Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
- rasm. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi boshqaruv qadriyatlari
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son
2- rasm. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi boshqaruv qadriyatlari
Ularning kasbiy qadriyatlari tarkibida "kundalik hayot qadriyatlari", maʼlum darajada - jamiyatga xizmat qilish qadriyatlari va shaxsiy (moddiy) qadriyatlar ustunlik qiladi. Motivlar orasida moddiy yordamning obroʼ-eʼtibori motivlari ustunlik qiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga koʼra Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining kasbiy malakasini monitoring qilish modeli uning asosiy elementlarini va ularga xronotopik, dolzarb prakseologik va kommunikativ kompetentsiyalarni baholashni oʼz ichiga oladi [4]. Monitoring har yili maxsus ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, kadrlar xizmati mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Bunday holda, anketa soʼrovi va ekspert bahosini birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xodimlarning eng yaxshi rivojlangan kasbiy kompetentsiyalari quyidagilar: muammolarni shakllantirish va hal qilish koʼnikmalari, bartaraf etishga qaratilgan hatti-harakatlar. ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 100 Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xodimlarning zamon talabiga koʼra yanada shakllantirish lozim boʼlgan kasbiy kompetentsiyalari: axborotni tahlil qilish, tizimli va tanqidiy tahlil qilish, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʼzaro hamkorlikni samarali tashkil etish, kompyuter va axborot texnologiyalar bilan ishlash koʼnikmalari. Shuning uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish muammosini muvaffaqiyatli hal etishning yagona strategiyasini ishlab chiqish, ularni oʼzini oʼzi kasbiy rivojlantirish (self-development) tizimini joriy etish lozim. Uning shakllanishi va amalga oshirilishi kadrlar ishining missiyasini aniq tushunish bilan taʼminlanadi, yaʼni kadrlar tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish talab etiladi. Huddularda, yaʼni tuman darajasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislarining kasbiy malakasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini boshqarish texnologiyalari kasbiy xulq-atvor standartlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqish va oʼzgartirish uchun shart- sharoitlarni yaratish tartiblari va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirsh lozim. Bunday tartiblarga kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalari va tashkilot madaniyatini shakllantirish orqali ularning kasbiy xulq-atvori standartlarini takomillashtirish kabi masalalar kiradi. Davlat va jamiyat hayotida roʼy berayotgan tub oʼzgarish va islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, avvalambor, mustahkam bilimga ega, Oʼzbekistonning bugungi tashqi va ichki siyosati yoʼnalishlarini tushunadigan, tahlil eta oladigan, unda oʼzi ham faol ishtirok eta oladigan tashabbuskor kadrlarga bogʼliqligini hayotning oʼzi koʼrsatib turibdi. Shu bois muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshqaruv kadrlari yuqori darajadagi professional va boshqaruv sifatlarga ega boʼlishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Yurtboshimizning fikricha, professionalizm boshqa mezonlarga nisbatan ish va faoliyat bilan bogʼliq eng asosiy mezon hisoblanib, unga asosan shaxsning kompetentligi, omilkorligi, yaʼni oʼz ishini puxta, sifatli, har bir narsani oʼz oʼrnida tejab-tergab yuqori samaradorlikka erishuvini nazarda tutgan fazilatdir. Xulosa qilib aytganda, favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar kadrlari va xodimlari kasbiy malakasi hamda boshqaruv kompetentsiyalarini rivojlantirishga moʼljallangan onlayn platforma yaratish maqsadga muvofiq. Yaʼni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari malakasini muntazam oshirish, hududlardan turib tizimda boʼladigan oʼzgarish va yangilanishlarni oʼrganib borish uchun mustaqil oʼzlashtirishga moʼljallangan onlayn platforma boʼlishi kerak. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling