Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Keywords: bank, business project, bank loans, syndicated loans, green loans, syndicate, consortium
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- III СОН. 2023 СОЛИҚ ВА ҲАЁТ ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ
Keywords: bank, business project, bank loans, syndicated loans, green loans, syndicate,
consortium. 1. Kirish. Biznes loyihalarini moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirish hamda iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Biznes loyihalarini moliyalashtirishda bank kreditlari, xususan, sindikatlashgan kreditlardan foydalanish biznes loyihalariga katta miqdorda moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi. Yirik biznes loyihalarini moliyalashtirishda ba’zan bitta bankning moliyaviy holati yetarli bo‘lmasligi yoki mazkur holatda katta risk yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli yirik biznes III СОН. 2023 СОЛИҚ ВА ҲАЁТ ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 50 loyihalari bir necha banklar tomonidan shakllantiriladigan sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtiriladi. Mazkur amaliyot xorij tajribasida keng qo‘llanilsada, milliy amaliyotda rivojlantirishni talab etadi. Biznes loyihalarini baholash amaliyotining samarali tashkil etilmasligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, risklarni baholash bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi kabilar biznes loyihalarini bank kreditlari hamda sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtirish amaliyotlari rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Shu boisdan biznes loyihalarini bank kreditlari va sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtirish amaliyotini tahlil qilish dolzarblik kasb etadi. 2. Adabiyotlar sharhi. Biznes loyihalarini bank kreditlari va sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtirish amaliyotiga ko‘plab tadqiqotchilar va tadqiqot institutlari tomonidan e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular tomonidan mazkur amaliyotning turli jihatlari o‘rganilgan. “Biznes loyihalarini moliyalashtirishda mablag‘lar, asosan, tijorat banklari va boshqa moliya institutlari tomonidan beriladi hamda mazkur mablag‘lar, odatda, loyihaning asosiy aktivlari hisobiga sekyuritizatsiya qilinadi. Qisqa muddatli moliyalashtirish manbalariga tayanadigan tijorat banklari uzoq muddatga qat’iy foiz stavkalari bo‘yicha kredit berishni istamasalarda, ular suzib yuruvchi va qat’iy belgilangan foiz stavkalari kombinatsiyasi orqali moliyalashtirishni tashkil qilishlari mumkin. Mazkur holat loyihaning foiz riskini kamaytiradi” 1 . Gong va boshqalar (2023) sindikatlashgan kreditning bir qator jihatlariga to‘xtalib o‘tgan. “Birinchidan, sindikatlashgan kreditlar korporativ moliyalashtirish uchun muhim manba hisoblanadi. Shu boisdan bugungi kunda sindikatlashgan kredit bozori kengayib bormoqda. Ikkinchidan, hukumatlar tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan milliy taraqqiyot banklari va tijorat banklarining birgalikda kreditlash amaliyoti so‘nggi paytlarda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Chunki mazkur jarayonda milliy taraqqiyot banklari xususiy kapitalni faollashtirishda, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan kelishilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishdagi o‘rni muhim hisoblanadi. Uchinchidan, milliy taraqqiyot banklari tomonidan o‘zlarining kredit bilan bog‘liq ma’lumotlari har doim ham oshkor qilinavermaydi, mazkur holat empirik tadqiqotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Ammo sindikatlashgan kredit bozoridagi kompaniyalar o‘zlarining kredit bilan bog‘liq ma’lumotlarini oshkor qilishlari shart, chunki ular listingdan o‘tgan kompaniyalar yoki davlat qarz qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchi xususiy kompaniyalar hisoblanadi” (Gong, Xu and other, 2023). Shu boisdan sindikatlashgan kreditlar bozorini tadqiq qilish va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish lozim. Kanno (2022) tashqi moliyalashtirish manbalariga e’tibor qaratgan bo‘lib, “tashqi moliyalashtirishni uch turga bo‘lish mumkin: aksiyalarni ommaviy joylashtirish, moliya institutlaridan qarz olish va korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish. Tashqi moliyalashtirish, birinchi navbatda, aksiyalarni ommaviy joylashtirish orqali amalga oshiriladi”. Biroq, yuqorida ta’kidlangan tashqi moliyalashtirishning moliya institutlaridan qarz olish shakli banklardan kredit olish hamda sindikatlashgan kreditlar jalb qilish amaliyotlari ko‘rinishida bugungi kunda jahon miqyosida qo‘llanilmoqda. Amiraslani va boshqalar (2023) sindikatlashgan kreditlar bozoridagi muammoli holat va davlatning mazkur jarayondagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tgan. “Davlat tomonidan kreditlash kreditorlarning sindikatlangan kredit bozorida keng ishtirok etishidagi muhim ziddiyatni, ya’ni qarz oluvchilarning kreditlash sindikatlariga tarqatilgan shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish muammosini hal qilish uchun paydo bo‘lgan. Sindikatga oshkor qilingan shaxsiy ma’lumotlar faqat kreditorlarning ssudadagi ishtiroki to‘g‘risida xabardor qilish 1 Project finance in developing countries: IFC’s lessons of experience // International Finance Corporation, Washington, D.C., 1999. – p. 9. www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 51 uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu ma’lumotlarning davlat qimmatli qog‘ozlari bozorlariga chiqib ketishi qarz oluvchilar, kreditorlar va tartibga soluvchilar uchun asosiy muammolardan hisoblanadi”. Demak, sindikatlashgan kreditlar amaliyotida qarz oluvchida ommaviy oshkor qilinishi ko‘zda tutilmagan biznes ma’lumotlari tarqalib ketish xavfi bor. Mazkur holatning oldini olish sindikatlashgan kreditlash amaliyotini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, deyish mumkin. “Sindikatlashgan kreditlashda yetakchi tashkilotchilar qarz oluvchi bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib boradi va ishtirokchi kreditorlar bilan sindikat tashkil qiladi. Bunda har bir a’zo kreditning bir qismiga ega bo‘ladi. Ushbu turdagi shartnoma kreditorlarga o‘zlarining kredit risklarini diversifikatsiya qilish va qarz oluvchilar uchun moliyaviy operatsiyalar xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi” (Cortés, Tribó and other, 2020). Tompakoudis va boshqalar (2022) tomonidan COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldingi va keyingi sindikatlashgan kreditlar bozorining yalpi ichki mahsulotga ta’siri o‘rganilgan. “Yevropadagi 637 ta sindikatlashgan kredit qarz oluvchilarining ko‘rsatkichlaridan foydalanib, sindikatlashgan kreditlar bozorining pandemiya davridagi yalpi ichki mahsulotga ta’siri pandemiyadan oldingi davrga nisbatan ancha yuqori bo‘lganligi aniqlandi”. Pandemiya singari turli inqirozli holatlar yuz berganda qrz kapitaliga, shu jumladan, sindikatlashgan kreditlarga bo‘lgan talab oshadi. Abdullayeva (2003) tomonidan sindikatlashgan kreditlarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratilgan. “Sindikatlashgan kredit bu birlashgan (konsortsium) 2 yoki undan ortiq kreditorlar bir qarzdorlarga kredit taqdim etadi. Bir guruh bank-kreditorlar ma’lum muddatga bo‘sh turgan moliyaviy resurslarini ma’lum bir obyekt yoki qarzdorni kreditlash maqsadida birlashtiradi. Bir yoki yetakchi bank-koordinatorlarning katta bo‘lmagan bir guruhi butun sindikat nomidan qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi, kerakli summa yig‘ishini ta’minlaydi” (Abdullayeva, 2003). Mazkur kredit turini ko‘paytirish katta loyihalarni moliyalashtirish uchun qulay hisoblanadi. “Mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog‘ozlar joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrastrukturasini rivojlantirish va eksport- import operatsiyalari bo‘yicha dasturlarni qo‘llab-quvvatlash” (Omonov, Qoraliyev, 2012) kabilarga davlat kredit siyosatida e’tibor qaratilishi lozim. Rashidov va boshqalar (2011) tomonidan “xususiy banklarning sindikatlari o‘z kreditlarini qarz oluvchi mamlakatlarga ular tomonidan Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining kreditlarini olgan taqdirdagina taqdim etadi”, deya ta’kidlangan. Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qo‘shilgan holda qayd etish lozimki, bank kreditlari hamda sindikatlashgan kreditlar orqali biznes loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashgan kreditlarning o‘rni va ahamiyatini o‘rganish hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda yirik biznes loyihalarini moliyalashtirishda foydalanish lozim. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling