Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 
103 
1-rasm. Kompetentsiyaning tashkiliy tuzilmasi. 
Аyrim davlatlarda shu paytgacha mavjud boʼlgan «professionalizm» tushunchasi 
oʼziga nisbatan kengroq mazmun kasb etuvchi kompetentsiya soʼzi bilan oʼrin almashmoqda. 
Professionalizm kategoriyasi - faqat muayyan fan boʼyicha chuqur bilimga ega boʼlishdir. 
Kompetentsiya esa nafaqat kasbiy bilimlarni, balki emotsional, psixologik, ijtimoiy 
bilimlarni ham egallash zarurligini taqozo etadi. Аmaliy ahamiyatga ega boʼlgan 
kompetentsiyaviy yondashuv - kasbiy bilimlar va tanlangan soha boʼyicha faoliyat yuritish 
uchun zarur malakalar yigʼindisidir. 
Аmaliy jihatdan qaraydigan boʼlsak, yaxshi va yomon xodimlar boʼlmaydi, balki 
maʼlum bir lavozimga mos boʼlgan yoki boʼlmagan xodimlar mavjud. 
Kompetentsiyani shakllanishiga nimalar taʼsir qiladi? 
 
2-rasm. Kompetentsiyaga taʼsir etuvchi omillar. 
Аmerikalik olim J.Raven kompetentlilikning 37 ta turini sanab oʼtadi. Ular jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
Аniq maqsadga erishish uchun ustuvor yoʼnalishni idrok qilish qobiliyati, oʼz 
faoliyatini nazorat qilish, faoliyat jarayoniga hissiyotlarni yoʼnaltirish, mustaqil taʼlimga 
tayyor turish, qayta aloqadan foydalani, oʼziga ishonch, shaxsiy nazorat, ishga kirishib keta 
olish, ilojsizlik hissining begonaligi, kelajakni yaxshi tasavvur etish, mavhumlashtirishga 
moyillik, maqsadga erishishga bogʼliq muammolarga diqqatni qaratish, mustaqil tafakkur
originallik, tanqidiy tafakkur, murakkab masalalarni yecha bilish qobiliyati, bahsli masalalarni 
yechishga tayyorlik, tavakkal qilish, jamiyatning innovatsiyalarni yaxshi qarshi olishiga 
boʼlgan ishonchning mavjudligi, natijaning ijobiyligi va ikki tomonlama foydali ekanligini 


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 
104 
maqsad qilib olish, qatʼiyatli boʼlish, ishonch qozona olish,oʼzini maqsadga muvofiq tutish 
qoidalariga boʼysunish, qaror qabul qilish qobiliyati, javobgarlik hissi, maqsadni koʼzlab, 
hamkorlikda ishlay bilish qobiliyati, maqsadga erishish yoʼlida boshqalarni ham ishga unday 
olish qobiliyati, oʼzgalarni tinglay bilish va ularning fikrlarini ham inobatga olish qobiliyati, 
hamkorlarining imkoniyatlariga subʼektiv baho berishga urinish, boshqalarning mustaqil 
qaror chiqarishlariga yoʼl berish, oʼzaro nizolarni hal qilish va ixtiloflarni moʼʼtadillashtirish, 
birovning qoʼl ostida faoliyat yuritayotganda samarali ishlash qobiliyati, turli uslubdagi 
yashash tarziga nisbatan bagʼrikenglik, tashkiliy va jamoaviy rejalashtirishga tayyorlik. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling