Issn 2181-9696 Doi Journal 10. 26739/2181-9696


Download 486.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana14.12.2022
Hajmi486.38 Kb.
#1004112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4419-Текст статьи-8856-1-10-20220421

 
 
№1 | 2022 
12 
4) MIMD(Multiple Instruction stream/Multiple Data stream) ko’p potokli komandalar va ko’p 
potokli ma’lumotlar. Bu sinfdagi mashinalarda ma’lumotlarni qayta ishlovchi bir necha qurilmalar 
mavjud va har bir qurilma o’zining komandalari bilan o’ziga tegishli ma’lumotlarni parallel ravishda 
bajaradi. 
SISD tipli mashinalarga bir protsessorli ketma-ket mashinalar kiradi dedik, masalan VAX 
11/780. Ba’zi izlanuvchilar bu tipli mashinalarga CRAY-1 kabi vektorli mashinalarni ham taalluqli 
deb hisoblaydilar,chunki vektorli-konveyerli mashinalarda vektorni bitta komanda uchun bo’linmas 
birlik deb qarash mumkin. Bu aniq ilmiy tasdiqlangan emas, shu sababli SIMDning aniq vakillari 
deb ILLIAC IV va boshqalarni bemalol aytish mumkin. Bunday mashinalarda bitta boshqarish 
qurilmasi ko’plab MP larni ishini boshqaradi. Har bir MP har bir joriy vaqtda boshqarish qurilmasidan 
bitta komandano oladi va o’zidagi ma’lumotlarga nisbatan ishlatadi. Klassik (klassika-namuna) 
protsessor matritsalari uchun qo’shimcha talablar qo’yilmaydi, lekin, ishlash prinsipiga ko’ra bu 
sinfga CRAY-1 kabi vektorli-konveyerli mashinalarni ham kiritish mumkin. Bunday xolda 
vektorning har bir elementini ma’lumotlar potokining alohida elementi sifatida qarash kerak bo’ladi. 
MIMD sinfi esa ancha keng tarqalgan hisoblanadi, chunki keng tarqalgan Cm*, C.mmp, CRAY Y-
MP, Denelcor HEP, Intel Paragon, CRAYT3D kabi multiprotsessorli tizimlar asosiga qurilgan 
bo’ladi. Agar konveyerli qayta ishlashni komandalar potikini qayta ishlash deb hisoblanadigan bo’lsa, 
(konveyer darajalari amallari) yuqoridagi barcha vektor-konveyerli mashinalarni ushbu sinfga 
tegishli deb hisoblash mumkin bo’ladi.
Ushbu taklif qilingan klassifikatsiya sxemasi keng qo’llaniladi. Bunda kompyuterning 
dastlabki xarakteristikalariga qaraladi. Agar kompyuter SIMD yoki MIMD sinfli deyilsa, uning 
ishlash prinsipi shu jumla bilan tushunarli bo’ladi. Bu sxemaning kamchiliklar ham mavjud. Masalan, 
ko’p amaliyotda ishlatiladigan alohida arxitekturalar, misol uchun dataflow yoki vektorli-konveyerli 
mashinalar bunday klassifikatsiyaning qaysi turiga mansubligi aniq ma’lum emas. Yana bir 
kamchiligi MIMD sinfining haddan tashqari ko’pligi. Bu sinfni yanada aniqroq tasniflovchi boshqa 
sxemaga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. Masalan, protsessorlar soni, tabiati, ular orasidagi munosabat 
topologiyasi, xotirani tashkil qilinishi, dasturlashtirish texnologiyasi kabi ko’rsatkichlar bo’yicha 
alohida sinflar tashkil qilish mumkin. 
MISD kabi (hozircha) bo’sh sinfning mavjudligi esa sxemaning kamchiligi deb qaralmasligi 
lozim. Ba’zi izlanivchilarning fikriga ko’ra bunday sinflar hisoblash mashinalarini qurishda yangi 
konsepsiyalar ishlab chiqishda foydali bo’ladi. 

Download 486.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling