Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/229
Sana01.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1737404
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   229
Bog'liq
Maqolalar 2023 3 soni

III СОН. 2023 
СОЛИҚ ВА ҲАЁТ 
ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
67 
jalb etishni kengaytirishi buxgalteriya hisobi milliy standartlarining xalqaro amaliyot bilan 
shuningdek, milliy ko’rsatkichlar bilan xalqaro ko’rsatkichlarni moslashtirishni talab etadi. 
Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayonida turli davlatlarning milliy talablari 
bilan xalqaro talablar orasida nomuvofiqliklar, aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq taqdim 
etiladigan moliyaviy hisobotlari o’rtasida tafovutlar kelib chiqishi mumkin. Shu sababli 
aksiya egalariga moliyaviy hisobot elementlarini : aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad 
va xarajatlar kabi elementlarning turlicha ta’riflanishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyatidan har qanday tashqi qimmatli qog’ozni sotib oluvchi investor 
avvalo uning moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qilishi kerak. Aksiyadorlar aksiyalrni sotib 
olish uchun qaror qabul qilishi aksiyadorlik jamiyatiga qilingan investitsiyalardan 
keladigan dvidentlar, foizlar yoki bozordagi narxlarning o’zgarishi kabi daromadlarga 
bog’liq bo’ladi. Shuning uchun aksiyadorga investitsiya kiritayotgan aksiyadorlik jamiyati 
to’g’risida moliyaviy axborotga ega bo’lish muhim. Umuman olganda moliyaviy hisobotning 
maqsadi ham foydalanuvchiga iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kerak bo’lgan 
axborotni yetkazib berishdan iborat. Shunday ekan, aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish muhim ahamiyatga 
ega bo’lib, ularning aksiyalarini jahon fond birjalariga joylashtirilishi uchun kerak 
bo’ladigan ma’lumot va moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirgan holda 
taqdim etish zarurligini bildiradi.
2. Adabiyotlar sharhi. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari yuzasidan olimlarning fikrlarini ko’rib 
chiqadigan bo’lsak, xususan iqtisodchi olim B.Mamatovning (2015) fikricha “Raqamli 
iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini xalqaro standart asosida tashkil etish 
amaliyotini yanada takomillashtirishning bosh masalasi – aksiyadorlik jamiyatlariga 
moliyaviy hisobotni xalqaro standartlarida o’rnatilgan tamoyillarga va talablarga 
yaqinlashtirish tendensiyasiga asoslanadi” degan fikr bildirgan.
Shuningdek, professor Z.N.Qurbonov va A.Akramovlarning (2015) fikricha 
“Respublikamizda buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jahon integratsiyasiga 
yanada kengroq kirib borish imkoniyatini yaratadi. Bu esa mamlakatimiz buxgalteriya 
hisobini isloh etish va yangilanishning yangi bosqichi bo’ladi”.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish asosida soliqlar hisobini tashkil 
etish juda muhimdir. Bu borada S.N. Tashnazarov (2021) quyidagi fikrlarni bildirgan: 
“Bugungi kunda O’zbekistonda moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti jahon andozalari 
darajasiga chiqarishning yagona yo’li bu moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va 
ilg’or xorijiy tajribalarni, sohaga doir jahon adabiyotlari va hujjatlarini o’rganish hamda 
ularni mamlakatimiz iqtisodiyotining xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilishdan 
iboratdir”.
Ushbu masalada O.A.Ageeva, A.L.Rebizovalarning (2013) yozishicha “Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga ko’ra taqdim qilinadigan moliyaviy hisobot shakllari 
belgilangan bo’lib, unda korxonaning moliyaviy holati, realizatsiya qilingan mahsulot, ish 
va xizmatlar bo’yicha daromad va xarajatlar, korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli 
hamda xo’jalik faoliyati natijalari haqidagi qiyoslanuvchan va aniq ma’lumotlar tizimi 
shakllangan bo’ladi”. 
B.A. Terexova (2020) mamlakatlar tomonidan MHXS qo’llanishini asosiy sabablaridan 
biri sifatida korxonanning hisobotni shakllantirish xarajatlarini qisqartirishini keltiradi. 
Biroq, hozirgi amaliyotada MHXSga asosan hisobotni tuzish xarajatlari milliy standartlar 
bilan tuzilgan hisobot xarajatlaridan ancha yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin. 
Hisobotni tuzishga ketadigan xarajatlar faqat MHXS qoidalari asosida yagona hisobotni 
aynan qoidalariga ko’ra tuzishga ketgan xarajatlar summasiga tuzilgandagina qisqarishi 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
68 
mumkin. Shuningdek, B.A.Terexova (2020) turli mamlakatlarda moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlarini joriy etishda foydalaniladigan quyidagi shakllarni keltirib o’tgan: 
-Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan milliy moliyaviy hisobot standartlari 
sifatida foydalanish (Latviya, Quvayt, Kipr, Pokiston). 
-Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan milliy buxgalteriya hisobi va hisoboti 
standartlari sifatida foydalanish. Ammo milliy xususiyatlari tufayli, moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari ma’lum bir o’zgarishlarga uchraydigan davlatlar (Polsha, Zambiya, 
Keniya, Sudan, Urugvay, Albaniya). 
-Xalqaro qoidalarga qo’shimcha tushuntirishlar berib, moliyaviy hisobotning milliy 
standartlarini MHXSga muvofiq ishlab chiqgan davlatlar (Eron, Xitoy, Tunis, Filippin). 
-Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida o’zining milliy standartlarini 
ishlab chiqqan davlar (Hindiston, Braziliya, Singapur, Fransiya, Meksika). 
-Avstraliya, Daniya, Shvetsiya, Gongkong ham Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlariga muvofiq milliy moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiqmoqdalar, 
shuningdek, har bir milliy standartda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan 
taqqoslanadigan hujjatlar mavjud.
A.Barxatov (2012) esa quyidagicha ta’rif bergan: “Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari o’zida taqdim qilinayotgan hisobot davriga korxonaning xo’jalik faoliyati 
natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimiga xalqaro hisob tizimi standartlariga mos 
keladigan shaklda ifodalanishidir”. 
I.K.Ibragimov (2016) tomonidan moliyaviy hisobotning standartlariga boshqacha 
yondoshuv asosida quyidagicha ta’rif berilgan: “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari 
– buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllarda tuziladigan va hisobga 
olingan iqtisodiy axborotlarni detallashtirishga mo’ljallangan, korxona mulkiy va moliyaviy 
ahvoli hamda xo’jalik faoliyati natijalar haqidagi ko’rsatkichlarning yagona kompleks 
tizimidir”. 
Buxgalteriya hisobining xalqaro standarlariga professor S.N.Mislavskaya (2012) 
quyidagicha ta’rif bergan: “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari o’zida hisob 
ma’lumotlari asosida olingan, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini hamda hisobot 
davridagi xo’jalik faoliyati natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimini ifodalaydi”. Shu 
kabi ta’rif L.I.Xorujiy (2004) tomonidan ham bildirilgan: “Buxgalteriya hisoboti o’zida 
tashkilotning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda xo’jalik faoliyati natijalari haqidagi 
ma’lumotlarning yaxlit tizimini ifodalaydi”. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xalqaro standartlar asosida hisob yuritish moliyaviy 
hisobotlarni tuzish tartibi va konseptual asoslaridan foydalangan holda moliyaviy 
hisobotlarni yaratish hisoblanadi.

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling