Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʼzlar
- Ключевые слова
UNING MАZMUN MOHIYATI
L. Sh. Turaev, B.Boltayev Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi E-mail: laziz.turayev87mail.ru Аnnotatsiya. Ushbu maqolada rahbar kadrlarda boshqaruv va kasbiy kompetentsiyalarning davlat boshqaruvdagi oʼrni davlat xizmatchilarini lavozimlarga tanlash va tayinlashda ahamiyati hamda uning ilmiy va amaliy jihatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari misolida. Kalit soʼzlar: boshqaruv, rahbar, kompetentsiya, baholash, tanlash, nomzod, davlat xizmatchisi, xorij tajribasi. Понятие лидерских компетенций на государственной службе и ее содержание Аннотация. В данной статье рассматривается роль управленческих и профессиональных компетенций в государственном управлении при подборе и назначении государственных служащих, а также его научные и практические аспекты на примере руководящего состава Министерства по чрезвычайным ситуациям Республики Узбекистан. Ключевые слова: управление, менеджер, компетентность, оценка, отбор, кандидат, государственный служащий, зарубежный опыт. The concept of leadership competencies in the civil service and its content Abstract. This article discusses the role of managerial and professional competencies in public administration in the selection and appointment of civil servants, as well as its scientific and practical aspects on the example of the leadership of the Ministry of Emergency Situations of the Republic of Uzbekistan. Keywords: management, manager, competence, evaluation, selection, candidate, civil servant, foreign experience. Soʼnggi qisqa davr ichida mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilmokda. Davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʼlash va ularni ijtimoiy taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish boʼyicha zarur choralar koʼrilmoqda. Shu bilan birga, davlat xizmati toʼgʼrisidagi qonunining mavjud emasligi, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotgani, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofikdigi, mansab pogʼonasi ishlab chiqilmaganligi (Janubiy Koreya tajribasini olish), ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar sifatining tushib ketishiga bogʼliq boʼlgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan, nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni taʼminlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetentsiyasini baholovchi mezonlar, ularning malakasini oshirishga boʼlgan talablarni oʼrganishga qaratilgan ilmiy izlanishlar va amaliy qoʼllanmalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borish, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirish hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari oʼz vaqtida egallanishi boʼyicha tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilmagan [1]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling