Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
-jadval. O’zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tgan sub’ektlar tahlili
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
1-jadval.
O’zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tgan sub’ektlar tahlili № Ko’rsatkichlar 2019 2020 2021 2022 2023 1 Aksiyadorlik jamiyatlari 641 635 649 602 613 2 Tijorat banklari 31 33 34 33 35 3 Sug’urta kompaniyalari 35 32 32 42 42 4 Yirik soliq to’lovchilar 1416 836 1120 973 896 Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki, soliq to’lovchilar yildan yilga ularning soni oshib brogan. Shuningdek, soliq to’lovchilar yil davomida ham o’zgarib turishini inobatga oladigan bo’lsak, o’sib borganini ko’rishimiz mumkin. Tahlil natijasi shuni korsatyapdiki, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobot topshiradigan sub’ektlar soni ortib bormoqda. Shunday qilib, moliyaviy hisobotni tayyorlash tizimini tahlil qilishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim. - Tarkibiy korxonalardan ma’lumotlarni yig’ish, o’zgartirish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayoni Excel dasturi yordamida amalga oshiriladi. - Milliy standartlar bo’yicha hisobot tuzilib, tashqi auditdan tasdiqlangandan so’ng, taribiy bo’linmalar tomonidan ma’lumotlar transformatsiya qilinadi. Bu jarayon hisobot davri tugagandan so’ng 8 oygacha davom etishi mumkin. - Buxgalteriya dasturidan qolda ma’lumotlar yuklanadi. www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 71 5. Xulosa. Aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini qo’llash davomida bir qancha bir qancha faktorlarni inobatga olish lozim. Mamlakatimiz jahon iqtisodiyotining faol a’zosiga aylangani sari xalqaro amaliyotda qo’llanilayotgan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzishni taqozo qilib qo’ydi. Ayniqsa, uning normativ-huquqiy asoslarini shunga muvofiqlashtirish, chet ellik investorlar talabiga mos holda hisobotlarni taqdim etish vazifasini qo’ydi. Mamlakatimiz hisob tizimiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishdagi muhim masala bu moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish jarayonini to’g’ri belgilab olish hisoblanadi. Bunda birinchi navbatda, MHXSni amaliyotga qo’llash uchun bosh buxgalter va buxgalteriya xodimlarini ushbu masala bo’yicha o’qitish va tegishli bilimlarni berish kerak. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini amaliyotga joriy etish uchun buxgalteriya milliy tizimini xalqaro standartlarga tranformatsiya qilish va hisob jarayonini MHXS asosida tashkil etish imkoniyatini beradigan shaklda amalga oshiradigan dasturlardan foydalanish lozim. Aksiyadorlik jamiyatlarida yillik yakuniy moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish va uning axborot bazasi asoslangan bo’lishi lozim. Shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga moslab hisob siyosati ishlab chiqilishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, hisob siyosatining belgilab olinishi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish jarayonida muhim omil hisoblanadi va u xalqaro standart qoidalari asosida tuzilishi lozim. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling