Iste`molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish
-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste`molchi
Download 236.96 Kb.
|
13-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
13.4-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste`molchi
va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri Maksimal narx o`rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi dan gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste`molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste`mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo`shshtrixlangan A to`rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste`molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste`mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan B uchburchak yuziga teng. Demak, iste`molchi ortiqchaligining sof o`zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin. , (1) bu erda, - iste`molchi ortiqchaligining sof o`zgarishi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, bo`lgani uchun sof iste`molchi ortiqchaligi musbat Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko`rsatilgan A to`rtburchak yuziga teng bo`lgan iste`molchi ortiqchaligini yo`qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo`qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o`zgarishi teng: , (2) bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o`zgarishi. Maksimal narx o`rnatilganda asosiy yo`qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to`g`ri keladi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi ortiqchalikning ma`lum qismini yo`qotishga olib keladi va ushbu yo`qotishga to`liq yo`qotish deyiladi.Ortiqchaliklarning umumiy o`zgarishini aniqlash uchun biz iste`mochi ortiqchaligi o`zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o`zgarishi i/ch ni qo`shamiz. (3) SHunday qilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng bo`lgan to`liq yo`qotishni olamiz. Bu to`liq yo`qotish narxlarni nazorat qilish bilan bog`liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko`rsatadi. Bu erda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo`qotilgan ortiqchalikning iste`molchilar yutib olgan ortiqchalikdan katta ekanligini ko`rish mumkin. Agar talab chizig`i juda ham elastik bo`lmaganda narxlarni nazorat qilish ham juda katta yo`qotishga olib kelishi mumkin (15.5-rasm). Rasmdan ko`rinib turibdiki, V uchburchak yuzi bozordan siqib chiqarilgan iste`molchilarning yo`qotishlari bo`lib, bu bozorda qolib tovarni sotib olish huquqiga ega bo`lgan iste`molchilarning yutug`ini ifodalovchi A to`rtburchak yuzasidan katta. Bu erda bozordan siqib chiqarilgan iste`molchilar katta yo`qotishga ega. Download 236.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling