4. Tizimli fikrlash (boshqaruv faoliyatida uchrashi mumkin boʼlgan murakkab
muammolarni tahlil qila olish) kompetentsiyasiga shaxsning vaziyat va uning elementlarini
toʼliq anglay bilish, katta hajmdagi maʼlumotlarni umumlashtira olish (qayta aloqa va
umumiy dinamikani inobatga olgan holda), tartibga keltira olishi va maʼlumotlar toʼplamini
boshqara olish koʼnikmalari kiradi.
5. Moslashuvchanlik (vaziyatga moslashish va boshqara olish) kompetentsiyasiga
oʼzgaruvchan vaziyatlarga moslasha olish orqali ishning yangicha usullarini tashkil etish
kiradi. Natijaga erishish uchun yangi shart-sharoitlarga tezda koʼnikish, yangi vazifalarni
amalga oshirishda atrofdagilar (jamoani) fikrini eshita olishda ochiqlik kabi koʼnikmalari
kiradi.
6. Kommunikativlik (shaxslararo muloqot olib borish) kompetentsiyasiga jamoa
bilan oʼzaro samimiy munosabat oʼrnatish, muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish,
yordam berish, xodimlar kayfiyatiga eʼtibor berish va ularni eʼtibor bilan eshitish, jamoada
qaror qabul qilishning muqobil yoʼllarini eʼtiborga olish koʼnikmalari kiradi.
7. Ijtimoiy qadriyatlar (inson omili) kompetentsiyasiga shaxsning axloqiy
qadriyatlarga, vatanparvarlik hamda sodiqlikni va soxaning axloqiy xususiyatlariga ishonchni
namoyon etish orqali oʼzgalarga yordam berish, aniq faoliyat va ehtiyojlarni qondirishga
qaratilgan vaziyatda tazyiq oʼtkazmaslik, har bir shaxsning erkin fikr bildirishiga yoʼl qoʼygan
holda xulosani guruhning oʼziga havola qilish koʼnikmalari kiradi.
8. Natijaga yoʼnalganlik (samarali faoliyat) kompetentsiyasiga rejalashtirilgan
natijalarga erisha olish qobiliyati, natijalarga erishishda tashabbuskorlik va qatʼiyatlilik
koʼnikmalari kiradi.
9. Liderlik (jamoa aʼzolariga yetakchi va oʼrnak boʼlish) kompetentsiyasiga
shaxsning oʼz jamoasini shakllantirish, jamoa aʼzolarini oʼz atrofida jipslashtirish va
motivatsiyalash, pozitiv fikrlash va tashkilotchilik koʼnikmalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |