Issn 2181-7200 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1350239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2022 №6 Рахимбердиев М Р , Файзуллаев Ш Р , Бободжанов Х Т , Солохиддинов

МЕХАНИКА
112 Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, T.26, №6)
valikni siqish chizigʻiga bevosita yaqin joyda boshlanadi va yetkazib berish chizigʻi hududida 
tugaydi. Bu profil trubasining ichki qismidagi panjarali qoplama orqali havo oqimi hosil qiladi. 
Shakllanayotgan ipdagi tolalarning siqilishi ushbu tirqishning chetidan boshlanadi. Bu soʻrish 
uyasining tashqi chetidan tolalar harakatlanib boradi va bir vaqtning oʻzida tolalar tutamchasining 
yon tomondagi tolalari buram olishni boshlaydi. Tezlikning vektor qoʻshilishi qonuniga koʻra, 
tolalar tutamchasining yon tomondagi tolalarning tezligi ortadi. 
Pastki oqim qirgʻoqi boʻylab harakatlanadigan tolalar tutami tezligining bunday oshishi 
tolalarni kamgina choʻzilishiga olib keladi. Tolalar tirqish qirgʻogʻini kesib oʻta olmaydi va 
tolalarni yaqinlashtiradi. Shunday qilib, tolalar tutamchasi mukammal parallel va bir-biriga yaqin 
boʻlgan tutamchaga aylanadi. Yetkazib beruvchi ustki valikning diametri oldingi ustki valikning 
diametriga nisbatan kattaroq boʻlishi tolalarni zichlash jarayonida uzunasiga taranglik hosil qiladi. 
Bu taranglik oqibatida egri tolalarni toʻgʻirlanishiga olib keladi. Zichlash tirqishi, ayniqsa, qisqa 
tolalarni qayta ishlashda tolalar oqimi yoʻnalishiga burchak ostida joylashtirilishi mumkin. Bu 
zichlash zonasida tolalar uchlarini ishlab chiqariladigan ipga yaxshi mahkamlanishini ta’minlaydi. 
Shuningdek, u tolalar tutamchasida koʻndalang kuch hosil qiladi, tola uchlari tolalar birikmasiga 
toʻliq kirgan boʻladi. 
Yaqinda “SUESSEN” tomonidan kompakt ip ishlab chiqarish uchun “EliTwist”ikki tirqishli 
kompakt tizimini taqdim etdi. 
Xulosalar. Yuqorida keltirilgan halqa yigirish usulida yigirish jarayonini modifikatsiya qilish 
orqali olingan iplarning sifat koʻratkichlarini yaxshilanganini koʻrishimiz mumkin. Halqali yigirish 
mashinasida amalga oshirilgan kichkina konstrukriv oʻzgarishlar yigirilgan ipning sifatini oshirib, 
kompakt ip raqobatbardosh bozor va iste’molchilar talablarini qondirdi. “Rieter firmasini (K48)”, 
“Suessen” kompaniyasining “EliTe” va “EliTwist”, “Zinser” kompaniyasining “Impact FX (Air-
Com-Tex)” kompakt yigirish mashinalarida ishlab chiqligan ipning pishiqligi va tukdorligi boʻyicha 
sifat koʻrsatkichlari an’anaviy halqali yigirish usulida ishlab chiqarilgan iplarning sifat 
koʻrsatkichlariga qaraganda 16% ga yaxshilangan. Bunga sabab pishitish uchburchagining 
oʻlchamlari va undagi tolalarning tarqalishi ipning tukdorligiga katta ta’sir koʻrsatishi aniqlangan va 
kompaktlash jarayoni tukdorlik miqdorini kamayishiga olib kelishi aniqlangan. 
Halqali usulda yigirilgan ipning pishitish uchburchagi chetidagi nazoratsiz tolalar 
shakllanayotgan ip asosiga toʻliq qoʻshilmasligi aniqlanib “Rieter (K48)” kompakt yigirish 
mashinalarida oʻrnatilgan kompaktlash qurilmalarida tutamcha chetidagi tolalar dastlab zichlanadi 
va kiyin buram olib ip shakllanadi. Bu kompaktlash qurilmasida ipni kompaktlash uchun koʻp 
energiya sarflanishi aytib oʻtilgan. 
“Zinser” kompaniyasining “Impact FX (Air-Com-Tex)” kompaktlash qurilmalari bilan 
jihozlangan kompakt yigirish mashinalarida ipni kompaktlash uchun kam energiya sarflanishiga 
kompaktlash qurilmasining teshikli tasma harakati yoʻnalishi boʻyicha tekis teshiklaridagini havoni 
yo’naltirish orqali erishilgan va oddiy halqali yigirish mashinasini qayta rekonstruksiya qilish uchun 
harajatlar kam sarfligi bilan ajralib turadi. 
“Suessen” kompaniyasining “EliTe” va “EliTwist” kompaktlash qurilmalari oʻrnatilgan 
kompakt yigirish mashinalarida pishitish uchburchagining uzunligi va kengligini minimal darajaga 
qisqaradi, kalta va uzun shtapel tolalardan yigirilgan iplarning tukdorlik miqdorini kamaytirishga 
qaratilgan. “EliTwist” kompaktlash qurilmasida tayyorlangan iplar koʻp jihatlari boʻyicha hattoki 
pishitilgan iplardan ham ustun turishi koʻrsatib oʻtilgan. Bu kelajakda toʻquv va trikotaj 
mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yangi assortimentdagi iplar tayyorlash imkonini beradi. 
Hozirda yuqorida keltirilgan kompaniyalarning kompaktlash qurilmalari ipning tukdorligini 
kamaytirish, pishiqligini oshirish, variatsiya koeffitsientini yaxshilanishiga qaratilgan. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling