynan turistik faollikning yuqori mavsumiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumotlar tahlili turizm bozorini ichki turizmga yo‘naltirish samaradorligini ko‘rsatdi, turizm sanoati korxonalarini ma’lum turdagi rag‘batlantirish va qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi. Katta ehtimol bilan, ichki turizm pensiya yoshidagi, bo‘sh vaqti ko‘proq va barqaror ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadigan yoshlar toifasiga kiruvchi shaxslarga asoslanadi. Juda katta yo‘qotishlarni hisobga olib, Oʻzbekistonda turizm sohasi Covid-19 pandemiyasi infeksiyasiga qarshi kurashda vujudga kelgan talablarga muvofiq tiklanishi kerak. SHunday qilib, ko‘plab mamlakatlar rivojlangan innovatsion texnologik innovatsiyalar turizm sektorlariga yaqin joylashgan aeroportlar, vokzallar, odamlar ko‘b yig‘iladigan joylarga kiritildi. Xususan, Ispaniya birinchilardan bo‘lib turizm sohasi uchun davlat darajasida yangi sanitariya protokollarini ishlab chiqdi va tasdiqladi. Rossiya va Xitoy rasmiylari inson yuzini taniydigan texnologiyani - "Findface" (Yuz biometrikasi, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda o‘rnatiladigan va neyron tarmog‘i yordamida virusli kasallik bilan kasallanganlar aniqladigan) o‘zlashtirdi. Ushbu tizim birinchi marta Xitoyda sinovdan o‘tkazildi va bugungi kunda u koronavirus bilan kasallanganlarni aniqlash uchun eng kuchli vosita hisoblanadi. Umuman olganda, turizm sohasi bunday inqiroz hodisani birinchi bo‘lib his qilganligi sababli, chegaralarning yopilishi, izolyasiya qilinishi, keng ko‘lamli tadbirlarning bekor qilinishi va barcha cheklovlar uzoq vaqt davomida turizm sektori va unga tutash tarmoqlarning tiklanishiga ta’sir qildi. Qanday ssenariy bo‘lishidan qat’i nazar, turizmda xarajatlar keskin va uzoq muddatli davrga pasaydi, chunki virtual uchrashuvlar va onlayn tizimlar ustunlik qila boshladi. Ko‘pgina davlatlar inqiroz davridan o‘tish uchun moliyaviy paketlarni (masalan, soliq ta’tillari, kredit imkoniyatlari, bandlikni qo‘llab-quvvatlash) taklif qilib amalga oshirdilar va bunday usullarni boshqalarga ham taklif qildilar. SHuning uchun ham ushbu davrga, turizm sektori va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniqlangan tarkibiy muammolarni bartaraf etish imkoniyati sifatida qarash mumkin. Kelgusida, iqtisodiyotning turizm sektorini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda hududiy-rekreatsion tizimlarni (HRT) rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki kelajakda sayohatchilar zich joylashgan va ifloslangan joylardan uzoqda dam olishni, hayratlanish va salomatlikni tiklash uchun oddiy tabiiy zonalarni afzal ko‘radilar. Tashqi, xalqaro darajaga o‘tish bilan bir qatorda Xitoyda ixtiro etilgan GIS texnologiyasidan foydalangan holda, HRTni ishlab chiqish orqali ichki turizm bozorini rivojlantirish, uning alohida turdagi geografik xususiyatidir. U ob’ektlarning hududiy tartiblanishi, ularning zichligi, joylashishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Hududning o‘zi resurs va turli xil resurslarni tashuvchisi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga ega bo‘lgan mavqe’ni oladi. HRT - landshaft, sanoat va ijtimoiy sohalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan tizim sifatida qaraladi. Albatta, hududda HRTning rivojlanishi murakkab tavsifga ega bo‘lib, u iqtisodiy va ijtimoiy elementlar o‘rtasidagi mutanosib yo‘nalish jarayonini, rekreatsion resurslardan foydalanish samaradorligini va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liq qondirishni o‘z ichiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling