Issn 2181-9696 Doi Journal 10. 26739/2181-9696
Download 486.38 Kb. Pdf ko'rish
|
4419-Текст статьи-8856-1-10-20220421
Ключевые слова. Классификация Флинна, параллельные вычислительные машины,
цифровая обработка сигналов, параллелизм, многоядерный процессор, массовые параллельные системы, MPP Atrof-muhirni o’rab turgan dunyodan bizga yetib keluvchi barcha signallarni qayta ishlash masalasi doimo dolzarb bo’lib kelgan. Ayniqsa, signallarga raqamli ishlov berish masalasi 1940- yillardan keyin yanada dolzarblashgan. Buning asosiy sababi esa miya faoliyatini o’rganish, inson tanasida doimiy ravishda hoail bo’lib turadigan juda kichik miqdordagi elektr signallarini qayd etish va o’rganish talabidir. Bu borada hisoblash mashinalarining o’rni beqiyos ekanligini ta’kidlagan holda[1], ular yordamida qayta ishlanadigan signallarni va sifatini oshirishga asosiy diqqatni qaratgan holda, dastlab hisoblash mashinalarining arxitekturasi, ma’lumotlarni qayta ishlashga bo’lgan tashkiliy yondashuvlar haqida to’xtalib o’tish joizdir. Hisoblash mashinalarining arxitekturasini tasniflashning birinchi taklif etilgani va eng mashxuri 1966 yilda M. Flinn tomonidan taklif etilganidir. Bu tasniflash potok tushunchasiga asoslanadi. Potok – MP tomonidan qayta ishlanadigan ma’lumotlar, komandalar yoki elementlarning ketma-ketligidir. Komandalar potoki soni va ma’lumotlar potoki soniga ko’ra Flinn arxitekturani 4 ta sinfga ajratishni taklif etadi. 1) SISD (Single Instruction stream/Single Data stream) – bitta komandalar potoki va bitta ma’lumotlar potoki. Bu sinfga klassic klassik ketma-ket ishlovchi mashinalar misol bo’ladi, boshqacha aytganda fon-Neyman mashinalari. PDP-11 yoki VAX 11/780 kabi. Bunday mashinalarda faqat bitta komanda potoki mavjud bo’lib, barcha komandalar ketma-ket bajariladi va har bir komanda potok bilan bitta operatsiya bajaradi. Hisoblash tezligini oshirish uchun konveyerli tizim ishlatilishi ham shu tizimga kiradi, chunki bunda ham komandalar ketma-ket bajariladi. 2) SIMD – (Single Instruction stream/Multiple Data stream) bir potok komanda va ko’p potok ma’lumotlar. Bu arxitekturada yagona potokli komanda tizimi saqlanib qolgan, faqat SIMD dan farqli ravishda vektorli komandalar qo’shilgan. Vektorli komandalar esa bitta arifmetik amalni vektorning elementlari ustida (boshqacha aytganda ko’plab ma’lumotlar bilan) bajaradi. vektorli amallarni qanday bajarilishini tashkil qilinishi ahamiyatsiz – u MP matritsasi shaklida (ILLIAC-IV kabi) yoki konveyer shaklida bajarilishi mumkin (CRAY-1 kabi) 3) MISD – (Multiple Instruction stream/Single Data stream) ko’p potok komanda va bir potok ma’lumotlar. Bunda bitta masalani hal qilish bilan shug’ullanadigan ko’p protsessorli arxitekturalar tushuniladi. Hozirgacha aynan bir hisoblash mashinasini bu texnologiyaga tegishli deb qat’iy xulosa qilinmagan. Ba’zi kuzatuvchilar konveyerli mashinalarni shu turga kiritish mumkin deb hisoblashadi, lekin bu ilmiy tarafdan asoslanmaganligi sababli bunday tipdagi mashinalar amaliyotda mavjud emas deb hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling