Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Adabiyotlar sharhi.
III СОН. 2023
СОЛИҚ ВА ҲАЁТ ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 67 jalb etishni kengaytirishi buxgalteriya hisobi milliy standartlarining xalqaro amaliyot bilan shuningdek, milliy ko’rsatkichlar bilan xalqaro ko’rsatkichlarni moslashtirishni talab etadi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayonida turli davlatlarning milliy talablari bilan xalqaro talablar orasida nomuvofiqliklar, aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlari o’rtasida tafovutlar kelib chiqishi mumkin. Shu sababli aksiya egalariga moliyaviy hisobot elementlarini : aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar kabi elementlarning turlicha ta’riflanishiga sabab bo’lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatidan har qanday tashqi qimmatli qog’ozni sotib oluvchi investor avvalo uning moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qilishi kerak. Aksiyadorlar aksiyalrni sotib olish uchun qaror qabul qilishi aksiyadorlik jamiyatiga qilingan investitsiyalardan keladigan dvidentlar, foizlar yoki bozordagi narxlarning o’zgarishi kabi daromadlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun aksiyadorga investitsiya kiritayotgan aksiyadorlik jamiyati to’g’risida moliyaviy axborotga ega bo’lish muhim. Umuman olganda moliyaviy hisobotning maqsadi ham foydalanuvchiga iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kerak bo’lgan axborotni yetkazib berishdan iborat. Shunday ekan, aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning aksiyalarini jahon fond birjalariga joylashtirilishi uchun kerak bo’ladigan ma’lumot va moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirgan holda taqdim etish zarurligini bildiradi. 2. Adabiyotlar sharhi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari yuzasidan olimlarning fikrlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, xususan iqtisodchi olim B.Mamatovning (2015) fikricha “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini xalqaro standart asosida tashkil etish amaliyotini yanada takomillashtirishning bosh masalasi – aksiyadorlik jamiyatlariga moliyaviy hisobotni xalqaro standartlarida o’rnatilgan tamoyillarga va talablarga yaqinlashtirish tendensiyasiga asoslanadi” degan fikr bildirgan. Shuningdek, professor Z.N.Qurbonov va A.Akramovlarning (2015) fikricha “Respublikamizda buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jahon integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkoniyatini yaratadi. Bu esa mamlakatimiz buxgalteriya hisobini isloh etish va yangilanishning yangi bosqichi bo’ladi”. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish asosida soliqlar hisobini tashkil etish juda muhimdir. Bu borada S.N. Tashnazarov (2021) quyidagi fikrlarni bildirgan: “Bugungi kunda O’zbekistonda moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti jahon andozalari darajasiga chiqarishning yagona yo’li bu moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va ilg’or xorijiy tajribalarni, sohaga doir jahon adabiyotlari va hujjatlarini o’rganish hamda ularni mamlakatimiz iqtisodiyotining xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilishdan iboratdir”. Ushbu masalada O.A.Ageeva, A.L.Rebizovalarning (2013) yozishicha “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ko’ra taqdim qilinadigan moliyaviy hisobot shakllari belgilangan bo’lib, unda korxonaning moliyaviy holati, realizatsiya qilingan mahsulot, ish va xizmatlar bo’yicha daromad va xarajatlar, korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda xo’jalik faoliyati natijalari haqidagi qiyoslanuvchan va aniq ma’lumotlar tizimi shakllangan bo’ladi”. B.A. Terexova (2020) mamlakatlar tomonidan MHXS qo’llanishini asosiy sabablaridan biri sifatida korxonanning hisobotni shakllantirish xarajatlarini qisqartirishini keltiradi. Biroq, hozirgi amaliyotada MHXSga asosan hisobotni tuzish xarajatlari milliy standartlar bilan tuzilgan hisobot xarajatlaridan ancha yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin. Hisobotni tuzishga ketadigan xarajatlar faqat MHXS qoidalari asosida yagona hisobotni aynan qoidalariga ko’ra tuzishga ketgan xarajatlar summasiga tuzilgandagina qisqarishi www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 68 mumkin. Shuningdek, B.A.Terexova (2020) turli mamlakatlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda foydalaniladigan quyidagi shakllarni keltirib o’tgan: -Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan milliy moliyaviy hisobot standartlari sifatida foydalanish (Latviya, Quvayt, Kipr, Pokiston). -Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan milliy buxgalteriya hisobi va hisoboti standartlari sifatida foydalanish. Ammo milliy xususiyatlari tufayli, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari ma’lum bir o’zgarishlarga uchraydigan davlatlar (Polsha, Zambiya, Keniya, Sudan, Urugvay, Albaniya). -Xalqaro qoidalarga qo’shimcha tushuntirishlar berib, moliyaviy hisobotning milliy standartlarini MHXSga muvofiq ishlab chiqgan davlatlar (Eron, Xitoy, Tunis, Filippin). -Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqqan davlar (Hindiston, Braziliya, Singapur, Fransiya, Meksika). -Avstraliya, Daniya, Shvetsiya, Gongkong ham Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq milliy moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiqmoqdalar, shuningdek, har bir milliy standartda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan taqqoslanadigan hujjatlar mavjud. A.Barxatov (2012) esa quyidagicha ta’rif bergan: “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari o’zida taqdim qilinayotgan hisobot davriga korxonaning xo’jalik faoliyati natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimiga xalqaro hisob tizimi standartlariga mos keladigan shaklda ifodalanishidir”. I.K.Ibragimov (2016) tomonidan moliyaviy hisobotning standartlariga boshqacha yondoshuv asosida quyidagicha ta’rif berilgan: “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllarda tuziladigan va hisobga olingan iqtisodiy axborotlarni detallashtirishga mo’ljallangan, korxona mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda xo’jalik faoliyati natijalar haqidagi ko’rsatkichlarning yagona kompleks tizimidir”. Buxgalteriya hisobining xalqaro standarlariga professor S.N.Mislavskaya (2012) quyidagicha ta’rif bergan: “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari o’zida hisob ma’lumotlari asosida olingan, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini hamda hisobot davridagi xo’jalik faoliyati natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimini ifodalaydi”. Shu kabi ta’rif L.I.Xorujiy (2004) tomonidan ham bildirilgan: “Buxgalteriya hisoboti o’zida tashkilotning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda xo’jalik faoliyati natijalari haqidagi ma’lumotlarning yaxlit tizimini ifodalaydi”. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xalqaro standartlar asosida hisob yuritish moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va konseptual asoslaridan foydalangan holda moliyaviy hisobotlarni yaratish hisoblanadi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling