ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son
105
qadriyatlar (inson omili), natijaga yoʼnalganlik, liderlik,
jismoniy yetuklik, stresga
bardoshlilik, notiq, oʼt oʼchirish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish
mutaxassisi,
tashkilotchi, tarbiyachi, psixolog,
hamkorlik, aholi bilan ishlay olish va aholini
rozi qilish, tizimli muammolarni xal qilish,
strategik rejalashtirish, xis eta bilish, naʼmuna,
shaxsiy tarkib bilan ishlay bilish, kusli enegiya sohibi.
1. Boshqaruv
professionalizmi
(jamoani
boshqara
olish
koʼnikmasi)
kompetentsiyasiga: shaxsning vaziyatni tahlil qila olishi, jamoani umumiy maqsad sari
birlashtira olishi, natijalarni oʼz vaqtida va sifatli bajara olish masʼuliyatini
his qilish va
talabchanlikka qaratilgan imkoniyatlarni toʼliq amalga oshirish koʼnikmalari kiradi.
2. Kasbiy professionalizmi (kasbiga oid bilim, malaka va koʼnikmalarga ega
boʼlishlik) kompetentsiyasiga: harbiy intizom, jismoniy chiniqish, shaxsiy naʼmuna, qaʼtiyat,
zamonaviy qurol-yarogʼ va maxsus texnika hamda asbob-anjomlardan samarali foydalanishni
bilish, ruhiy barqarorlik koʼnikmalari kiradi.
3. Yangi tajribalarni qoʼllab-quvvatlash (oʼzgarishlar ijobiy munosabatda boʼlib,
qimmatli tajriba sifatida qabul qila olish koʼnikmasi) kompetentsiyasiga
shaxsning kreativ
yechimlar topishi uchun yangi maʼlumot, texnologiyalarga eʼtibor qaratishi va qoʼllashi,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilishda toʼplangan tajribadan samarali foydalanish va strategik
yondashuvlarni hisobga olish koʼnikmalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: