Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 
102 
Davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan 
foydalanishi hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar 
asosida koʼtarilib borishni taʼminlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof 
mexanizmlari shakllantirilmagan. 
Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajadagi davlat fuqarolik xizmati 
shuningdek harbiy tuzilmalar nufuzini oshirish, kor- ruptsiyaning yuzaga kelishi, 
rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yoʼq qilish maqsadida davlat 
fuqarolik xizmatchilarini, shu jumladan, zamonaviy rahbar kadrlarni tanlash va tayinlash 
choralarini yaxshilash zarurati mavjud. 
Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining 
malakali kadrlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2019 yil 3 okgyabrda Oʼzbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik 
xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5843-sonli 
Farmoni qabul qilindi. 
Farmonga koʼra, quyidagilar davlat xizmatini yanada takomillashtirish va isloh 
qilishning ustuvor yoʼnalishlari sifatida belgilandi: 

eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ularning kasbiy fazilatlari va alohida 
xizmatlariga adolatli hamda obʼektiv baho berish asosida davlat xizmatiga qabul qilishni 
nazarda tutadigan meritokratiya printsipini qoʼllash; 

davlat xizmatida «mansab modeli»ni joriy etish, bunda mansab darajalaridan 
bosqichma-bosqich oʼtish, kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, davlat 
xizmatchilarining toifalari va ularga malaka darajalari berish; 

davlat xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilish, bu nomzodning 
barcha ustunliklari va afzalliklarini, shu jumladan, uning axloqiy va vatanparvarlik 
fazilatlarini xolisona baholash; 

respublika, soha va mintaqaviy darajada samarali hamda malakali kadrlar zaxirasini 
shakllantirish, davlat xizmatiga eng malakali nomzodlarni tanlash uchun xususiy bandlik 
agentliklarini faol jalb qilish va autsorsingning zamonaviy shakllaridan foydalanish

davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini 
rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
va boshqalar. 
Ushbu ilmiy ishda zamonaviy rahbar kadrlarni tanlashda eʼtibor berilishi lozim 
boʼlgan asosiy jihatlar, kompetentsiya turlari va ularni ishlab chiqish usullari, nomzodlar bilan 
kompetentsiyaviy yondashuv asosida suhbat qilish, ularning bilim va koʼnikmalarini aniqlash 
texnologiyalari oʼz aksini topgan. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish, rahbar kadrlarni 
tanlash va ularning kompetentsiyalarini aniqlash boʼyicha ilmiy asoslangan metodikalar 
qamrab olingan. 
Kompetentsiya va ularning turlari-kompetentsiya termini amaliyotga 1959 yili 
amerikalik psixolog R.Uayt tomonidan muomalaga kiritilgan. Uning talqiniga koʼra, 
kompetentsiya bu - shaxsning atrof muhit bilan samarali oʼzaro aloqada boʼlishi. 
«Kompetentsiya» soʼzi lotincha soʼz boʼlib, «competo» - erishyapman, munosibman, 
loyiqman degan maʼnolarni anglatadi va u qoʼyidagicha izohlanadi: 
1) kompetentsiya muayyan davlat fuqarolik xizmatchisining qonun, nizom yoki 
boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, xuquq va burchlari doirasi hisoblanadi; 
2) «kompetentsiya» oʼz kasbiga yaroqli, loyiq degan maʼnoni anglatadi. 
Kompetentsiya shaxsning xulq-atvori, nazariy bilimi va amaliy koʼnikmalarining 
majmui hisoblanadi. 
Zamonaviy rahbar kadrlarining kompetentsiyalari bu - xulq-atvorning rivojlanganligi, 
ular tomonidan egallangan nazariy bilim va amaliy koʼnikmalarni amaliyotda mustaqil va 
ijodiy qoʼllay olish darajasidir. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling