Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/229
Sana01.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1737404
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   229
Bog'liq
Maqolalar 2023 3 soni

3. Tadqiqot metodologiyasi. 
Tadqiqotimiz metodologiyasi bo’lib, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari asosida hisobotlarni shakllantirish masalalari hisoblanadi. Ushbu 
masala yuzasidan nazariy ma’lumotlar umumlashtirildi. Tadqiqot jarayonida amaliy 
materiallarni taqqoslash va guruhlash kabi usullardan foydalanilib, xulosa va takliflar 
ishlab chiqildi. 
4. Tahlil va natijalar. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standarlari – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
tomonidan shakllantiriladigan moliyaviy hisobotlarning mazmuni va ularga qo’yiladigan 
talablarni belgilaydigan yagona standarlar majmui hamda ularga qo’shimcha hujjatlardan 
iborat. MHXS Qo’mitasi 1973 yildan beri Londonda joylashgan nodavlat notijorat tashkilot 
bo’lib, MHXS ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
69 
Mamlakatlar MHXS ni amaliyotiga joriy etishda milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, turli xil yondoshuvlardan foydalanadi. Quyida ba’zi yondoshuvlarni ko’rib chiqamiz: 
- MHXSni to’liq amaliyotiga joriy qilgan ya’ni milliy moliyaviy hisobot standartlari 
sifatida foydalanish; 
- MHXS qoidalarini milliy standartlarga o’zgartirishlar bilan kiritish; 
- Milliy standartlarni MHXS talablariga yaqinlashtirish. 
Turli mamlakatlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish jarayoni 
turlicha bo’lgan. 2005 yil 1 yanvardan boshlab MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotni 
tayyorlashni boshlagan Yevropa davlatlari asosida Polsha, Gretsiya, Chexiya va Ispaniya 
davlatlari. Bu mamlakatlarda MHXS bilan buxgalteriya hisobi milliy standartlari o’rtasida 
ba’zi farqlar mavjud bo’lib, MHXSni qo’llash jarayonida ba’zi tuzatishlar hisobga olingan. 
Kanadada ko’pgina kompaniyalar MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarini 
tayyorlash uchun 2011 yil 1 yanvardan ya’ni rasmiy o’tish kunidan 3 yil oldindan 
tayyorlana boshlagan. Kanadada birinchi MHXS bayonotlarini tayyorlashda avvalo malakali 
kadrlarni tayyorlash va MHXSga o’tishga bevosita tayyorgarlik bo’yicha amalga oshirilgan.
Shu qatorda O’zbekistonda ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 
fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi 4611-son qaroriga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat 
banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi 
va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilab 
qoyildi. 
O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida 
hisobot tuzishga o’tishi uzoqroq jarayon bo’lib, u to’g’ri, mantiqiy asoslangan yondoshuv 
asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishni talab qiladi. Shuningdek, xo’jalik sub’ektlari 
hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzishga o’tishi darhol mamlakatga chet el 
investitsiyalarining keskin kirib kelishini anglatmaydi. Ammo bu, O’zbekiston Respublikasi 
va jahon hamjamiyati o’rtasida kapital harakati uchun muhim qadam hisoblanadi. Xalqaro 
standartlar asosida tuzilgan hisobotlar shaffofligi bilan investorlar uchun xavf darajasi va 
xarajatlarni ham kamroq bo’lishini ta’minlaydi.
Xalqaro amaliyotda qo’shilgan qiymat solig’i buxgalteriya hisobining ob’ekti sifatida 
hisobga olishda bir nechta MHXSlardan foydalaniladi, jumladan, BHXS (IAS) 2 –“Tovar-
moddiy zaxiralar”, MHXS (IFRS) 5 –“Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar”, 
BHXS (IAS) 7 –“Pul mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot”, BHXS (IAS) 8 –“Hisob siyosati, 
hisob baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar”, BHXS (IAS) 11 – “Qurilish shartnomalari”, 
BHXS (IAS) -12 “Foyda soliqlari”, MHXS (IFRS) 13 – “Haqqoniy qiymatni baholash”, BHXS 
(IAS) 16 –“Mulk(yer), bino, mashina va asbob-uskunalar”, BHXS (IAS) 17 –“Ijara”, BHXS 
(IAS) 19-“Xodimlarning daromadlari”, BHXS (IAS) 28 –“Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi 
va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar”, BHXS (IAS) 36 – “Aktivlarning qadrsizlanishi”, 
BHXS (IAS) 38 –“Nomoddiy aktivlar”, BHXS (IAS) 39- “Moliyaviy instrumentlar” 
standartlardan. Shuningdek, qo’shilgan qiymat solig’i buxgalteriya hisobini tashkil etishda 
15-son MHXS “Xaridorlar bilan shartnomalar bo’yicha tushum” nomli standart qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtda MHXSga o’tish masalasi ko’pgina milliy korxonalar uchun muhim 
vazifa hisoblanadi. Shuning uchun, bu jarayonni soddalashtirish va bosqichma-bosqich 
amalga oshirish rejasini ishlab chiqilishi lozim. Birinchi navbatda korxona hisobotni kim 
uchun tayyorlayotganini aniqlab olishi zarur. Ichki foydalanuvchilar uchunmi, xususiy 
investorlar va banklar uchunmi yoki ochiq xalqaro bozorga chiqish uchunmi. Agar hisobot 
ichki foydalanuvchilar uchun tuziladigan bo’lsa, MHXSning bir qator talablaridan chetga 
chiqish mumkin. Agar hisobot xalqaro bozorga chiqish uchun tayyorlanadigan bo’lsa, unda 
MHXSning barcha tartiblariga qat’iy rioya qilinishi lozim. Hisobot maqsadi aniqlangach, uni 
tayyorlash usulini belgilab olish lozim. Tashqi mutaxassis ya’ni auditor jalb qilgan holda 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
70 
yoki korxona buxgalterlari tomonidan (o’zgartirish yoki parallel buxgalteriya hisobi orqali) 
amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, korxonalar xalqaro standartlar asosida hisobot 
tuzishni transformatsiyadan boshlashadi va bunda ko’pincha auditorlik tashkilotlari 
xizmatlaridan foydalaniladi. Transformatsiya bu milliy buxgalteriya hisobi tizimiga asosan 
tuzilgan hisobotlarni MHXS qoidalariga moslashtirgan holda moliyaviy hisobotlarni tuzish. 
Parallel hisob yuritish esa yetarlicha moddiy va professional resurslarni talab qiladi va 
moliyaviy hisobotning milliy standartlari hamda moliyaviy hisobotning xalqaro 
hisobotlarini qo’llagan holda parallel tarzda hisobot tuzishni anglatadi. MHXSga asosan 
transformatsiya qilinib, moliyaviy hisobotlar tuziladi: 
1.Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot. 
2.Foyda, zarar va boshqa tarkibiy qismlar to’g’risidagi hisobot. 
3.Moliyaviy natija to’g’risidagi hisobot. 
4.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot. 
5.Kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot.
6.Izohlar. 
MHXSga bosqichma-bosqich o’tish quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
1. Hisob siyosati MHXS bo’yicha birinchi hisobotda hisobot davrining oxirida amalda 
bo’lgan standartlarga muvofiq bo’lishi lozim (2020 yil 31 dekabr holatiga amalda bo’lgan 
MHXSga muvofiq bo’lishi kerak). 
2. Birinchi marta tayyorlangan hisobot bo’yicha MHXSga muvofiq taqqoslama 
buxgalteriya balansi tayyorlanishi kerak. 
3. O’tish sanasiga moliyaviy hisobotning barcha moddalarini tan olish uchun 
tanlangan hisob siyosati va tanlangan baholash usullaridan foydalanish lozim. 
4. Shakllantirilgan hisob siyosati barcha taqdim etilgan davrlarda qo’llanilishi kerak. 
O’zbekistonda statistik ma’lumotlarga qaraganda moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari bo’yicha hisobot tuzishga o’tgan sub’ektlarning hisobini quyidagi jadvalda 
ko’rishimiz mumkin (1-jadval). 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling