Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
hamma narsa muhimligini yo`qotadi...
Don Xuam mening hayronligimni ko`rib uning aytganlarini yaxshilab tushunib olishim uchun bu gaplarini yana uch marta qaytardi. Uning aytganlari men uchun bekorchi gapday edi. Keyinchalik ular haqida o`ylab ko`rib, bu gaplar bizning tasavvurimizning bir tomonini tashkil qilishini tushundim. - Don Xuan, siz aytmoqchisizki, agar odam to`g`ri ko`rishni o`rgansa, butun dunyodagi hamma narsalar o`z ahamiyatni yo`qotadimi? - Men ahamiyatini yo`qotadi demadim. Men muhim bo`lmay qoladi dedim. Hamma narsa teng va shuning uchun ham muhim emas. Maslan mening harakatlarim senikidan muhiroq emas, biror narsa ikkinchisidan ustun emas. Shuning uchun hamma narsalar teng. Ularning hammasi teng bo`lganligi sababli ularning hech biri muhim emas. Sen hozirgacha harakat odami harakatlar bilan yashashini va harakatlar haqida o`ylamasligini bilishing kerak. U harakatni amalga oshirganidan keyin nima qilishi haqida o`ylamasligi kerak. Bilim odami yo`lni yuragi yordamida tanlaydi va undan yuradi. U hammasini ko`radi va xursandchilik qiladi, ko`radi va biladi. U o`zining hayoti juda tez tugashini biladi. Shuningdek u boshqalar ham hech qaerga ketmayotganligini biladi. U ko`radi va biror narsa boshqasidan muhimroq emasligini biladi. Boshqacha aytganda, bilim odami shon-sharaf, buyuklik, oila, ism, mamlakat kabi narsalarga ega bo`lmaydi. Uning faqat yashash uchun umri bo`ladi. Bunday holatda uni boshqa odamlar bilan faqat uning nazoratdagi tentakligi bog`lab turadi. Shunday qilib, bilim odami ham boshqalarga o`xshab harakat qiladi, ishlaydi, terga pishadi. Unga chetdan qarasang uning boshqalardan farqini ko`rmaysan. Uning boshqalardan faqat bitta farqi bor. U ham bo`lsa uning hayotiy tentakligi uning nazorati ostidaligidir. Biror narsa boshqasiga nisbatan muhim emasligini bilgan holda u biror harakatni tanlaydi va uni xuddi bu uning uchun muhimday amalga oshiradi. Uning nazoratdagi tentakligi bu harakatlarning muhim ekanligini aytishiga va bu huddi muhimday harakat qilishiga sabab bo`ladi. Shu bilan birga u bunday emasligini juda yaxshi biladi. Tanlangan harakatni amalga oshirganidan keyin u tinchgina bir chekkaga chiqadi va uni bu ish yaxshimidi yoki yomonmidi, natija berdimi yoki yo`qmi degan hayollar qiynamaydi. Ikkinchi tomondan u passiv bo`lishni ham tanlashi mumkin va bunda ham u passiv bo`lish juda muhimday tutadi o`zini. Bunda ham u samimiy bo`ladi, chunki bu uning nazoratdagi tentakligidir... Bilim odami g`alaba qozonish va mag`lubiyatga uchrash bir narsa ekanligini biladi. Men senga sen ham boshqalar bilan bir xil ekanligingni aytganimdan keyin mendan qo`rqa boshlading. Sen bolalikka tushib qolyapsan. Xuddi boshqalar kabi bizning ham taqdirimiz o`qishga va bilim olishga xuddi jangga borgandek borishdir. Men buni senga juda ko`p aytganman... Men uchun g`alaba ham, mag`lubiyat ham, bo`shliq ham yo`q. Hammasi ustigacha to`lgan va mening jangim bunga arziydi. Bilim odami bo`lish uchun jangchi bo`lish kerak, yig`loqi bola emas. Sen to to`g`ri ko`rishni o`rganish va undan keyin hamma narsa bir xil muhimlikka ega ekanligini ko`rguningcha jang qilishing kerak. Bu parcha sizga nazoratdagi tentaklikning ma`nosini tushunib olishingizga va unga sozlanishingizga yordam bergan bo`lishi kerak. Chunki men bundan yaxshiroq qilib tushuntirib bera olmagan bo`lar edim. Yuqoridagilarning hammasini to`g`ri ma`noda tushunish ham yaramaydi. Chunki u yerdagi gaplar majoziy ma`noda berilgan. Biror narsaga yoki maqsadga intilayotgan odam oxir-oqibatda bu narsa uchun shuncha harakat qilishning keragi yo`qligini va maqsadi unga dastlab berilgan ahamiyatga arzimasligini tushunib yetadi. Bu hayotimizning hamma sohalari uchun to`g`ridir. Bernard Shou aytganiday, bu dunyoda ikkita fojia bor – bu maqsadga yeta olmaslik va maqsadga yetish. Sizga hech qachon o`z hayotingizda va boshqalarning hayotida ro`y berayotgan voqea, hodisalar biror ma`noga ega emasday bo`lib tuyulmaganmi? Biror narsaning ketidan quvib yurishingiz ahmoqlik bo`lib ko`rinmaganmi? Hamma narsa bir xil bahoga ega bo`lgan dunyoda nima ahamiyatliroq bo`lishi mumkin. O`z oldingizga maqsad qo`yayotganingizda men sizga quyidagi sabollarga javob berib, maqsadingizni oydinlashtirib olishingizni maslahat beraman. Magazinga kirsangizu, u yerdagi barcha mahsulotlarning bahosi bir xil bo`lsa, nimalarni olgan bo`lar edingiz. Maslan qoshiq va avtomobil bir xil narxda bo`lsa. Albatta birinchi martasida avtomobilni olgan bo`lar edingiz. Lekin bu sizning magazinga 1001 marta kirishingiz. Yoki hamma narsa sizga tekinga taklif qilinyapti. Nimalarni olgan bo`lar edingiz? Endi yana mavzuga qaytsak. Voz kechish usulidan foydalanish sizga juda katta ustunlik beradi. Hamma narsaga bir xilda qaraydigan kishi oddiy odamlar qila olmaydigan ishlarni bajarishga qodir bo`ladi. Chunki boshqalar o`ziga ishonmasligi va psixologik chegaralanishlari tufayli qila oladigan ishlarini ham qilishmaydi. Nazoratdagi tentaklik texnikasi tufayli kishi sharttakiroq, tavakkalchiroq, omadliroq va muvaffaqiyatliroq bo`ladi. Yutish yoki yutqizishi tashvishlantirmaydigan odam albatta yutuq egasi bo`ladi. Bu odamni qat`iyatli qiladi. Chunki u hech narsa qilmaslik va biror mushkul ishni qilish ikallasi bir xil narsa ekanligini biladi. Shunday ekan oxirigacha kurashish mumkin va shart. Agar atrofingizga yaxshilab razm solsangiz, birorta ham ahamiyatga ega bo`lgan va boshqasidan ustun bo`lgan narsa yoki voqeani ko`rmaysiz. Faqat sizning o`zingiz ularning ayrimlarini alohida ajratib, ularni muhim deb hisoblashga moyilsiz. Faqat sizning hatti-harakatlaringiz va sizning ularga beradigan bahoingizgina mavjud. Boshqa hech narsa yo`q. Hamma narsaning ma`nosini faqat o`zingiz belgilaysiz va bu bergan bahoingiz bo`yicha yana o`zingiz harakat qilasiz. Endi bo`lsa sizning hatti-harakatlaringiz va ularning ma`nosini o`z xohishingizcha o`zgartira olishingizni anglashga harakat qiling. Siz bu ishga qodirmisiz? Siz hech qachon o`zingizga odat bo`lmagan biror ishni qilganmisiz? Bu vaqtda o`zingizni qanday his qilgansiz? Albatta, har kim o`zini har xil his qiladi. Kimgadir bu yoqadi, yana kimdir o`zini noquday his qiladi. Mening o`zim ham shunday bo`laman. Men doimo ishga bitta yo`ldan borib kelaman. Bir kuni yo`lda boshqa bir tashkilotga kirib-chiqishga to`g`ri keldi va boshqa yo`ldan borib, oldin o`zim mo`ljallagan ishimni bitkazib, keyin ishga boraman deb o`yladim. Keyin nima bo`ldi bilasizmi? Ishxonaga kirayotganimdagina men yana o`sha eski yo`ldan yurganim va qilmoqchi bo`lgan ishimni unutganimni angladim. Bu meni qiziqtirib qo`ydi. Nimaga shunday bo`ldi? Keyin ham bir necha marta tajriba qilib ko`rdim. Ko`pchilik hollarda agar biz o`zimiz bilgan ishni qilishimiz mumkin bo`lsa, aynan o`sha o`zimiz bilgan va odatlangan ishimizni albatta qilar ekanmiz. Buning natijasida aqlimiz qotib qoladi, inertlashadi, faqat stereotip axborot bilan ishlashga moslashadi. Bu esa insonni barcha xohishlari amalga oshishi uchun kerak bo`ladigan ichki energiyadan mahrum qiladi. O`zingiz o`rganib qolgan stereotiplardan qutulish uchun bo`lsa, o`rgangan narsalaringizni sal boshqacharoq qilib bajarishga harakat qiling. Maslan ishga har kuni boshqa yo`l bilan borib-kelish, doimiy o`zingizni tutishingizni o`zgartirish, o`z ichki hissiyotlaringizni hammaga ko`rsatish va boshqalar. Bunda, ayniqsa, har xil axmoqona taomillarni o`ylab topish va bajarish sizga katta kuch beradi. Lekin bir shart bilan, siz bu taomillarga ishonishingiz kerak. Masalan, mening bitta tanishim omadi kelishi uchun pichog`ini o`tkirlaydi. Pichoq o`tkirlash bilan ishning yurishib ketishi orasida qanday bog`liqlik bor deb o`ylaysiz? Albatta ko`pchilik bunday bog`liqlikni topa olmaydi. Boshqa bir tanishimning omad chaqirish yo`li esa salgina odamlar tushunadigan usulda. U ishi yurishishi uchun ko`chadagi tilanchilarga pul ulashadi. Hatto shu yo`l bilan bir qancha muammolardan qutulib qolganiga guvoh bo`lganman. Bunday nazoratdagi tentakliklarning turli variantlarini o`ylab topish mumkin. Bularga biror fraza yoki duoni qaytarish, biror harakatlar qilish, o`zingiz sehrli deb bilgan biror predmetdan foydalanishni kiritish mumkin. Albatta, ko`pchilik nazoratdagi tentaklik usuli ahmoqona va ma`nosiz deb bilishi mumkin. Agar shunday o`ylayotgan bo`lsangiz, to`g`ri o`ylayapsiz. Buning umuman ma`nosi yo`q. Ikkinchidan bo`lsa uning kuchi aynan mana shu ma`nosizligida va axmoqonaligidadir. U mana shu ahmoqonaligi tufayli ham yaxshi samara beradi! Odamlar nimaga har xil folbinlar, ko`zboylag`ichlar, afsungarlarga ishonishadi? Ularning o`tkazadigan marosimlari va harakatlarida qandaydir sirlilik bor. Endi sizga hech qanday afsungaru, folbinlarning keragi bo`lmaydi. Chunki sizning o`zingiz ularnikidan qolishmaydigan taomil va rasm-rusumlarni o`ylab topishingiz mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda diniy ma`rosimlarda biror ma`no bormi, yoki hayotning o`zidan qanday ma`no topgansiz? Hayot – bu bizning u haqdagi fikrlarimizdir. Buni esdan chiqarmang! Shunday qilib, nazoratdagi tentaklik usuli – bu ahmoqona ishlarni bajarishdan iboratdir. Bu siz ishonadigan ahmoqlikdir. Uni sizning o`zingiz o`ylab topasiz va bu sizning ishlaringizning oldidan kelishida yordam berishi uchun amalga oshirasiz. Buning aynan shunday bo`lishini hayot ko`rsatib turibdi. Agar siz ma`nosiz va ahmoqona narsalarni bajara olmasangiz va ularni hayotingizning bir qismiga aylantira olmasangiz, demak sizda kuchli psixologik bloklar mavjud va ular energiyangizni tashqariga chiqarishingizga yo`l qo`ymayapti. Bu holda siz nazoratdagi tentaklikni oz-ozdan o`zingiz uchun ruxsat bera oladigan darajada qo`llab, mashq qilishingiz kerak bo`ladi. Sizning vazifangiz o`z hayotingizda nazoratdagi tentaklik usulini qo`llab ko`rishdan va uning haqiqatan ham foyda berishiga amin bo`lishingizdan iborat. Bu tentaklikni va uning ma`nosini o`zingiz o`ylab toping yoki yaqinlaringizdan birortasi siz uchun uni taklif qilsin. Lekin sizning bu tentakligingizda boshqalarning ishtirok qilishi shart emas. Siz oddiygina bu holatni boshdan kechirishingiz kerak. Bu usul sizning ichki qoidalaringiz, chegaralanishlaringiz, stereotiplaringiz va komplekslaringiz tomonidan siqib qo`yilgan energiyangizning ozod bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu usulni amalda qo`llab ko`rishingiz natijalarini bo`lsa hisobotingizda yozib yuboring. Biz hali maqsadlarning amalga oshuvi treningini boshlaganimiz yo`q. Lekin mana shu birgina usulni qo`llash bilan siz hayotingizni o`zgartirib yuborishingiz mumkin. O`z xohishlaringizning amalga oshuvida siz bu bilan birinchi va juda ulkan qadamni qo`ygan bo`lasiz. Chunki bu usul barcha maqsadlaringizning katta qiyinchiliklarsiz ham amalga oshuvida eng asosiy rol o`ynaydi. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling