Issn 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. №2-1 (113)
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
o-quvchilarda-ekologik-mas-uliyat-va-madaniyatni-shakllantirish-ushullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113) __________________________________________________________________________________ 123 UDC 378 O. Boltayev, Sh. Pardaboyev O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH USHULLARI. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri bu tabiat boyliklarini kelgusi avlodga tabiiy holatda yetkazib berishdan iborat. Bu muammoni hal etishning eng samarali usullardan biri o’sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni sevuvchi va ekalogik madaniyatli shahs qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarning yechimi bevosita boshlang’ich sinflarda o’rga- niladigan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam fani bilan chanbarchas bog’liqdir. Kalit so’zlar: Ekalogiya, ekalogik madaniyat, tabiat, ekolgik ma’sul- yat, tabiiy resrus, tabiiy muhit, tabiat omillari, ekologik madaniyatli shaxs, ekologik tarbiya omillari, tabiatshunoslik, artofimizdagi olam. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdan 100 shartli birlikda xomashyo oladi, lekin olingan xomashyoning 3- 4 qismidan foydalanadi xolos, qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar ko’rinishida atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga o’rtacha 30 tonna modda tabiatdan olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5% istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun ham xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga olib keldiki, birinchi- dan biosferaning xarakat qilish jarayonlari jadallashadi, ikkinchidan biosferada materiya va energiyaning yangi ko’rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko'rinishda bo'lmaydi, uchinchidan tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi yo'nalishdagi harakterga ega bo’lib bormoqda. Jamiyatning tabiat bilan munosaba- tlaridagi uyg’unlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi muammolarni qo'yaversa, bora-bora insonlarning ham tabiatda yashashi qiyinlashib boraveradi. Hozir atrof muhitga salbiy ta'sir o'tkazishning asosiy yo'nalishlari - bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori suratlarda o'sishi, moddiy iste'molning yuqori darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum bo'lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o'ziga xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bo’lgan genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari bo'lmagan kimyoviy modda- lar massasini ko’payishidan avj oladigan zaharlanish allergik kasalliklari shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof muhit aholining sog'lig'ini va umuman insoniyat rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o'ynadi. Bu esa unga to’g’ri va oqilona munosabatda bo’lishni qatiy talab qiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri bu tabi- atni tabiiy holda saqlab qolishdir. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyalarining nomukammalligi, insonlarning tabiatga nisbatan iste’molchilik ehtiyojining ortishi - bularning barchasi jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining bosh sababidir. Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazish kuchi shu darajaga borib yetdiki, natijada ular o’rtasidagi o’zaro uyg’unlikka putur yetib, tabiiy muvoza- natning buzilishiga olib keldi. Bu vazifani hal qilishdagi eng asosiy omillardan biri bu o'sib kelayotgan yosh av- lodni ekalogik madaniyatli va ma`sulyatli qilib tarbiyalashdir. O`quvchilarda ekologik ma`suliyat va madaniyatni shakillantirib borish jamiatda xuddi shu masalalarni yuqori darajada amalga oshirishga bog`liqdir. O`quvchilarning ekologik tarbiyasi va tabiatdan oqilona foydalana olish to`g`risidagi bilim darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, tabiat qonunlarini yaxshi bilsa, ana shundagina tabiatdan foydalanaolish madaniyati va ma’suliyati ham shu qadar yuqori bo’ladi. Bunday ishlarni amalga oshirish va bunga erishishda ko’proq ma'sulyat pedagog o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Biz pedagoglar o'tilayotgan darslarimizda o’quvchilar ongida tabiat, tabiat mavjudodlari, inson va tabiat aloqasi, qolaversa ekologiya va uning maqsad vazi- falari haqida tushunchalarni shakilantirib borishimiz lozim. Ekologik tarbiyaning maqsadi inson va tabiat, inson va atrof muhit o’zaro uyg’unligikda ekologiyani an- glatish va o’quvchilarda ekologik ma’suliyat va ma’naviyatni shakllantirish demakdir. Bu tabiatga ilmiy asoslangan ta’sir orqali namayon bo’ladi. Buni amalga oshirish esa o’qituvchilar oldiga qo’yilgan katta masalalar- dan biri bo’lib maktab va xalq ta’limining barcha tizimi, yosh avlodni tarbiyalash an’anasiga bizdan, tabiat ino- midan to’liq foydalanish kerak “Biz tabiatdan hayr-ehson kutib o’tirmaymiz, uni o’zimizga bo’ysindirmaymiz” degan g’oyalardan voz kechishni, tabiatni himoya qilish va tabiat inomlaridan avaylab unga ziyon yetkazmasdan foydalanishni taqoza etadi. Shunday ekan maktab sharoitida ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini © Boltayev O., Pardaboyev Sh., 2021. ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113) Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling