Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

UNING MАZMUN MOHIYATI 
 
L. Sh. Turaev, B.Boltayev
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi 
E-mail: laziz.turayev87mail.ru 
Аnnotatsiya. Ushbu maqolada rahbar kadrlarda boshqaruv va kasbiy 
kompetentsiyalarning davlat boshqaruvdagi oʼrni davlat xizmatchilarini lavozimlarga tanlash 
va tayinlashda ahamiyati hamda uning ilmiy va amaliy jihatlari, Oʼzbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari misolida. 
Kalit soʼzlar: boshqaruv, rahbar, kompetentsiya, baholash, tanlash, nomzod, davlat 
xizmatchisi, xorij tajribasi. 
Понятие лидерских компетенций на государственной службе и ее содержание 
Аннотация. В данной статье рассматривается роль управленческих и 
профессиональных компетенций в государственном управлении при подборе и 
назначении государственных служащих, а также его научные и практические аспекты 
на примере руководящего состава Министерства по чрезвычайным ситуациям 
Республики Узбекистан. 
Ключевые слова: управление, менеджер, компетентность, оценка, отбор, 
кандидат, государственный служащий, зарубежный опыт. 
The concept of leadership competencies in the civil service and its content 
Abstract. This article discusses the role of managerial and professional competencies 
in public administration in the selection and appointment of civil servants, as well as its 
scientific and practical aspects on the example of the leadership of the Ministry of Emergency 
Situations of the Republic of Uzbekistan. 
Keywords: management, manager, competence, evaluation, selection, candidate, civil 
servant, foreign experience. 
Soʼnggi qisqa davr ichida mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini 
oshirishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilmokda. Davlat organlari va 
tashkilotlari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʼlash va ularni ijtimoiy taʼminlashning 
zamonaviy tizimini yaratish boʼyicha zarur choralar koʼrilmoqda. 
Shu bilan birga, davlat xizmati toʼgʼrisidagi qonunining mavjud emasligi, davlat 
organlari 
va 
tashkilotlarining 
malakali 
mutaxassislar 
bilan 
yetarli 
darajada 
taʼminlanmayotgani, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga 
nomuvofikdigi, mansab pogʼonasi ishlab chiqilmaganligi (Janubiy Koreya tajribasini olish), 
ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar sifatining tushib ketishiga bogʼliq boʼlgan bir 
qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. 
Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan, nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov 
orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni taʼminlovchi, shuningdek, 
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetentsiyasini baholovchi 
mezonlar, ularning malakasini oshirishga boʼlgan talablarni oʼrganishga qaratilgan ilmiy 
izlanishlar va amaliy qoʼllanmalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. 
Davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borish, xodimlarni 
samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, malakali kadrlar zaxirasini raqobat 
asosida shakllantirish hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant 
lavozimlari oʼz vaqtida egallanishi boʼyicha tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilmagan [1]. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling