Issn 2181-7200 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1350239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2022 №6 Рахимбердиев М Р , Файзуллаев Ш Р , Бободжанов Х Т , Солохиддинов

Nazariy tadqiqotlar. Hozirgi kunda kompakt yigirish tizimida uchta asosiy turi mavjud 
boʻlib bular pnevmatik, mexanikva magnet kompakt yigirish tizimimlari hisoblanadi. Mavjud 
kompakt yigiruv tizimlarining eng avfzali pnevmatik kompakt yigirish tizimi boʻlib ularning 
zichlovchi elementlari sifatida perfobaraban, perfosirtli etaklovchi yoki yoʻl yoʻl oʻyiqli panjarali 
zichlagichlar qullanilmoqda [9]. 
Hozirgi kunda eng koʻp qoʻllaniladigan yigirish usuli pnevmatik kompakt yigiruv boʻlib, unda 
salbiy bosimli havo oqimi tolalar toʻplamini zichlash va pishitish uchburchagini kamaytirish uchun 
ishlatiladi [10]. Koʻp hollarda pnevmatik tizimda soʻruvchi patrubka tirqishi ustiga joylashgan 
perfobaraban yoki yoʻl-yoʻl o’yiqli panjarali fartuklardan tashkil topgan boʻladi. 
Havo oqimi bilan tolalar tolali tutamchaning markaziga siljiydi va natijada ular zichlashadi. 
Biroq, bu usulni an’anaviy halqali yigiruv mashinasiga moslashtirish juda murakkab va qimmat. 
Shuningdek, bu usul yigirish jarayonida yuqori qoʻshimcha energiya sarflanishiga olib keladi. 
“Rieter” fermasining “K 48” kompakt yigiruv mashinasi tolalarni kondensatsiyalash zonasi 
bevosita ikki yetaklovchi 3 silindrli choʻzish asbobidan keyin keladi. Choʻzish asbobining pastki 
silindr oʻrniga majburiy uzatmali perfosirtli baraban (panjarali baraban) sirtida chiziqli teshiklari 
bor qurilmalar shu maqsadda qo’llaniladi (2-rasm). 
a) 
b) 
1-rasm. Halqali yigirish mashinasida olingan ipning(a) pishitish 
uchburchagi kompakt ip (b) ga nisbati. 
3-rasm.“Rieter” firmasining kompakt qurilmasivapishitish 
uchburchagi.
2-rasm. K 48 Rieter fermasining kompakt yigiruv 
mashinasining kompakt qurilmasi tuzilishi.


МЕХАНИКА
Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, T.26, №6) 111
Ushbu perfobaraban ichida vakuum hosil qilish mashinaning markaziy chiqarish blokiga
ulangan oʻzgarmas soʻruvchi tizimda oʻrnatilgan. Buning natijasida barabanning tashqi qismidan 
ichkariga havo oqimi harakatlanadi. Choʻzish asbobining chiqaruvchi juftligidan chiqayotgan 
tolalar tutamchasi shunday qilib perfobaraban yuzasida mahkam ushlab turiladi va barabanning 
aylanish tezligi bilan harakatlanadi. Keyingi ikkinchi yuqori valik ham barabanni bosadi. Oldingi 
valik va chiqaruvchi valik orasidagi maydon kondensatsiya (tolalarni to’gʻrilash, zichlash) zonasi 
hisoblanadi. Qoʻshimcha yuklash valigi buramaning kondensatsiya zonasiga tarqalishini oldini 
oladi. Perfobarabanda hosil boʻlgan vakuum natijasida havo oqimi aerodinamik kuchlar yordamida 
asosiy tortishdan keyin tolalar tutamchasinng yon atrofidagi tolalar kondensatsiya (tortilib 
zichlanadi) qiladi. Tolalar choʻzish asbobining chiqaruvchi juftligidan chiqib pishitish 
uchburchagining buram olish nuqtasigacha boʻlgan oraliqda toʻliq nazorat qilinadi (3-rasm). 
Pishitish uchburchagi shunchalik kichik boʻladiki, deyarli yoʻq boʻlib ketadi. Pishitish 
uchburchagidagi boʻlgan barcha tolalar yigʻiladi va ipga toʻliq birlashtiriladi. Yangi havo 
yoʻnaltiruvchi “Detect” elementi alohida yigirish joylariga havo oqimini nazorat qiladi (4-rasm). 
“Suessen” kompaniyasining “EliTe” kompakt tizimi.Ushbu tizimda tolalarni zichlash 
aerodinamik kuch orqali amalga oshiriladi. Choʻzish asbobining uzatib beruvchi pastki silindri 
perfobaraban bilan almashtiriladi. Perfobaraban ostida turgʻun assimilyatsiya tizimi vakuum hosil 
qiladi, bu esa barabanda havo oqimi hosil qiladi. Havoni yoʻnaltiruvchi element kondensatsiya 
jarayonida muhim rol oʻynaydi, chunki havoni yoʻnaltiruvchi element tomonidan boshqariladi va bu 
havo oqimi yigirilayotgan tolalarni zichlashtirishga yordam beradi. Yigirilayotgan tolaning bunday 
zichlanishi pishitish uchburchagining oʻlchamlarini sezilarli darajada kamaytiradi va shuning uchun 
pishitish uchburchagi bilan bogʻliq muammolarni kamaytiradi. Ushbu tizimda ishlab chiqarilgan ip 
“Rieter” tomonidan “COM4” ip deb nomlanadi. Bu yerda COM qulaylikni anglatadi va 4 quyida 
keltirilgan ipning toʻrtta asosiy afzalliklari tukdorlikni kamayishi, uzish kuchining uzayishi, 
chiqindining kam chiqishi va matodagi nafisligini bildiradi. 
“EliTe” kompakt tizimi taklif etayotgan turli shakldagi tirqishlar (uchburchak, tekis) yoʻgʻon 
va ingichka iplarni hisoblash orqali erishish mumkin boʻlgan ip sifatini optimallashtiradi. V 
shaklidagi tirqish “EliTwist” uchun ishlatiladi. 
Maxsus sirt qoplamasi “EliTube” va panjarali qoplama orasidagi ishqalanishni kamaytiradi va 
panjarali qoplamaning xizmat qilish muddatini uzaytirishga yordam beradi. 
Yangi “EliTube”, “5star®Tube”, “EliTe®CompactSet-L”qurilmalarini “EliTe” qurilmasi 
oʻrniga onson qayta jihozlanishi mumkin. Ideal holda, uni faqat “5star®Aprons” bilan birgalikda 
ishlatish kerak. 
Tizim salbiy bosimga ega trubkasimon profilli quvurdan iborat va panjarali fartuk qoplama 
bilan zich qoplangan. 
Kauchuk qoplamalar bilan jihozlangan yetkazib beruvchi ustki valik ichi boʻsh panjarali 
qoplama profilga bosadi va qoplama harakatga keltiradi, shu bilan birga yetkazib berish bosim hosil 
qiladi. Quvursimon profilda tolalar oqimi yoʻnalishi boʻyicha kichik tirqish mavjud boʻlib, u oldingi 
4-rasm. Havo yoʻnaltiruvchi “Detect” elementi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling