Iste`molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish


Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi)


Download 236.96 Kb.
bet7/8
Sana12.03.2023
Hajmi236.96 Kb.
#1264061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi)

Davlatning bozor narxiga ta`sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko`tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo`yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo`lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko`paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.


Yana AQSh davlatining qishloq xo`jaligi siyosati qaraymiz. AQSh davlatining qishloq xo`jaligi siyosati ko`proq mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirishni rag`batlantirishga qaratilgan. Fermerlar ekin ekish maydonining qisqatirsalar, ya`ni ekin maydonlarining bir qismi ekilmasdan qoldirilsa, shunga yarasha pul kompensatsiyasini oladilar. ekin maydonlarini qisqartirish hisobidan narxni oshirish mexanizmini quyidagi 13.10-rasmda keltirilgan.

13.10-rasm. ekin maydonlari cheklanganda taklif chizig`i (taklif


chizig`i S1 elastik emas bo`lgani uchun u gorizotal ko`rinishda)

Shuni ta`kidlash mumkinki ekin maydonlari cheklanganda taklif chizig`i absolyut elastik bo`lmay qoladi, ya`ni taklif ga teng bo`lib, u o`zgarmaydi, mahsulotning bozor narxi esa dan ga ko`tariladi.


Bunday siyosatda iste`molchi ortiqchaligining o`zgarishi quyidagicha teng.

Fermerlar miqdorda mahsulot ishlab chiqarib, uni yuqori narxda sotadi. Natijada fermerlar ortiqchaligi A to`rtburchak yuziga teng miqdorda oshadi. Lekin, ishlab chiqarish hajmi dan ga qisqargani uchun fermerlar S uchburchak yuziga teng bo`lgan ortiqchalikni yo`qotadi. Bulardan tashqari, fermerlar ekin maydonini (ishlab chiqari hajmini ga) qisqargani uchun davlatdan pul kompensatsiyasi oladi. Shunday qilib, ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligining umumiy o`zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
i/ch=A - S + pul kompensatsiyasi
Davlat xarajatlari, ya`ni femerlarga to`lanadigan rag`batlantirish (kopensatsiya) puli kamida V+S+E ga teng bo`lish kerak. Bu erda V+S+E fermerlar ekin erlarini qisqartirmaganda qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarib, uni yuqori narxda sotishi natijasida olish mumkin bo`lgan qo`shimcha foydaga teng. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kamida V+S+E ni tashkil qiladi va u fermerlarga pul kompensatsiyasi tariqasida berilgani uchun ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi quyidagicha bo`ladi:

Ushbu ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining o`zgarishi davlatning narxlarni mahsulotning bir qismini sotib olish hisobidan barqaror bo`lishini ta`minlash siyosatidagi ortiqchalik o`zgarishining o`zi. Fermerlarga davlat yuqoridagi siyosatlaridan qaysi birini qo`llashi farq qilmaydi, ikkalasi ham fermerlarga bir xil foyda olishga olib keladi.



Download 236.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling