Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tahlil va natijalar.
- 1-jadval Moliyaviy nazorat turlari Moliyaviy nazorat turi Xususiyati
3. Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada davlat moliyaviy nazoratning turlari, usullari, elementlari hamda ularning xususiyatlari ko’rib chiqilgan bo’lib, tahlilning analiz, sintez va ilmiy abstraksiya usullari qo’llanilgan holda ilmiy natijalar ishlab chiqildi. Ishning uslubiy asosi sifatida davlat moliyaviy nazorati sohasida tadqiqot olib borgan olimlarning ishlaridan foydalanilgan. 4. Tahlil va natijalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida moliyaviy nazoratning maqsad va vazifalari, turlari va shakllari tubdan o‘zgardi. Endilikda ushbu faoliyatning maqsadi nafaqat nazorat qilinadigan ob'yektlar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va mansabdor shaxslarni jazolash, balki ushbu kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, davlat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni byudjetda to‘liq shakllantirish hamda ularni maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash bo‘yicha maslahat va ko‘rsatmalar berishda iborat. Umumiy nazorat tizimida boshqaruv tizimining asosiy elementi bo'lgan davlat moliyaviy nazoratining muhim o'rni va ahamiyati shundan iboratki, birinchidan, moliyaning o'zi iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funktsiyasini ob'yektiv bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarning roli ortib bormoqda (Kunduzova, 2023). Moliyaviy nazoratni amalga oshirish davomida muvaffaqiyat va yuqori samaraga erishish avvalambor, moliyaviy nazoratni tashkil etilish darajasi, nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning usullariga bog’liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subʼektlarga koʼra uni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin (1 jadval): 1-jadval Moliyaviy nazorat turlari Moliyaviy nazorat turi Xususiyati Umumdavlat moliyaviy nazorati Davlat hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilib uning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi boʼyicha davlat va jamiyatning manfaatlarini taʼminlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat Vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga boʼysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xoʼjalik ichidagi moliyaviy nazorat Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan oʼtkaziladi. Bu yerda korxona, tashkilot va muassasalarning xoʼjalik va moliyaviy faoliyati moliyaviy nazoratning obʼekti sifatida ko’riladi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati Nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning obʼekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat Auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan oʼtkaziladi. Shuningdek, moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar boʼyicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: - amalga oshirilish reglamenti; - oʼtkazilish vaqti; - nazoratning subʼektlari; www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 59 - nazoratning obʼektlari. Har qanday nazorat uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yo'naltiriladigan asosiy vazifalarni to'g'ri aniqlash juda muhimdir. Shuning uchun davlat moliyaviy nazoratining vazifalariga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. Davlat moliyaviy nazoratining vazifalari muayyan yurisdiktsiyaga va nazorat qiluvchi sub'ektga yuklangan mas'uliyat doirasiga qarab farq qilishi mumkin. Shunga qaramasdan, davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan ba'zi umumiy vazifalar quyidagilardan iborat, jumladan: moliyaviy audit; muvofiqlik monitoringi; ichki nazoratni baholash; risklarni baholash; moliyaviy hisobot; firibgarlikni aniqlash; potensialni oshirish va o‘qitish; samaradorlikni baholash; jamoatchilik bilan muloqot va oshkoralik; hamkorlik va muvofiqlashtirish. Ushbu vazifalar birgalikda davlat mablag‘larining mas’uliyatli va samarali boshqarilishini ta’minlash, moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, davlat moliyaviy boshqaruviga aholi ishonchini saqlashga qaratilgan. Аmalga oshirilish reglamenti hamda boshqaruv funktsiyalariga mansublik nuqtai nazaridan moliyaviy nazoratni tashqi (majburiy) va ichki (tashabbuskorli) shakllari mavjud bo’lib, ular moliyaviy resurslarni mas'uliyatli boshqarishni ta'minlashning ikkita bir-birini to'ldiruvchi yondashuvidir deb aytishimiz mumkin. Shunindek, ushbu elementlarda yuqorida qayd etilgan vazifalarni ro’yobga chiqishini ko’rishimiz mumkin. Tashqi moliyaviy nazorat tashkilotning moliyaviy faoliyatini qonun asosida tashqi sub'ektlar tomonidan mustaqil nazorat qilish va tekshirishni o'z ichiga oladi. Ushbu sub'ektlar davlat organlari, nazorat qiluvchi organlar, auditorlar yoki boshqa tashqi manfaatdor tomonlarni o'z ichiga olishi mumkin. Ichki moliyaviy nazorat - bu tashkilotda moliyaviy faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun amalga oshiriladigan tizimlar, jarayonlar va protseduralardir. Shuningdek u, tashkilotning taktik va strategik maqsadlariga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning xar biri o’z ichiga bir necha asosiy elementlarni oladi. Quyidagi jadvalda tashqi va ichki moliyaviy nazoratning asosiy elementlarini ko’rishimiz mumkin (1 rasm). Shuni alohida qayd etish lozimki, samarali moliyaviy boshqaruv uchun ham ichki, ham tashqi moliyaviy nazorat muhim ahamiyatga ega. Ichki nazorat tashkilotda o'z moliyasini boshqarish uchun mustahkam tizim va jarayonlar mavjudligini ta'minlaydi, tashqi nazorat esa muvofiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta'minlash uchun mustaqil nazorat va tekshirishni ta'minlaydi. Nazoratning asosiy tamoyillari to'g'risidagi Lima deklaratsiyasining 3-moddasiga muvofiq, ichki nazorat xizmatlari alohida bo'limlar va tashkilotlar tarkibida tashkil etiladi, tashqi audit xizmatlari esa tekshirilayotgan tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga kirmaydi. Oliy nazorat organi tashqi audit organi hisoblanadi 1 . Ichki moliyaviy nazorat ob'ektlari faqat davlatning moliyaviy resurslari va mulki, ularning shakllanishi va sarflanishi hisoblanadi. Tashqi moliyaviy nazorat ob'ekti faqat davlat moliyasi sohasi bilan cheklanmaydi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va byudjet ijrosi natijalarini ekspertizadan o'tkazishni ham o'z ichiga oladi. 1 Nazoratning asosiy tamoyillari Lima deklaratsiyasi. Xorijiy mamlakatlarda davlat moliyaviy nazoratini huquqiy tartibga solish. M.: Прометей. 1998. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling