Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/229
Sana01.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1737404
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   229
Bog'liq
Maqolalar 2023 3 soni

 
 
 
 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
64 
2-jadval 
Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga yondashuvlar 
Yondashuv 
Yondashuvning asosiy komponentlari 
Tizimli yondashuv 
- Davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish 
- Davlat moliyavi nazorati doirasida sub'yektlar faoliyatining 
me'yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish 
- Milliy xususiyatlarga mos xorijiy tajribani joriy qilish 
- Davlat moliyavi nazorati bilan bog'liq muammolarni hal 
qilishda kompleks yondashuvni joriy etish 
Funktsional yondashuv 
- Kasbiy takomillashtirish 
- Axborot texnologiyalaridan foydalanish 
- Yagona boshqaruv ma'lumotlar bazasini yaratish 
Boshqaruv yondashuvi - Ichki nazorat va auditni joriy etish va rivojlantirish 
Tashkiliy yondashuv 
- Nazorat organlari va davlat organlarining o'zaro hamkorligi 
- Nazoratning ommaviyligi 
- Davlat moliyaviy nazorati sohasida ilmiy tadqiqotlar 
- Nazorat qiluvchi organlarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish 
- Nazoratchining axloqiy tamoyillarini joriy etish 
Uslubiy yondashuv 
- Oldindan nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish 
- Yangi nazorat usullarini joriy etish 
Hozirgi vaqtda yuqorida keltirilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim 
ahamiyatga ega. Chunki davlat moliyaviy nazorati tizimini, umuman, nazorat sub'ektlari 
faoliyatining huquqiy asoslarini, nazorat qilish usullarini shakllantirish va nazoratchilar 
ishida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish ustuvor 
vazifa sanaladi. 
 
5. Xulosa. 
Davlat moliyaviy nazoratiga tashqi va ichki omillarning ta’sirini inobatga olgan holda, 
ushbu sohasida erishilgan salmoqli yutuqlar bilan bir qatorda hali ham bir qancha 
kamchiliklar mavjud ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Qayd etish joizki, nazoratda qanday shakl va usullar qo‘llanilmasin, ularning barchasi 
byudjet jarayoni sifatini oshirishga, byudjet qonunchiligiga rioya qilishga qaratilgan bo‘lishi 
kerak. Chunki, har qanday davlat uchun samarali faoliyat ko‘rsatayotgan davlat moliyaviy 
nazorati tizimining mavjudligi tashqi va ichki siyosatni samarali amalga oshirish, ijtimoiy 
sohaning maqsad va vazifalariga erishishni ta’minlash imkonini beruvchi eng muhim vosita 
xisoblanadi. 
Shunday qilib, rivojlanayotgan va zamonaviy jamiyat talablariga moslashayotgan 
davlat moliyaviy nazorati tizimi muayyan natijaga erishish, moliyaviy oqimlarning 
shaffofligini ta'minlash va mamlakat fuqarolarining farovonligini oshirishga qaratilgan 
davlat moliyasidan samarali foydalanishga yordam beradi. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling