Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Mirzakarim 
Norbekov 
aytganidek 
barcha 
kasalliklarimiz 
bizning 
xarakterimizdan kelib chiqadi. Gemorroy bo`lgan odamning xarakteri 
qanday ekanligini topingchi. 
Bularning hammasini to`g`ri ma`noda ham ko`chma ma`noda ham tushunishingiz 
mumkin. 
Bu fikrlarimizni amalda qanday qo`llash mumkin? Buning isboti sifatida sizga o`z 
hayotingizda juda ko`p marta duch kelgani holatingizni keltirishim mumkin. Agar 
biror narsada omadingiz chopsa, boshqa ishlaringiz ham oldinga yurib ketadi. Agar 
hamma ishlaringiz besh bo`lib turgan sharoitda biror sohada qoqilsangiz, tamom. 
Barcha ishlaringiz orqaga keta boshlaydi. Bunday holat sizda hech bo`lmaganmi? 
Albatta bo`lgan. Bu hammamizning ham boshimizdan o`tgan. Lekin ko`pchilik 
bundan o`ziga xulosa chiqarib olmaydi. Nimaga shunday bo`lgani o`ylab ham 
ko`rmaydi. 
Aslida nima sodir bo`lgandi? Sizning birinchi muvaffaqiyatdan keyin ruxingiz 
ko`tarildi va barcha ishlaringiz yurisha boshladi. Birinchi muvaffaqiyatsizlik bo`lsa 
sizning ruxingizni tushirdi va muvaffaqiyatsizliklar ketma-ket kela boshladi. 
Agar 
e`tibor 
bergan 
bo`lsangiz 
muvaffaqiyat 
polosasiga 
nisbatan 
muvaffaqiyatsizlik polosasi ko`proq vaqt davom etadi va sizga ruxiy azob beradi. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: agar siz ichingizda boy, xushchaqchaq, 
yoqimli, muvaffaqiyatli, kuchli, qo`rqmas va boshqa hislatlar egasi bo`lmas 
ekansiz, buning tasdig`ini o`z hayotingizda topa olmaysiz. Siz tirishib ishlashingiz, 
biznes bilan shug`ullanishingiz, go`zallik salonlariga borishingiz, muzokaralar 
o`tkazishingiz, mahsulot chiqarishingiz va boshqalarni qilishingiz mumkin. Lekin 
siz o`zingizni fikran va ongli ravishda bunga tayyorlamas ekansiz, hech narsaga 
erisha olmaysiz. Hamma narsa dastlab bizning fikrlarimizda boshlanadi. 
Bunga misol qilib bitta tanishimning o`zini tutishini ko`rsatishim mumkin. O`zi 
unchalik ko`zga tashlanmaydigan va o`rtaxol oiladan chiqqan qiz. Lekin uning 


o`zini tutishi xuddi aristokratlarday. O`zini dunyodagi eng chiroyli va eng aqlli 
ayol deb hisoblaydi. Albatta, buning natijasida juda ko`plagan ayollar bilan 
chiqisha olmaydi. Chunki ular boshqa ayolning o`zlaridan ustun bo`lishiga chiday 
olishmaydi va albatta ular o`rtasida biror nizo chiqadi. Lekin bu qizning erkaklar 
davrasidagi obro`si haddan tashqari katta. Bir kuni hatto bir yigitning unga yig`lab 
turib sevgi izhor qilganiga guvoh bo`lganman. Xuddi shu fikrlashi va o`zini tutishi 
natijasida u har qanday erkak rahbarning oldiga kirib o`zi xohlagan ishni 
bajarilishiga erisha oladi. 
Har qanday kuchli shaxs uchun birinchi darajali mashg`ulot – bu o`z fikrlari bilan 
ishlashdir. Undan keyingina o`ylaganlarini amalga oshirish bilan shug`ullanadi. 
Sizning hayotingizda sodir bo`ladigan har qanday voqea dastlab kallangizda sodir 
bo`ladi. Muvaffaqiyat uchun bo`ladigan haqiqiy jang quyi ong darajasida sodir 
bo`ladi. 
Don Xuan aytganiday, har qanday odam sovun ko`pigiga o`xshaydi. U bu 
ko`pikning ichkari tomonida turib butun atrofda o`zining aksini ko`radi.. 
Fikrlarimiz moddiydir va ular bizning idrokimizni shakllantiradi. 
Misol uchun bundan bir necha yillar oldin menda shunday holat sodir bo`lgan. 
Shunday sharoit yuz berdiki, mening qo`limga juda katta miqdordagi pul tushdi. 
Buncha pulni men bir umr ter to`kib ishlasam ham qo`lga kirita olishimga ko`zim 
yetmas edi. Lekin bu pul paydo bo`ldi. Ularni men hech qanday muammosiz 
o`zimniki qilib olishim mumkin edi. Lekin sharoit shunday o`zgardiki, men bu 
pullarni yoniga o`zimdan qo`shgan holda sarflashga majbur bo`ldim. 
Shundan ozroq vaqt o`tgandan keyin internetda bir nimani qidirayotib, Vladimir 
Jikarentsevning “Erkinlikka yo`l” kitobini uchratib qoldim. Uni kompyuterimga 
ko`chirib oldim va ochib o`rtarog`ini ko`rishga qaror qildim. Ochgan joyimda 
bo`lsa o`z hayotimizga qancha miqdordagi pulni kirita olishimizga qo`yilgan 
chegaralanish haqida yozilgan edi. 
Har qanday fikrning tashqariga chiqishga va moddiylashishga imkoniyati bor. 
Hatto: «Menga hech nima kerak emas», «Mening hech nimam yo`q», «Hech 
narsani xohlamayman», «Qo`limdan hech nima kelmaydi» va shunga o`xshashlar 
ham. 
Fikr moddiylashishi uchun u ma`lum kuch va energiyaga ega bo`lishi kerak. Fikrni 
qanday qilib ishlashga majburlash va uni aktivlashtirish usullarini ushbu treningda 
o`rganib olasiz. 
Har qanday fikr ham yashab qolishga harakat qiladi. U o`zini yaratish va 
ko`paytirishga harakat qiladi. Buni miyangizga ayrim fikrlarning o`rnashib olib, 
doimiy ravishda qaytarilaverishi yoki odamlarning biror bir g`oya bilan 
kasallanishida ko`rishimiz mumkin. 


Sovet davri propagandasi va fashistlarning fikrlarining qanday keng tarqalganini 
bir eslab ko`ring. Millionlab odamlar bu g`oyalar bilan zaharlanishgani va ular 
uchun jon berishganini eslasangiz yomon tush ko`rganday bo`lasiz. 
Yuqorida aytganimday har qanday fikr yashab qolishga harakat qiladi. U xuddi 
xujayra ko`payganga o`xshab o`z-o`zidan bo`linib ko`payaveradi va kuch 
to`playveradi. Agar biror kuchli odam bu fikrdan voz kechsa u boshqa, kuchsizroq 
odamning miyasiga o`rnashib oladi. 
Men sizga atrofingizdagi olamni faqat fikr kuchi yordamida o`zgartirish yo`llarini 
o`rgataman. Buni siz o`zingiz treningni o`tash davomida berilgan mashqlarni 
bajarish yordamida amalda tekshirib ko`rib borasiz. Buning uchun siz bir nechta 
ko`nikmalarga ega bo`lishingiz kerak. 
1. Ongning o`zgargan holatiga kira olish (trans) 
2. Obrazli fikrlay olish (vizualizatsiya) 
3. O`z fikrlaringiz oqimini nazorat qila olish (kontsentratsiya) 
4. O`z xohishingizdan voz kecha olish. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling