Issn 2181-7200 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Keywords: Modified ring spinning method, compact system, torsion triangle


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1350239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2022 №6 Рахимбердиев М Р , Файзуллаев Ш Р , Бободжанов Х Т , Солохиддинов

Keywords: Modified ring spinning method, compact system, torsion triangle. 
 
Kirish. Yaqin vaqtgacha halqali yigirish usuli afzal yigirish texnologiyasi hisoblangan. Jadal 
texnologik rivojlanishga qaramay, mashina halqasi, yugurdagi va urchuq mexanizmi deyarli bir xil 
boʻlib qolgan edi. Bugungi kunda zamonaviy yigirish mashinalari ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
turli xil ishchi elementlarning konstruksiyasi yaxshilangan va halqa diametri 36 mm, naycha 
uzunligi 180 mm va urchuqning aylanish tezligi 25 000 min
–1
gacha optimal yigirish parametrlariga 
ega boʻlgan mashinalarni ishlab chiqishmoqda [1, 2]. 
Shulardan biri modifikatsiyalangan halqali yigirish usulining kompakt tizimi hisoblanadi. 
Kompaktlash tizimi – ip shakllanishida tolalarga buram berishdan oldin ularni parallel va bir-biriga 
juda yaqin holatda tekislashdan iboratdir. Bu barcha xususiyatlariga ega kompakt ipni 
beradi.Pishitish uchburchakning qisqarishi (deyarli yoʻq boʻlishi) tolalarning tartibga solishning 
natijasidir [3]. 
An’anaviy halqali yigirish tizimi pishitish uchburchagining chetidagi tolalarini ip asosiga 
toʻliq qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydi. Biroq, kompakt tizimida, choʻzish asbobining oldingi 
juftligidan chiqayotgan tolalar tutamchasi bir chiziqda zichlanadi [4]. 


МЕХАНИКА
110 Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, T.26, №6)
Kompakt tizimi dastlab ipning tukdorligini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan edi [5]. Bu 
halqali yigirish usulining katta yutugʻi boʻldi. Kompakt iplari bugun va kelajak iplari deb qat’iy 
aytish mumkin [6]. Biroq har qanday holatda ham kompakt yigirish tizimi pishitish uchburchagini 
qisqartirish, pishitish uchburchagidan chiqib ketgan va parallel boʻlmagan tolalar uchlarini 
birlashtirish, tashqi tolalarni haddan tashqari choʻzilmasdan birlashtirish, suzuvchi tolalarni nazorat 
ostiga olish [7], pishitish uchburchagini tugatishga qaratilgan (1-rasm) [8]. 
1-rasm 
choʻzish 
zonasida 
choʻzilayotgan 
tolalar 
tutamchasi 
hisoblanib, bu an’anaviy va kompakt 
yigiruv tizimlarida bir xil koʻrinishga ega, 
lekin an’anaviy halqali yigirish tizimi 
pishitish uchburchagi oʻlchami kompakt 
yigiruv 
tizimi 
pishitish 
uchburchagi 
oʻlchamidan katta boʻlishi koʻrsatilgan. 
Asosan “Rieter firmasining (K48)”, 
“Suessen” 
kompaniyasining 
“EliTe”, 
“Zinser” kompaniyasining “Impact FX 
(Air-Com-Tex)” 
kompakt 
yigirish 
mashinalari oʻrta va ingichka tolali shtapel 
tolalarini yigirishga moʻljallab ishlab chiqilmoqda. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling