Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
Men shu erda to`xtashim kerakligini his qildim, lekin undan, nazoratdagi tentaklik
uning hamma hatti-harakatlari hech qachon chmn dildan bo`lmasligi va faqat akterning harakatlaridangina iborat ekanligini bilidiradimi – deb so`radim. - Mening hatti-harakatlarim hammasi chin dildan, lekin ular faqt akterning harakatlaridir. - Unda sizning hamma harakatlaringiz nazoratdagi tentaklikdan iborat ekanda? – deb so`radim men hayron qolib. - Ha, hammasi. - Lekin sizning barcha hatti-harakatlaringiz faqat nazoratdagi tentaklik bo`lishi mumkin emasku. - Nima mumkin emas ekan? - U holda siz uchun hech kim va hech nima ahamiyatga ega emas bo`lardi. Masalan, meni olaylik. Sizningcha mening bilim odami bo`lishim yoki bo`lmasligim, tirik qolamanmi yoki o`lamanmi, yoki boshqa biror ish qilamanmi baribir ekanda? - To`ppa to`g`ri, bularning menga ahamiyati yo`q. Sen xuddi Lyusio yoki mening hayotimdagi boshqa kishilar kabi faqat mening nazoratdagi tentakligimsan holos. Men ichim bo`m-bo`sh bo`lib qolganligini his qildim. - Biz har xil narsalar haqida gaplashyapmiz shekilli – dedim men. – Men o`zimni misol keltirmasligim kerak edi. Bu dunyoda siz uchun nazoratdagi tentaklik bo`lmagan va siz uchun ahamiyatli bo`lgan biror narsa bo`lishi kerakku. Agar hech narsaning ahamiyati bo`lmasa yashashning iloji ham qolmaydiku. - Bu faqat senga taaluqli. Narsalar sen uchun ahamiyatlidir. Sen mendan mening nazoratdagi tentakligim haqida so`rading va men o`zimga va boshqalarga nisbatan qiladigan ishlarimning hammasi nazoratdagi tentaklik ekanligini va hech narsaning ahamiyati yo`qligini aytdim - Men aytmoqchimanki, don Xuan, agar hech narsaning ahamiyati bo`lmasa, qanday qilib yashaysiz... Men haqiqatan ham sizning nimani nazarda tutganligingizni bilmoqchiman. - Buni tushuntirib berish ham qiyin. Sening hayotingdagi ayrim narsalar sen uchun ahamiyatlidir, chunki ular sen uchun muhim. Sening hatti-harakatlarining sen uchun muhim, lekin men uchun hech narsa boshqasidan ustun emas, o`zimning harakatlarim ham, boshqalarning harakatlari ham. Lekin shunga qarmasdan men yashashda davom etyapman. Chunki men o`z irodamga egaman. O`z hayotim davomida men uni shu darajada sozladimki, endi u o`tkir va kuchlidir. Mening irodam hayotimning tentakligini nazorat qilib turadi... Men unga odamlarning ayrim harakatlari juda muhimligi va masalan, agar yadro urushi bo`lsa bu hamma yoqni vayron qilishini, yer yuzasidagi barchaning qirilib ketishi esa men uchun normal holat emasligini aytdim. - Sen bunga faqat o`ylayotganliging uchun ishonasan. Sen hayot haqida o`ylaysan, lekin ko`rmaysan. Odam to`g`ri ko`rishni o`rgansa faqat tentaklikdan iborat bu dunyoda yakka o`zi qolganligini ko`radi. Sening harakatlaring xuddi boshqalarning harakatlari kabi senga muhim bo`lib ko`rinadi, chunki sen ular muhim ekanligini o`ylaysan va ishonasan. Biz hamma narsalar haqida o`ylaymiz va keyin esa ko`zlarimizni ko`rayotgan narsalarimiz hayolimizdagiday ekanligini ko`rishga o`rgatamiz. Biz o`zimizga qaraymiz va muhim ekanligimizni o`ylaymiz. Shunday qilib biz o`zimiz muhim odam ekanligimizni his qilamiz. Odam to`g`rt ko`rishni o`rgangandan keyin ko`rayotgan narsalri haqida o`ylay olmasligini tushunadi. U ko`rayotgan narsasi haqida o`ylamas ekan, demak Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling