Issn: 2181-3906 2022 International scientific journal
Download 465.46 Kb. Pdf ko'rish
|
АGRAR SOHA VA DEHQONCHILIK TERMINLARINING KONTSEPTUAL
ISSN:
2181-3906 2022 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 1 / ISSUE 1 108 Bu freymlar birlashib, oʼzbek milliy ongidagi dehqonchilik kontseptining mohiyatini tashkil qiladi: ―Dehqonchilik qishloq hayotining oʼtmish tajribalariga asoslangan, yerdan, asosan, sugʼorish bilan hosil oluvchi, ajralmas xoʼjalik sohasi.‖ Аgrar soha ham dehqonchilik kontseptiga oʼxshash va undan farqlanuvchi jihatlarga ega boʼlib, farqli xususiyatlar uning ayricha mohiyatga egaligini koʼrsatadi: Аgrar soha – qishloq xoʼjaligi. Аgrar soha – yerdan hosil oluvchi soha. Аgrar soha – davlat va xususiy sektor. Аgrar soha – sanoatga zid turuvchi soha. Аgrar soha – asosan, sugʼorish bilan ish koʼruvchi soha. Аgrar soha – tarixan dehqonchilik koʼrinishida mavjud boʼlgan soha. Аgrar soha – texnikalashgan soha. Аgrar soha – umumiy infrastrukturaga ega soha. Аgrar soha – fan yutuqlari muttasil tatbiq qilib boriladigan soha. XULOSA Yuqoridagilarga tayanib, agrar sohaning kontseptual mohiyatini tavsiflashga harakat qilamiz: ―agrar soha qishloq xoʼjaligi (tor maʼnoda, uning yerdan hosil oluvchi) sohasi boʼlib, asosan, sugʼorish bilan ish koʼruvchi, davlat va xususiy mulk sifatida mavjud boʼlgan, maxsus infrastrukturaga ega, sanoat bilan yondosh qaraluvchi, ilmiy asoslangan holda rivojlantiriluvchi ishlab chiqarish sektoridir‖. Bunda kontseptlararo farq birining umumxalq, ikkinchisining ilmiy mohiyatga egaligi bilangina emas, balki birinchisining umumxalq, ikkinchisining koʼproq ilmiy tatbiq bilan bogʼliqligidan ham kelib chiqadi. Yuqorida sanalgan agr(a/o) komponentli qator terminlar ham shundan dalolat beradi. Аgrar soha nafaqat shunchaki yerga ishlov berish va hosil olishni, balki ilmiy asosda yondashuvni taqozo qiladi. Shu boisdan agr(a/o)- elementli barcha terminlar ifodalovchi hodisalar agrar sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Download 465.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling