Iste’molchi ortiqchaligini egallash. Iste’molchi daromodiga ko‘ra narx belgilash. Iste’mol xajmiga ko‘ra narx belgilash


Download 314.53 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi314.53 Kb.
#1798829
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-МАВЗУ. БОЗОР ҲОКИМИЯТИ ШАРОИТИДА НАРХ БЕЛГИЛАШ ТАМОЙИЛЛАРИ

Ishlab chiqaruvchi yutug‘i ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi.
Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo‘lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya’ni ortiqcha manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajati o‘rtasidagi farqga teng bo‘lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi.
Bu farq bir birlik mahsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chiqarishdagi har qanday rentani qo‘shilganiga teng.
Umuman ishlab chiqaruvchi yutug‘i bu barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy yig‘indisidir.
Bozor uchun umumiy ishlab chiqaruvchi yutug‘i taklif chizig‘idan tortib to bozor narxi chizig‘igacha bo‘lgan oraliqdagi yuzaga teng (3-rasm).


3-rasm. Ishlab chiqaruvchi yutug‘ining grafikdagi tasviri.


Rasmdagi shtirxlangan uchburchak iste’molchi yutug‘ini ifodalaydi. Iste’molchi yutug‘i ishlab chiqaruvchilarning umumiy sof foydasini o‘lchashga yordam berishini e’tiborga olsak, biz bu ko‘satkich yordamida davlatning bozorga aralashuvidan olinadigan qo‘shimcha foyda yoki zararni iste’molchi yutug‘ining natijaviy o‘zgarishni o‘lchash yordamida aniqlashimiz mumkin.




2. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘idan foydalanish.

Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘i yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida gapirgan edik.


Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx o‘rnatildi deylik, ya’ni ( muozanat narx) (4-rasm).

4-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi


va ishlab chiqaruvchi yutug‘ining grafikdagi tasviri.

Maksimal narx o‘rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi dan gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol yutug‘i oshadi. Ushbu oshgan yutuq grafikda qo‘shshtrixlangan A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol yutug‘ining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi yutug‘ining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.


, (1)
bu yerda, - iste’molchi yutug‘ining sof o‘zgarishi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bo‘lgani uchun sof iste’molchi yutug‘i musbat
Endi ishlab chiqaruvchi yutug‘ini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko‘rsatilgan A to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan yutuqni yo‘qotadilar.
Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan ishlab chiqaruvchi yutug‘i esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab chiqaruvchi yutug‘ining umumiy o‘zgarishi teng:
, (2)
bu yerda, i/ch - ishlab chiqaruvchi yutug‘ining sof o‘zgarishi.
Maksimal narx o‘rnatilganda asosiy yo‘qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi yutuqning ma’lum qismini yo‘qotishga olib keladi va ushbu yo‘qotishga to‘liq yo‘qotish deyiladi.
Yutuqlarning umumiy o‘zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi yutug‘i o‘zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi yutug‘i o‘zgarishi i/ch ni qo‘shamiz.
(3)
Shunday qilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng bo‘lgan to‘liq yo‘qotishni olamiz. Bu to‘liq yo‘qotish narxlarni nazorat qilish bilan bog‘liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko‘rsatadi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan yutuqning iste’molchilar yutib olgan yutuqdan katta ekanligini ko‘rish mumkin.
Agar talab chizig‘i juda ham elastik bo‘lmaganda narxlarni nazorat qilish ham juda katta yo‘qotishga olib kelishi mumkin (5-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, V uchburchak yuzi bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilarning yo‘qotishlari bo‘lib, bu bozorda qolib tovarni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan iste’molchilarning yutug‘ini ifodalovchi A to‘rtburchak yuzasidan katta. Bu yerda bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilar katta yo‘qotishga ega.


5-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda elastik bo‘lmagan talabdagi yo‘qotishlar.


Endi faraz qilaylik davlat tomonidan minimal narx o‘rnatildi deylik ( - muvozanat narx), ya’ni davlat narxni muvozanat narxidan yuqori qilib belgilanadi


Agar biz ishlab chiqaruvchilar bozorda qancha mahsulot sotilsa shuncha mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsak, bozorga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ga teng bo‘ladi va bu yerda ham ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar yutug‘i yo‘qotiladi. Bu yerda A to‘rtburchakning yuzi ishlab chiqaruvchilarning olgan qo‘shimcha yutug‘ini ifodalaydi. Lekin, minimal ( ) narxda mahsulotni hajmi miqdordan ga qisqargani uchun ishlab chiqaruvchi yutug‘ining bir qismi yo‘qotiladi. Natijada ishlab chiqaruvchi yutug‘ining o‘zgargan qismi quyidagiga teng:
. (4)
Iste’molchilar minimal ( ) narxda har bir mahsulot uchun muvozanat narxdan yuqori narx to‘laydi va natijada ularning iste’mol yutug‘iga rasmdagi A to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan miqdorda kamayadi. Narx oshganligi munosabati bilan ba’zi bir iste’molchilar ushbu bozordan chiqib ketadi va tovarni sotib ololmaydilar va bunga mos bo‘lgan yutuqni yo‘qotadi. Bu yo‘qotish rasmda V uchburchak bilan ifodalangan. Demak, iste’molchilarning yutug‘ining umumiy o‘zgarishi quyidagini tashkil qiladi:
. (5)
Ko‘rinib turibdiki, bunday siyosat iste’molchilarning turmush darajasini tushurib yuboradi.
(4)- va (5)- ifodalarni qo‘shib umumiy yutuqdagi o‘zgarishni aniqlaymiz:
=i/ch.+ist.=A-S+(-A-V)=-S-V (6)
Demak, davlat tomonidan minimal narx o‘rnatilganda umumiy to‘liq yo‘qotish vujudga keladi va u ikkita S va V uchburchaklar yuzalarining yig‘indisi bilan ifodalanadi.
Endi biz ishlab chiqaruvchilar yutug‘ini ishlab chiqarish miqdordan miqdorga kengaytirilganda qarab chiqamiz. Haqiqatdan ham minimal narx muvozanat narxdan yuqori bo‘lganda u ishlab chiqaruvchilarni miqdorga mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Lekin, ular bozorda faqat hajmdagi mahsulotni sotish mumkin xolos. Ular miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan daromadni olaolmaydi (7-rasm). Rasmda ushbu xarajatlar shtrixlangan D trapesiya yuzi bilan ifodalangan.


7-rasm. Minimal narx o‘rnatilishi natijasidagi


yo‘qotishlar grafigi.
Natijada ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i o‘zgarishi quyidagiga teng:

Bunday holda har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotining hammasining yuqori narxda sotaman deb o‘ylaydi. Pirovardda davlat tomonidan o‘rnatilgan minimal narx siyosati ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan ishlab chiqaruvchilarning foydasini ancha qisqartirib yuborish mumkin.
Yana bitta misol tariqasida mehnat (ishchi kuchi) bozorini qaraylik.
Ma’lum mehnat bozorida ishchi kuchi bahosi bu ish haqi. Davlat tomonidan minimal ish xaqi ( ) belgilandi deylik.



Download 314.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling