Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

Faoliyatni kuzatish usulida sohaning zamonaviy trendlari, faoliyat turining oʼziga xos 
xususiyatlari, kamchiliklari va yutuqlari tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga koʼra, faoliyatning 
samaradorligini oshirish istiqbollari va mezonlariga taʼsir koʼrsatuvchi holatlar anikdanadi. 
Ekspertlar intervyusi usulida soha va faoliyat yoʼnalishini mukammal bilgan va koʼp 
yillik amaliy tajribaga ega boʼlgan mutaxassislar tajribasi, vakant lavozimga qoʼyilgan 
talablar va amaliy muammolar oʼrganiladi. Tahlil natijalariga koʼra, kompetentsiyalarni ishlab 
chiqishdagi xavf-xatar va imkoniyatlar real voqealik bilan solishtirilib chiqiladi hamda 
ekspert xulosasi shakllantiriladi. 
Normativ-huquqiy hujjatlarni oʼrganish usuli –rahbar xodim vakant lavozimiga 
qoʼyilgan talablar, ularning funktsional vazifalari ham- da qonun hujjatlarida ularga 
yuklatilgan majburiyatlar tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga koʼra, nomzodga qoʼyilgan 
qonuniy talablar asosida kompetentsiya va uning komponentlari shakllantiriladi. 
Аmaliyot natijalari, muammoli vaziyatlar va ularning yechimini oʼrganish 
usulida statistik maʼlumotlar, tuzilmaning ijobiy va salbiy koʼrsatkichlari, sohadagi tizimli 
muammolar, ularni hal etish yoʼllari tahlil qilinadi. Natijada, kompetentsiyalarning 
komponentlari, suhbat uchun aqliy hujum savollari va keys materiallari shakllantiriladi. 
Soʼrovnoma usuli orqali soha va yoʼnalishdagi maʼlumotlar oʼrganiladi, jamoa va 
tizimdagi sotseometrik koʼrsatkichlar tahlil qilinadi hamda kompetentsiyalarning ustuvorligi 
va muhimligi koʼrib chiqiladi. 


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2021-yil, 6-son 
107 
Kompetentsiyalarni ishlab chiqish texnologiyasi oʼz ichiga quyidagi bosqichlarni 
qamrab oladi: 
Birinchi bosqichda tuzilmaning missiyasi, vazifalari va ustuvor maqsadlari 
oʼrganiladi. Soha yoki yoʼnalishning ustuvor vazifalari, kam- chiliklari, u yerda faoliyat 
koʼrsatuvchi shaxslarga oid talablar chuqur tahlil qilinadi. Rahbar kadrlari oʼrtasida 
soʼrovnoma va intervьyu oʼtkaziladi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling