Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали


-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining usullari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/229
Sana01.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1737404
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   229
Bog'liq
Maqolalar 2023 3 soni

2-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining usullari 
Davlat moliyaviy nazoratining ushbu usullari davlat sektorida samarali moliyaviy 
boshqaruv, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ular zaif tomonlarni 
aniqlashga, xavflarni kamaytirishga va davlat tuzilmalarining umumiy moliyaviy 
boshqaruvini yaxshilashga yordam beradi. 
Davlat moliyaviy nazorati turli sohalarda amalga oshirilganligi sababli bir necha 
turlarga ajratiladi. Ularning ichida byudjet nazorati muhim ahamiyatga ega. 
Xutova va Elbiyevalarning (2020) fikriga ko’ra byudjet nazorati moliyaviy 
nazoratning bir turi bo'lib, ular o'zaro bog'liqdir. Shunday qilib, byudjet nazorati moliyaviy 
nazorat kabi asosiy xususiyatlarga ega. Gladkovaning (2016) ta’kidlashicha, byudjet 
nazorati - bu davlat moliyaviy nazoratining bir turi bo'lib, u moliyaviy nazorat sub'ektlari 
(maxsus vakolatli organlar) tomonidan pul mablag'lari fondining shakllanishi va maqbul 
sarflanishi ustidan amalga oshiriladi. Albatta, har bir zamonaviy davlat nafaqat o‘z 
byudjetiga soliq va soliqdan tashqari tushumlarni maksimal darajada olish, balki 
mablag‘larning sarflanishi ustidan sifatli, o‘z vaqtida nazoratni amalga oshirishdan ham 
manfaatdordir (Sidakova va Magomedova, 2020). 
Byudjet nazoratining maqsadi barcha darajadagi byudjetlarga daromadlarni to‘liq 
ta’minlash, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkillashtirishdan 
iborat. 
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, byudjet 
mablag'laridan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmi uchta asosiy o'zaro 
bog'liq va bir-birini to'ldiruvchi funksiyani amalga oshiradi - tekshirish, monitoring va 
baholash. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu funksiyalarni amalga oshirish imkoni 
faqatgina tegishli resurslar (uslubiy, huquqiy, metodik, tashkiliy-texnologik, kadrlar) 
mavjud bo’lgandagina paydo bo’ladi. 
“Davlatning moliyaviy xavfsizligini ta'minlash sharoitida davlat moliyaviy nazoratini 
takomillashtirish” nomli ilmiy maqola mualliflari (Meiss va boshqalar, 2017) bir qator 
olimlarning ishlarini tahlil qilish asosida davlat moliyaviy nazoratiga ta'sir qiluvchi 
omillarni ajratib ko'rsatishdi. Mualliflar nazorat qiluvchi organlarning pozitsiyasini hisobga 
olgan holda, bunday omillarning barchasini tashqi va ichki omillarga bo'lish maqsadga 
muvofiq ekanligini qayd etishdi. Davlat moliyaviy nazoratining samaradorligi darajasi 
davlat moliyaviy nazorati organlarining ishlashi uchun shart-sharoitlarning yetarli 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling