Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Fikrning materiallashuvi 
Atrofimizdagi olamda hech narsa o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi va hamma narsa bir-
biriga bog`liq desam sizni ajablantiradigan gap aytgan bo`lmayman, shunday 
emasmi? Sodir bo`ladigan narsalarning hammasi, ular tashqaridami yoki bizning 
ichimizdami, buning farqi yo`q, oldindan rejalashtirilgan, aniqlangan va sodir 
bo`lishga majbur bo`ladi. 


Dunyoda hech narsa yo`qki, boshqa narsalar bilan o`zaro bog`liq bo`lmasa. Bu 
dunyoda energiyadan boshqa narsaning o`zi yo`qdir. Buni isbotlab berib 
o`tirishimning keragi bo`lmasa kerak. Chunki bularning hammasini siz maktab 
fizika kursida o`rgangansiz. Energiyaning saqlanish qonuniga ko`ra – energiya 
yo`q bo`lmaydi va yo`qdan bor bo`lmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga o`tib 
turadi. 
Ikkinchi bir qonun E=mc
2
formulasi bilan ifodalanadi. Bunga ko`ra materiya toza 
energiyaning o`zginasidir. 
Bundan tashqari atomning tuzilishini olib qaraydigan bo`lsak ham bunga amin 
bo`lamiz. Atomni biz ko`ra oladigan darajada kattalashtiradigan bo`lsak va uning 
yadrosini futbol to`pi kattaligida deb qarasak, elektronlarning kattaligi 
kichkinagina to`g`nog`ichning uchidekkina bo`ladi va agar yadro futbol 
maydonining markazida joylashsa, ular bu maydonning chekkalarida aylanib 
yurishadi. Bu degani qattiq materiya deyarli yo`q va umuman dunyo bo`shliqdan 
iborat deganidir. 
Demak, materiya va energiya deb ikkiga ajratishning o`zi axmoqlikdan boshqa 
narsa emas. Materiya atomlardan tashkil topgan va ular o`z navbatida zaryadlangan 
zarrachalardir. Shunday ekan, keling, moddiy va nomoddiy degan atamalarni bir-
biridan farqlamasak, chunki ular sinonim so`zlardir. 
Hamma tabiiy va ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar quyidagi fikrlarni tasdiqlaydi: 
1. Atrofimizdagi olam moddiydir va unda moddiyatning turli shakllaridan 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling