Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- III СОН. 2023 СОЛИҚ ВА ҲАЁТ ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ
- 2. Adabiyotlar sharhi.
Key words: state financial control, improvement, types and methods of financial control, internal and external financial control. 1. Kirish. Mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zamonaviy davlat qurishga intilish tobora kuchayib bormoqda va bu davlat boshqaruvi faoliyatining asosiy qonuniyatlarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Davlat moliyasi mexanizmini ilg‘or jahon tajribasi III СОН. 2023 СОЛИҚ ВА ҲАЁТ ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 57 va mahalliy moliya tizimi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta qurish islohotning asosiy vazifalaridan biridir. Davlat boshqaruvi jarayonida qabul qilingan qarorlarning u yoki bu tarzda amalga oshirilishi moliyaviy oqimlarni zaruratini belgilaydi. Chunki zamonaviy davlat siyosatini amalga oshirish fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa dasturlarni amalga oshirish uchun davlat mablag‘larini ajratishni nazarda tutadi. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur chora- tadbirlarning amalga oshirilishiga erishish davlat tomonidan moliyalashtirishning to‘liqligiga bog‘liqligini bildiradi va bu davlat byudjetiga mablag‘lar tushumi bilan ta’minlanadi (Alekseev, 2015). Moliyaviy nazorat instituti nafaqat ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini, balki ushbu mablag‘lar manbai bo‘lgan davlat byudjetini to‘ldirishni ham ta’minlashga qaratilgandir. 2. Adabiyotlar sharhi. Davlat moliyaviy nazorati butun dunyoda chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan hodisadir. Dunyodagi hech bir davlat bosharuv tutqichlari, ya'ni ijtimoiy barqarorlikni saqlash uchun zarur bo'lgan bozor munosabatlariga maqsadli ta'sir ko'rsatish vositalaridan voz kechgani yo’q (Dishekova, 2016). Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy siyosatini yuritish uchun amalga oshiriladi, uning maqsadi mamlakat moliya tizimida samarali va barqaror vaziyatni shakllantirish uchun huquqiy shart-sharoitlarni ta'minlashdan iborat. Zavyalovning (2013) ta’kidlashicha, davlat moliyaviy nazorati tizimi davlat moliyasining ajralmas qismi bo'lib, uni isloh qilish samarali boshqaruv tizimini barpo etishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Albatta, har bir zamonaviy davlat nafaqat o‘z byudjetiga soliq va soliqdan tashqari tushumlarni maksimal darajada tushirish, balki mablag‘larning sarflanishi ustidan sifatli va o‘z vaqtida nazoratni amalga oshirishdan ham manfaatdordir (Yeltsin, 2016). Shu bilan birga, Kolesov va Yurchenkoning (2013) fikricha, davlat mablag'larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sohasidagi qonuniylik va intizomning yuqori darajasi huquqiy davlat mezonlaridan biridir. Kosarevning (2011) fikricha moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining alohida funksiyasi bo‘lib, uning maqsadi moliyaviy resurslarni boshqarishda qonuniylik va samaradorlikning qabul qilingan me’yorlaridan chetga chiqishlarni aniqlash va bunday og‘ishlar mavjud bo‘lganda tegishli tuzatish va oldini olish choralarini o‘z vaqtida ko‘rishdan iborat. Brovkinaning (2010) ta'kidlashicha, “moliyaviy nazorat organlarining vazifasi, birinchi navbatda, davlat qonunlari va prezident farmonlari ijrosining qonuniyligi, to'g'ri va maqsadga muvofiqligini, davlat tomonidan ajratilgan byudjet mablag'larining yo'nalishini, hukumat va uning organlari faoliyati samaradorligini, barcha darajadagi davlat mablag'larining samarali va tejamkor sarflanishini tekshirishdan iborat bo'lishi kerak”. Vahobov va Malikovlar (2008) “barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turli darajadagi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, maxsus tashkil etilgan institutlar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyatini nazorat qilish moliyaviy nazorat deb ataladi. Bu nazorat, eng avvalo, moliya-xo‘jalik qonunchiligiga rioya etilishini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, nazorat muayyan moliyaviy harakatning sodir bo'lishini baholashni o'z ichiga olganligi bilan cheklanmaydi, balki o'ziga xos tahliliy yo'nalishga ega” degan fikrni ilgari surishadi. Shuningdek, R.Adams (1995), A.Arens (2000), A.Visser (2015), R.Konyng (2007) va J.Mozer (2015) kabi bir qator xorijlik olimlarning fundamental ishlari davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish, uning faoliyati nazariyasi va amaliyotini ochib berishga bag'ishlanganligiga qaramasdan, zamonaviy sharoitda davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish yo'llari yetarlicha ilmiy asosga ega emasligini ko’rishimiz mumkin. Shu boisdan ham, ushbu masala yanada nazariy tushunish va o'rganishni talab qilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling