Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
70 
Binobarin, har qanday jamiyatda urf-odatlar, anʼanalar, axloq, din va qonun normalarida 
mustahkamlangan va inson ijtimoiy erkinligining amalga oshirish yoʻllari sifatida belgilangan 
bir qator huquq va majburiyatlar mavjud. 
Soʻz erkinligi - bu odamning har qanday tarzda oʻz fikrlari va eʼtiqodlarini ommaviy 
ravishda ifoda etish, uni ommaga eʼlon qilish, tarqatish qobiliyatidir. Ammo, siyosiy 
yangiliklarni qoʻshnisi bilan oshxonada muhokama qilish va jurnalistning televizorda 
gaplashishi oʻrtasida farq borligini tushunishimiz kerak. Shuning uchun ham bir kishining 
boshqa odam bilan har qanday masalada yuzma-yuz bir martalik va tasodifiy muloqoti 
odamning bir guruh odamlar oldida muntazam nutqi kabi ijtimoiy oqibatlarga olib kelmaydi. 
Shu sababli, inson soʻz erkinligining mohiyati uning tinglovchilar bilan ochiq muloqot qilish 
imkoniyatini amalga oshirishda yotadi. Soʻz erkinligining mohiyati haqiqatni topishdadir. 
Haqiqatni topish bu doimiy jarayondir. Soʻz - til – fikrlash mexanizm, bu ong dasturidir. 
Miyaning faoliyati, fikrlash, til yordamida amalga oshirilgan, haqiqatni topishga qaratilgan 
boʻlib, uni soʻz erkinligisiz amalga oshirib boʻlmaydi. Fikrlash - bu atrofimizdagi dunyo va 
insonning oʻzi haqida maʼlumot toʻplash va tahlil qilishning doimiy jarayonidir. Haqiqiy 
(ijtimoiy foydali) va yolgʻon (ijtimoiy salbiy) boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumot almashish 
uchun soʻz erkinligi zarur. Notoʻgʻri tushunilgan maʼlumotlar ham insonning, ham butun 
insoniyatning oʻlimiga olib kelishi mumkin. Soʻz erkinligining mohiyati inson va jamiyat 
oʻrtasidagi barqaror aloqa kanallarini taʼminlashdan iborat. Shunday qilib, soʻz erkinligining 
mohiyati inson aqli haqiqatni topish dasturini amalga oshirish uchun inson va jamiyat 
oʻrtasida barqaror kanallar orqali roʻy beradigan haqiqatni (ijtimoiy foydali) maʼlumotlarni 
toʻplash, tahlil qilish va almashtirishning uzlyuksiz jarayonini taʼminlashdan iborat. Ilmiy-
texnik taraqqiyot davrida soʻz erkinligi yordamida insoniyat kollektiv intellektning 
rivojlanishiga sinergetik taʼsir koʻrsatadi. 
Fikr inson uchun salbiy yoki xavfli oqibatlarsiz ifodalanishi mumkin boʻlganda erkin 
hisoblanadi. Fikrni soʻzlardan bilib olish mumkin, chunki soʻz boshqalar uchun fikrni 
obyektivlashtirish boʻlib hisoblanadi. Oʻz fikrlarini soʻzlar, matnlar bilan ifodalash orqali 
inson ularni jamoat mulkiga aylantiradi. Soʻz erkinligi huquqidan foydalanmasdan, odamlar 
bir-birlari bilan toʻliq muloqot qila olmagan boʻlar edilar, bilim va tajribani bir-biriga oʻtkaza 
olmagan boʻlar edilar va rus faylasufi V.L. Solovyev toʻgʻri taʼkidlaganidek: “na fan, na 
sanʼat, na fuqarolik jamiyati shakllanishi mumkin boʻlmas edi”[5]. Soʻz erkinligi - bu 
insonning ichki dunyosiga taalluqli boʻlgan uning tabiiy va ajralmas huquqi boʻlib, barcha 
ruhiy hayotning asosini tashkil etadi va insonning oʻz roziligisiz hech qanday tajovuz va 
aralashuvlarga yshll qoʻymaydi. Yashash huquqi, erkinlik, qadr-qimmat, shaxsiy daxlsizlik va 
boshqalar kabi huquqlar bilan bir qatorda fikrlash va soʻz erkinligi sivilizatsiyalashgan 
jamiyat hayotining zaruriy sharti boʻlib, u soʻzsiz tan olinishi va davlat tomonidan himoya 
qilinishi kerak. 
Tarixdan inson huquqlarining, shu jumladan soʻz erkinligining uzoq shakllanishi va 
rivojlanishi shiddatli qarama-qarshilik va davlat tomonidan uyushgan jamiyatda shaxslar va 
hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlarning maqbul yoʻlini izlash bilan birga kechgan. Soʻz 
erkinligi dastlab axloqiy, etik, maʼnaviy, madaniy va diniy asosga ega boʻlgan anʼanaviy 
qoidalar va talablar toʻplami sifatida qaralgandir. Ushbu talablar va qoidalar bilan 
belgilanadigan soʻz erkinligi umuman olganda amaliy foydalanishda muhim sivilizatsiya va 
madaniyat yaratuvchi funksiyani bajargan. Nazariy nuqtai nazardan, soʻz erkinligi har doim 
shaxsning ichki erkinligi sohasi sifatida koʻrib chiqilgan va ilmiy fikrlashning turli 
yoʻnalishlarini hisobga olgan holda u yoki bu falsafiy, axloqiy, sotsiologik va psixologik 
talqinni olgan. 
Falsafiy maʼnoda soʻz erkinligi tushunchasi insonning bilish faoliyatining oʻziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ochib beriladi. Maʼlumki, u moddiy, amaliy tajribaga, 
insonning tashqi dunyo bilan bevosita oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Bir vaqtning oʻzida olingan 
hissiy tasvirlar mavhum fikrlash uchun boshlangʻich tarkib boʻlib xizmat qiladi va til uning 
moddiy shakli hisoblanadi. Soʻz obyektga nom beradi, uning xususiyatlarini taʼkidlaydi, 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling