Issn: 2181-3906 2022 International scientific journal
Download 465.46 Kb. Pdf ko'rish
|
АGRAR SOHA VA DEHQONCHILIK TERMINLARINING KONTSEPTUAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOT NATIJASI
ISSN:
2181-3906 2022 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 1 / ISSUE 1 106 leksik tizimi va ilmiy terminologiya farqini koʼramiz. Umuman olganda, dehqonchilik ifodalari ―xalq soʼzlari‖ umumiy belgisiga ega boʼlsa, agr(a/o) komponentli birliklar ―termin‖ umumiy mohiyati bilan xarakterlanadi. TADQIQOT NATIJASI Yerga hosil olish uchun ishlov berish hodisasi va jarayoni unga munosabat nuqtai nazaridan koʼp qirrali hodisa. Bu, bir tomondan, anʼanaviy mehnat jarayoni boʼlsa, ikkinchi tomondan, ilmiy yondashuv obʼektidir. Birinchi holatda, bu jarayonda kishilarning koʼp asrlik tajribalari, tabiat haqidagi ajdodlardan oʼzlashtirilgan amaliy bilimlarga tayanilsa, ikkinchi holat, maxsus metodlar va vositalar yordamida olib boriladigan tadqiq jarayoni bilan bogʼliq sistemalashtirilgan faoliyatni oʼzida aks ettiradi. Аna shu ikki holat orasidagi farqni lisoniy ong ifodalab, bir jarayonga ikki xil munosabatni shakllantiradi. Dehqonchilik soʼzi va tushunchasi ham ayrim hollarda agrar soha ifodasi bilan variantdoshlik kasb etadi. ―Oʼzbek tilining izohli lugʼati‖da bu oʼzining yorqin ifodasiga ega: ―DEHQONChILIK 1 Qishloq xoʼjaligining yerga ekin ekib, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʼullanuvchi sohasi, ziroatchilik. Qadimdanoq Аmudaryo, Zarafshon, Sirdaryo kabi obi hayot sohillarida, goʼzal Fargʼona, Toshkent, Buxoro va Xorazmning ibtidoiy tabiati bagʼrida dehqonchilik keng tarmoq otgan edi. K.Mahmudov, Qiziqarli pazandalik. 2 Ekin-tikin bilan shugʼullanish kasbi, mashgʼuloti. Dehqonchilik qilmoq. Dehqonchilik — chilik-chilik, Boʼlmasa, quruqchilik. Maqol. Yoz faslida dehqonchilik qiladi, sahar ketib, kech keladi. M.Ismoiliy, Fargʼona t.o. 3 Ekinzor, ekin dalasi. Аnovi pastlikda dehqonchiligimiz bor. Bemalol, hamma narsa oʼzimizdan chiqadi. Oydin, Kelin oʼgʼil tugʼibdi.‖ Izohdagi birinchi maʼno ikki qirrali boʼlib, u oʼzida ham umumisteʼmol, ham terminologik mohiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Undagi ikki maʼno boʼlakchasi (―qishloq xoʼjaligiga xos‖, ―erga ekin ekib, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʼullanuvchi soha‖)dan birinchisi koʼproq terminologik xususiyatga ega. Uning asosan ilmiy adabiyotlarda qoʼllanishi, umumisteʼmolda qoʼllanish doirasining cheklanganligi fikrimizning dalilidir. Dehqon, dehqonbop, dehqonparvar, dehqonsifat, dehqonchasiga soʼzlari maʼno-mohiyati bilan munosabatda dehqonchilik soʼzi umumisteʼmol mohiyatini namoyon qiladi. Ingliz tilidagi dehqonchilik soʼzini muqobili sifatida lugʼatlarda farming termini berilgan. ffarming noun running a farm, including activities such as keeping animals for sale or for their products and growing crops Tarjimasi: fermani boshqarish, ekin ekish, chorvachilik bilan shugʼullanish yoki ularni sotishni oʼz ichiga oladigan faoliyatlar majmui. Taʼrifdan maʼlum boʼldiki, ingliz tilidagi farming soʼzi oʼzbek tilidagi zkvivalentiga nisbatan zamonaviylik, koʼp qirralilik xususiyatlariga ega. Chunki u faqat yerga ishlov berish va hosil olish maʼnosidan tashqari chorvachilik qamda ushbu faoliyatlar mahsulotlarini sotish maʼnolarini ham ifodalaydi. Oʼzbek tilidagi dehqonchilik soʼzdida esa ekin ekish va hosil olish maʼnolari ustunlik qiladi. Bu haqida yuqorida batafsil maʼlumot berildi.Dehqonchilik kasbi bilan shugʼullanuvchi shaxs ingliz tilida farmer soʼzi bilan ifodalanadi. Bu soʼzni etimologik jihatdan koʼrib chiqamiz. Merriam Webster entsiklopedik lugʼatida farm farmer ferma, fermer soʼzlariga quyidagicha taʼrif berilgan: The medieval farmer was money collector. In the late Middle Ages,it was a common practice to rent or lease land suitable for agricultural purposes for a fixed monetary payment rather than a percentage of the crop. The sum of money to be paid was called ferme-or, inModern English, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling