Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
46,2
14 6 5,4 1,6 0,8 26 Sanoat Uy-joy kommunal xizmatlari Savdo va umumiy ovqatlanish Qishloq xo'jaligi Transport va aloqa Qurilish Boshqa tarmoqlar www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 55 farmatsеvtika sanoati, transport va qishloq xo‘jaligi sohasidagi invеstitsiya loyihalari moliyalashtirilishi qayd etilgan” 7 [13]. Yuqorida qayd etilgan shartnomalarning muvaffaqiyatli yakunlanishi biznes loyihalarini bank kreditlari hamda sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtirishning amaliy ahamiyatini oshiradi. 5. Xulosa. Biznes loyihalarini bank kreditlari va sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtirish amaliyotini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalar shakllantirilgan: 1. Biznes loyihalarini moliyalashtirishda asosiy moliyalashtiruvchi tuzilma sifatida banklar hamda bank guruhlari namoyon bo‘ladi. Shu boisdan tijorat banklari faoliyatini kengaytirishda yangi kredit turlarini joriy etish lozim. 2. Biznes loyihalarini bank kreditlari orqali moliyalashtirishda yashil kreditlash amaliyotiga ustuvorlik berish mamlakatda yangi moliyalashtirish shaklini kengaytirishga hamda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur jarayonda iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan biznes loyihalariga e’tibor qaratish yashil kreditlash amaliyotining samaradorligini belgilab beradi. 3. Yirik biznes loyihalari uchun zarur bo‘ladigan katta hajmdagi kapitalni shakllantirish, yirik biznes loyihalaridagi katta riskni diversifikatsiya qilish hamda banklarda yuqori daromadli faoliyat turini shakllantirish maqsadida tijorat banklarida sindikatlashgan kreditlash amaliyotini samarali shakllantirish zarur. 4. Sindikatlashgan kreditlar orqali yirik biznes loyihalarini moliyalashtirish iqtisodiyotda eksport hajmini oshiruvchi hamda xalqaro bozorlarda ishtirok etuvchi kompaniyalar yuzaga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling