Issn 2181-9696 Doi Journal 10. 26739/2181-9696


Ommaviy parallel tizimlar


Download 486.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana14.12.2022
Hajmi486.38 Kb.
#1004112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4419-Текст статьи-8856-1-10-20220421

Ommaviy parallel tizimlar. 
MPP – Massive Parallel Processing – bular MIMD tipli “mayda” parallellikka asoslangan 
tizimlardir. Bunday tizimlarda bir necha yuzlagan, minglagan MP lar maxsus mashinalar boshqaruvi 
ostida ishlaydi. Bu mashinalar masalalarni mashinalarga taqsimlaydi, ularning o’zaro muloqotini va 
ma’lumot almashinishini nazorat qiladi. Har bir MP oddiy yoki past unumdorlikli bo’lishi mumkin. 
Bunday tipdagi birinchi mashina CM-1 (Connection Machines-1) bo’lib, 1 bitli AMQ lardan tuzilgan 
va 32 bitli qo’shish amali 24 mks (mikrosekund) da bajarilgan. AMQlar MP ga birlashgan, bitta MP 
ning unumdorligi 2 MIPS ga teng. MP lar soni 64 mingtaga yetgan, ular 4 ta blokka bo’lingan, har 
bir blok boshqa bloklar bilan ma’lumot almashishni ta’minlovchi mashina tomonidan nazorat 
qilingan, butun tizimni esa yuqori darajali komandalar potokini mashina tiliga translyatsiya qiluvchi 
mashina boshqargan. Bunday bitta mashina 2 mln tagacha MP lar ishini nazorat qila olgan. CM-1 
mashinasi 100Gflops unumdorlikka ega bo’lsa (1984-yil!), CM-5 esa 256 ming MP bilan 1Tflops 
unumdorlikni bergan(1991!)[7]. 
Bunday tizimlarda hisoblashlar unumdorligini oshirishda (umuman barcha parallel hisoblash 
tizimlarida) MP lar orasida axborot almashishni tashkil qilish jarayoni hall qiluvchi ahamiyatga ega. 
Bu yerda alohida shuni ta’kidlash lozimki, masalni qismlarga bo’lishdagi “yiriklik darajasi” 
hisoblashlarni bajarishga va MP lar orasidagi bog’lanishni tashkil qilishga ketadigan iqtisodiy hisob-
kitoblardan kelib chiqadi. Ba’zi hollarda yuqori daradagi “maydalik”ni talab etuvchi yuqori 
darajadagi parallellik bunday “maydalik” ni tashkil etishdagi ko’pxarajatlilik bilan nizolashadi 
(конфликт), chunki MP lar orasidagi bog’lanishlar ko’payib ketadi. Bunday vaziyatda “yirik” lahgan 
texnologiyani qo’llash iqtisodiy muvofiqroq hisoblanadi. 
 
 



Download 486.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling