Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tahlil va natijalar.
3. Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotimiz metodologiyasi bo’lib, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobotlarni shakllantirish masalalari hisoblanadi. Ushbu masala yuzasidan nazariy ma’lumotlar umumlashtirildi. Tadqiqot jarayonida amaliy materiallarni taqqoslash va guruhlash kabi usullardan foydalanilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi. 4. Tahlil va natijalar. Moliyaviy hisobotning xalqaro standarlari – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan shakllantiriladigan moliyaviy hisobotlarning mazmuni va ularga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan yagona standarlar majmui hamda ularga qo’shimcha hujjatlardan iborat. MHXS Qo’mitasi 1973 yildan beri Londonda joylashgan nodavlat notijorat tashkilot bo’lib, MHXS ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 69 Mamlakatlar MHXS ni amaliyotiga joriy etishda milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turli xil yondoshuvlardan foydalanadi. Quyida ba’zi yondoshuvlarni ko’rib chiqamiz: - MHXSni to’liq amaliyotiga joriy qilgan ya’ni milliy moliyaviy hisobot standartlari sifatida foydalanish; - MHXS qoidalarini milliy standartlarga o’zgartirishlar bilan kiritish; - Milliy standartlarni MHXS talablariga yaqinlashtirish. Turli mamlakatlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish jarayoni turlicha bo’lgan. 2005 yil 1 yanvardan boshlab MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotni tayyorlashni boshlagan Yevropa davlatlari asosida Polsha, Gretsiya, Chexiya va Ispaniya davlatlari. Bu mamlakatlarda MHXS bilan buxgalteriya hisobi milliy standartlari o’rtasida ba’zi farqlar mavjud bo’lib, MHXSni qo’llash jarayonida ba’zi tuzatishlar hisobga olingan. Kanadada ko’pgina kompaniyalar MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarini tayyorlash uchun 2011 yil 1 yanvardan ya’ni rasmiy o’tish kunidan 3 yil oldindan tayyorlana boshlagan. Kanadada birinchi MHXS bayonotlarini tayyorlashda avvalo malakali kadrlarni tayyorlash va MHXSga o’tishga bevosita tayyorgarlik bo’yicha amalga oshirilgan. Shu qatorda O’zbekistonda ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi 4611-son qaroriga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilab qoyildi. O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobot tuzishga o’tishi uzoqroq jarayon bo’lib, u to’g’ri, mantiqiy asoslangan yondoshuv asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishni talab qiladi. Shuningdek, xo’jalik sub’ektlari hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzishga o’tishi darhol mamlakatga chet el investitsiyalarining keskin kirib kelishini anglatmaydi. Ammo bu, O’zbekiston Respublikasi va jahon hamjamiyati o’rtasida kapital harakati uchun muhim qadam hisoblanadi. Xalqaro standartlar asosida tuzilgan hisobotlar shaffofligi bilan investorlar uchun xavf darajasi va xarajatlarni ham kamroq bo’lishini ta’minlaydi. Xalqaro amaliyotda qo’shilgan qiymat solig’i buxgalteriya hisobining ob’ekti sifatida hisobga olishda bir nechta MHXSlardan foydalaniladi, jumladan, BHXS (IAS) 2 –“Tovar- moddiy zaxiralar”, MHXS (IFRS) 5 –“Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar”, BHXS (IAS) 7 –“Pul mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot”, BHXS (IAS) 8 –“Hisob siyosati, hisob baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar”, BHXS (IAS) 11 – “Qurilish shartnomalari”, BHXS (IAS) -12 “Foyda soliqlari”, MHXS (IFRS) 13 – “Haqqoniy qiymatni baholash”, BHXS (IAS) 16 –“Mulk(yer), bino, mashina va asbob-uskunalar”, BHXS (IAS) 17 –“Ijara”, BHXS (IAS) 19-“Xodimlarning daromadlari”, BHXS (IAS) 28 –“Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar”, BHXS (IAS) 36 – “Aktivlarning qadrsizlanishi”, BHXS (IAS) 38 –“Nomoddiy aktivlar”, BHXS (IAS) 39- “Moliyaviy instrumentlar” standartlardan. Shuningdek, qo’shilgan qiymat solig’i buxgalteriya hisobini tashkil etishda 15-son MHXS “Xaridorlar bilan shartnomalar bo’yicha tushum” nomli standart qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda MHXSga o’tish masalasi ko’pgina milliy korxonalar uchun muhim vazifa hisoblanadi. Shuning uchun, bu jarayonni soddalashtirish va bosqichma-bosqich amalga oshirish rejasini ishlab chiqilishi lozim. Birinchi navbatda korxona hisobotni kim uchun tayyorlayotganini aniqlab olishi zarur. Ichki foydalanuvchilar uchunmi, xususiy investorlar va banklar uchunmi yoki ochiq xalqaro bozorga chiqish uchunmi. Agar hisobot ichki foydalanuvchilar uchun tuziladigan bo’lsa, MHXSning bir qator talablaridan chetga chiqish mumkin. Agar hisobot xalqaro bozorga chiqish uchun tayyorlanadigan bo’lsa, unda MHXSning barcha tartiblariga qat’iy rioya qilinishi lozim. Hisobot maqsadi aniqlangach, uni tayyorlash usulini belgilab olish lozim. Tashqi mutaxassis ya’ni auditor jalb qilgan holda www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 70 yoki korxona buxgalterlari tomonidan (o’zgartirish yoki parallel buxgalteriya hisobi orqali) amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, korxonalar xalqaro standartlar asosida hisobot tuzishni transformatsiyadan boshlashadi va bunda ko’pincha auditorlik tashkilotlari xizmatlaridan foydalaniladi. Transformatsiya bu milliy buxgalteriya hisobi tizimiga asosan tuzilgan hisobotlarni MHXS qoidalariga moslashtirgan holda moliyaviy hisobotlarni tuzish. Parallel hisob yuritish esa yetarlicha moddiy va professional resurslarni talab qiladi va moliyaviy hisobotning milliy standartlari hamda moliyaviy hisobotning xalqaro hisobotlarini qo’llagan holda parallel tarzda hisobot tuzishni anglatadi. MHXSga asosan transformatsiya qilinib, moliyaviy hisobotlar tuziladi: 1.Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot. 2.Foyda, zarar va boshqa tarkibiy qismlar to’g’risidagi hisobot. 3.Moliyaviy natija to’g’risidagi hisobot. 4.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot. 5.Kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot. 6.Izohlar. MHXSga bosqichma-bosqich o’tish quyidagicha amalga oshirilishi lozim: 1. Hisob siyosati MHXS bo’yicha birinchi hisobotda hisobot davrining oxirida amalda bo’lgan standartlarga muvofiq bo’lishi lozim (2020 yil 31 dekabr holatiga amalda bo’lgan MHXSga muvofiq bo’lishi kerak). 2. Birinchi marta tayyorlangan hisobot bo’yicha MHXSga muvofiq taqqoslama buxgalteriya balansi tayyorlanishi kerak. 3. O’tish sanasiga moliyaviy hisobotning barcha moddalarini tan olish uchun tanlangan hisob siyosati va tanlangan baholash usullaridan foydalanish lozim. 4. Shakllantirilgan hisob siyosati barcha taqdim etilgan davrlarda qo’llanilishi kerak. O’zbekistonda statistik ma’lumotlarga qaraganda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha hisobot tuzishga o’tgan sub’ektlarning hisobini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (1-jadval). Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling