Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

Favqulodda 
vaziyatlar 
vazirligi 
rahbar 
xodimlariga 
xos 
boʼlgan 
kompetentsiyalarni quyidagi guruhlarga boʼlish mumkin: 
Umumiy kompetentsiyalar - barcha darajadagi rahbarlarga xos boʼlgan, ularning 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim hisoblangan xulq-atvor, bilim va 
koʼnikmalari yigʼindisi. Bunday kompetentsiyalar qatoriga ijtimoiy qadriyatlar, liderlik, 
tizimli tahlil, notiqlik, stresga bardoshlilik, jismoniy yetuklik, ruhiy tetiklik, jamoada ishlay 
olish, moslashuvchanlik, natijaga yoʼnalganlik, kommunikativlik va boshqa koʼnikmalarni 
kiritish mumkin. 
Maxsus kompetentsiyalar – rahbar xodimlarning egallab turgan lavozimi, faoliyat 
yuritayotgan soha yoʼnalishi va amalga oshirayotgan funktsional vazifalaridan kelib 
chiqadigan aniq kompetentsiyalardir. Bunday kompetentsiyalar qatoriga tan olingan lider, 
tashkilotchi, tahlilchi, oʼt oʼchirish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish 
mutaxassisi, hamkorlik, psixolog, tarbiyachi, jismoniy baquvatlilik, stresga bardoshlilik, 
tezkor qaror qabul qilish, yangi tajribaga ochiqlik, boshqaruv professionalizmi, kreativ 
fikrlash, prognozlashtirish va boshqa koʼnikmalarni kiritish mumkin. 
Maxsus kompetentsiyalar nomzodlarning vakant lavozimiga qoʼyilgan talablardan, 
lavozimning darajasidan kelib chiqib aniqlanadi. 
Shuningdek, kompetentsiyalar modeli deganda, maʼlum bir faoliyatni samarali amalga 
oshirish uchun kerak boʼladigan kompetentsiyalar yigʼindisi tushuniladi. Bunda vazifalaridan 
kelib chiqqan holda, ushbu faoliyatni samarali tashkil qilish uchun zarur boʼlgan bilim, 
malaka, koʼnikma va shaxsi xulq-atvorga xos printsiplar nazarda tutiladi. 
Yaʼni, bunda lavozim va uning vazifalaridan kelib chiqib kompetentsiyalar 
shakllantiriladi. Kompetentsiyalarni ishlab chiqishda quyidagi bosqichlardan iborat: 
Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bunda aniq maqsadlar belgilanib olinishi lozim: 
Loyihaning natijasi nima bilan tugashi, uni kimlar amalga oshirishi, har bir ishtirokchining 
vazifasi nimalardan iborat boʼlishi aniqlashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda kompetentsiya modeli ishlab chiqiladi. Bunda ushbu lavozimdagi 
shaxslarning oʼz vazifalarini amalga oshirish uchun qanday bilim va koʼnikmaga ega boʼlishi 
lozimligi belgilanadi.
Uchinchi bosqichda shu sohada faoliyat yuritgan va tajribaga ega shaxslardan 
kompetentsiya boʼyicha intervьyu olish amalga oshiriladi. Navbatdagi bosqichda 
kompetentsiyalar bazasi shakllantiriladi.
Oxirgi bosqich, bu - monitoring va tahlil qilish bosqichi. 
Аna shu bosqichlar asosida boshqarma boshligʼi kompetentsiyalari ishlab chiqildi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling