Issn 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. №2-1 (113)


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1367968
  1   2   3
Bog'liq
o-quvchilarda-ekologik-mas-uliyat-va-madaniyatni-shakllantirish-ushullari



ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113) 
__________________________________________________________________________________ 
 
123 
UDC 378 
O. Boltayev, Sh. Pardaboyev 

 
 
O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA MADANIYATNI 
SHAKLLANTIRISH USHULLARI
 
Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri bu 
tabiat boyliklarini kelgusi avlodga tabiiy holatda yetkazib berishdan iborat. Bu 
muammoni hal etishning eng samarali usullardan biri o’sib kelayotgan yosh 
avlodni tabiatni sevuvchi va ekalogik madaniyatli shahs qilib tarbiyalashdan 
iboratdir. Bu vazifalarning yechimi bevosita boshlang’ich sinflarda o’rga-
niladigan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam fani bilan chanbarchas 
bog’liqdir. 
 
Kalit so’zlar: Ekalogiya, ekalogik madaniyat, tabiat, ekolgik ma’sul-
yat, tabiiy resrus, tabiiy muhit, tabiat omillari, ekologik madaniyatli shaxs, 
ekologik tarbiya omillari, tabiatshunoslik, artofimizdagi olam.
 
Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdan 100 shartli birlikda xomashyo oladi, lekin olingan xomashyoning 3-
4 qismidan foydalanadi xolos, qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar ko’rinishida atrof-muhitga chiqarib 
tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga o’rtacha 30 tonna modda 
tabiatdan olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5% istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa 
ko’pincha tabiat uchun ham xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga olib keldiki, birinchi-
dan biosferaning xarakat qilish jarayonlari jadallashadi, ikkinchidan biosferada materiya va energiyaning 
yangi ko’rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko'rinishda bo'lmaydi, uchinchidan tabiat kuchlari va 
qonuniyatlari tobora yangi yo'nalishdagi harakterga ega bo’lib bormoqda. Jamiyatning tabiat bilan munosaba-
tlaridagi uyg’unlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi muammolarni qo'yaversa, bora-bora insonlarning 
ham tabiatda yashashi qiyinlashib boraveradi. Hozir atrof muhitga salbiy ta'sir o'tkazishning asosiy yo'nalishlari - 
bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori suratlarda o'sishi, moddiy iste'molning yuqori 
darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum bo'lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi 
va aniqlandi, o'ziga xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bo’lgan 
genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari bo'lmagan kimyoviy modda-
lar massasini ko’payishidan avj oladigan zaharlanish allergik kasalliklari shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof 
muhit aholining sog'lig'ini va umuman insoniyat rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o'ynadi. Bu esa 
unga to’g’ri va oqilona munosabatda bo’lishni qatiy talab qiladi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri bu tabi-
atni tabiiy holda saqlab qolishdir. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyalarining 
nomukammalligi, insonlarning tabiatga nisbatan iste’molchilik ehtiyojining ortishi - bularning barchasi jamiyat 
bilan tabiatning o’zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining bosh sababidir. Jamiyatning tabiatga ta’sir 
o’tkazish kuchi shu darajaga borib yetdiki, natijada ular o’rtasidagi o’zaro uyg’unlikka putur yetib, tabiiy muvoza-
natning buzilishiga olib keldi. Bu vazifani hal qilishdagi eng asosiy omillardan biri bu o'sib kelayotgan yosh av-
lodni ekalogik madaniyatli va ma`sulyatli qilib tarbiyalashdir.
O`quvchilarda ekologik ma`suliyat va madaniyatni shakillantirib borish jamiatda xuddi shu masalalarni 
yuqori darajada amalga oshirishga bog`liqdir. O`quvchilarning ekologik tarbiyasi va tabiatdan oqilona foydalana 
olish to`g`risidagi bilim darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, tabiat qonunlarini yaxshi bilsa, ana shundagina tabiatdan 
foydalanaolish madaniyati va ma’suliyati ham shu qadar yuqori bo’ladi. Bunday ishlarni amalga oshirish va bunga 
erishishda ko’proq ma'sulyat pedagog o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Biz pedagoglar o'tilayotgan darslarimizda 
o’quvchilar ongida tabiat, tabiat mavjudodlari, inson va tabiat aloqasi, qolaversa ekologiya va uning maqsad vazi-
falari haqida tushunchalarni shakilantirib borishimiz lozim. 
Ekologik tarbiyaning maqsadi inson va tabiat, inson va atrof muhit o’zaro uyg’unligikda ekologiyani an-
glatish va o’quvchilarda ekologik ma’suliyat va ma’naviyatni shakllantirish demakdir. Bu tabiatga ilmiy 
asoslangan ta’sir orqali namayon bo’ladi. Buni amalga oshirish esa o’qituvchilar oldiga qo’yilgan katta masalalar-
dan biri bo’lib maktab va xalq ta’limining barcha tizimi, yosh avlodni tarbiyalash an’anasiga bizdan, tabiat ino-
midan to’liq foydalanish kerak “Biz tabiatdan hayr-ehson kutib o’tirmaymiz, uni o’zimizga bo’ysindirmaymiz” 
degan g’oyalardan voz kechishni, tabiatni himoya qilish va tabiat inomlaridan avaylab unga ziyon yetkazmasdan 
foydalanishni taqoza etadi. Shunday ekan maktab sharoitida ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini 
© Boltayev O., Pardaboyev Sh., 2021. 


ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113) 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling